Farg‘ona viloyatida 4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi
Farg‘ona viloyatining Quvasoy shahrida 4 magnitudali zilzila qayd etildi. Uning kuchi Andijon viloyatida 2 ball ko‘rinishida sezildi. gazeta.uz »
ñîäèð - Ïîñëåäíèå íîâîñòè [ Ôîòî â íîâîñòÿõ ] | |
Farg‘ona viloyatining Quvasoy shahrida 4 magnitudali zilzila qayd etildi. Uning kuchi Andijon viloyatida 2 ball ko‘rinishida sezildi. gazeta.uz »
19-may oqshomida Tojikistonning Xatlon viloyatida 4,8 magnitudali zilzila qayd etildi. Uning kuchi Surxondaryo viloyatining ayrim tumanlarida 2 ball ko‘rinishida sezildi. gazeta.uz »
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Andes hantavirusi bilan bog‘liq kruiz kemasidagi kasallik tarqalishini kuzatayotganini bildirdi. 8-may holatiga ko‘ra, sakkizta kasallanish va uchta o‘lim qayd etilgan bo‘lib, olti holat laboratoriya orqali tasdiqlangan. Tashkilot kasallikka oid savollarga javob berdi. gazeta.uz »
Toshkent viloyatida PPX xodimi bilan sodir bo‘lgan voqea guvohi o‘shanda nima bo‘lganini aytib berdi. “U pedofil emas. Tegajog‘lik qilgan bo‘lganda, o‘zim yozib yuborardim”, dedi guvoh. Uning aytishicha, videomurojaatdagi yigit aslida qizning akasi emas, yigiti hisoblanadi va qizni doimiy nazorat qilib keladi. gazeta.uz »
Vashingtonda Oq uy muxbirlari assotsiatsiyasining kechki ovqati paytida qurollangan shaxs xavfsizlik to‘sig‘ini buzib kirishga urinib, maxfiy xizmat agentiga o‘q uzdi. Ichkarida bo‘lgan Tramp va uning rafiqasi evakuatsiya qilindi. Hech kim jarohat olmagani, gumonlanuvchi ushlangani ma’lum. gazeta.uz »
MHTI tahlillariga ko‘ra, Toshkent shahrida bir sutkada o‘rtacha 22,2 ta YTH qayd etiladi. Eng ko‘p YTHlar kechki tig‘iz payt - soat 17:00-18:00 atrofida sodir etiladi va 22:00 gacha bu ko‘rsaktich yuqori saqlanib qoladi. gazeta.uz »
Surxondaryoda hujjatsiz Cobalt boshqargan talaba qiz YTH sodir etdi. Mashina daryoga tushib ketishi oqibatida uning dugonasi halok bo‘ldi. Sud haydovchini aybdor deb topib, 1,5 yil qamoq va 3 yilga haydovchilik huquqidan mahrum qildi. gazeta.uz »
2026-yilning yanvar-mart oylarida ichki ishlar xodimlari tomonidan 36 ta jinoyat sodir etildi, xizmat intizomini qo‘pol ravishda buzgan 32 nafar xodim tizimdan bo‘shatildi. IIV rahbari o‘rinbosariga ko‘ra, o‘tgan uch oyda 10 nafar xodim xizmat vazifasini bajarish chog‘ida vafot etdi, 39 nafari esa jarohatlandi. gazeta.uz »
Chilonzordagi “Beshqo‘rg‘on” bozori va uning yaqinidagi zapravka yong‘in xavfsizligi qoidalari qo‘pol ravishda buzilgani uchun yopildi. FVV tekshiruvida majmuadagi yong‘in o‘chirish tizimi ishlamayotgani va boshqa jiddiy kamchiliklar aniqladi. gazeta.uz »
Surxondaryoning Denov tumanidagi propan zapravkada portlash sodir bo‘ldi. FVV ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa “KamAZ” avtomobilidan sig‘imga gaz quyish jarayonida texnologik qoidalarning buzilishi sababli kelib chiqqan. gazeta.uz »
Chilonzor tumanidagi “Beshqo‘rg‘on” bozorida yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘in soat 16:53 da qurshab olindi. Voqea joyiga favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor Azizbek Ikramov yetib bordi. gazeta.uz »
O‘zbekistonda jinsiy erkinlik, oila va yoshlarga qarshi jinoyat sodir etgan shaxslar “jinoyatlar xaritasi” va maxsus reyestr yordamida monitoring qilinadi. Ular korreksiya dasturlaridan o‘tishga majbur bo‘ladi hamda voyaga yetmaganlar bilan aloqa mavjud bo‘lgan sohalarda ishlashi taqiqlanadi. gazeta.uz »
2025-yilda O‘zbekistonda 15,4 mingta narkojinoyat qayd etilib, salkam 3,5 tonna giyohvandlik moddalari musodara qilindi. Narkojinoyat sodir etgan 11 ming 49 kishi javobgarlikka tortildi. Jinoyatlarning 53 foizi Toshkent shahri, Farg‘ona va Toshkent viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keldi. gazeta.uz »
Ïîðòëàøëàð Êàðàêàñ óñòèäàí ñàìîë¸òëàð ó÷èá ¢òãàíèäàí ñ¢íã ñîäèð á¢ëãàí. ru.sputniknews-uz.com »
Donald Trampning Oq uyga qaytishi va uning butun dunyo bilan savdo urushi, Yaqin Sharqdagi zaif sulh, Rossiya va Ukraina o‘rtasida davom etayotgan urush va 2025-yildagi boshqa muhim global voqealar - Gazeta obzorida. gazeta.uz »
Jarqo‘rg‘on tumanida 16 yoshli o‘smir otasining Cobalt avtomashinasini boshqarib, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan Nexia bilan to‘qnashdi. Oqibatda Nexia haydovchisining onasi va farzandi vafot etdi. gazeta.uz »
Sud Toshkentda qo‘poruvchilik harakatlarini sodir etishga tayyorgarlik ko‘rishda ayblangan 20 yoshli yigitni 6 yilga ozodlikdan mahrum qildi. U terroristik tashkilotlar g‘oyalari ta’siriga tushgani, Suriyaga chiqib ketish yo‘llarini surishtirgani va taqiqlangan ekstremistik materiallarni tarqatgani aytiladi. gazeta.uz »
Gonkongdagi turar joy majmuasida yuz bergan yirik yong‘in qurbonlari soni 55 kishiga yetdi, 300 ga yaqin kishi bedarak yo‘qolgan. Binolarni rekonstruksiya qilish uchun mas’ul bo‘lgan 3 kishi ushlandi. gazeta.uz »
Namangan viloyatida zilzila qayd etildi - yer silkinishi epimarkaz Kosonsoy tumanida 4 ball bo‘lib sezildi. gazeta.uz »
Buxoro viloyatida zilzila qayd etildi. Yer silkinishi Gazli shahrida 2 ball bo‘lib sezildi. Bu O‘zbekiston hududida 6 kun ichida sezilgan 3-zilzila. gazeta.uz »
Har yil yakunida eng ko‘p kiberjinoyat qayd etilayotgan banklar va to‘lov tashkilotlari ro‘yxati ommaga e’lon qilinadi. IIV vakiliga ko‘ra, bundan maqsad banklar va to‘lov tashkilotlarining o‘z axborot xavfsizligi siyosati hamda kiberxavfsizlik talablariga rioya etish borasidagi mas’uliyatini kuchaytirishdir. gazeta.uz »
Senat sun’iy intellekt texnologiyalari yordamida qonunga xilof ravishda shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish va ularni OAV yoki internet jahon axborot tarmog‘ida tarqatishga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi. gazeta.uz »
Toshkentda akasiga tegishli mashinani uydan ruxsatsiz olib chiqib, YTH sodir etgan va do‘stining o‘limiga sabab bo‘lgan 17 yoshli o‘quvchiga sud hukmi o‘qildi. Yigit muqaddam sudlangan. O‘talmagan jazosini qisman qo‘shgan holda, u to‘rt yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga shartli hukm qilindi. gazeta.uz »
Angrendagi trassada benzovoz, yuk mashinasi va bir nechta yengil avtomobil ishtirokida yirik YTH sodir bo‘ldi. To‘qnashuvdan so‘ng yong‘in kelib chiqdi va harakat butunlay to‘xtadi. 7 kishi halok bo‘ldi, yana 9 kishi turli darajada jarohatlandi. gazeta.uz »
O‘zbekistonda 290 mingga yaqin kishi huquqbuzarlik sodir etishga moyil shaxs sifatida hisobga olingan. IIV vakiliga ko‘ra, tuzalish yo‘liga kirgan, vafot etgan, uzoq muddatga xorijga ketganlar hisobdan chiqarib yuboriladi. gazeta.uz »
Namangan viloyatida bu yilning 7 oyida qotilliklarning 60 foizi, tan jarohati yetkazish jinoyatlarining esa beshdan ikki qismi oilaviy nizolar sababli sodir etilgan. Viloyatda bu davrda 5786 ta jinoyat sodir etilgan, ularning 45,6 foizi kiberjinoyatlar hisoblanadi. gazeta.uz »
Surxondaryoning Sho‘rchi tumanidagi yoqilg‘i quyish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘ldi. FVV xabariga ko‘ra, yong‘inga texnologik jarayonning buzilishi sabab bo‘lgan. Hozirda yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda. gazeta.uz »
Toshkent tumanidagi “Uch qahramon” bozorida yirik yong‘in ro‘y berib, salkam 2,5 soatda o‘chirildi. Jarayonga 10 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etildi. FVV jarohat olganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmaganini bildirdi. Video. gazeta.uz »
Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumani “Oltindala” MFYdagi avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘ldi. Avtotsisternadan propan saqlash rezervuariga yoqilg‘i to‘kish vaqtida chaqnash sodir bo‘lib, yong‘in kelib chiqqan. gazeta.uz »
Yangihayot tumanida 10 ta avtomobil ishtirokida avtohalokat sodir bo‘ldi. Holat yuk mashinasi haydovchisining boshqaruvini yo‘qotishi oqibatida kelib chiqqan. YHXBga ko‘ra, tan jarohat olganlar yo‘q. gazeta.uz »
Toshkent shahri Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi vodorod peroksid moddasi tarqalishi 04:00 da to‘liq bartaraf etilganini ma’lum qilib, ochiq havoda ushbu kimyoviy modda yo‘qligini ta’kidladi. Air. tashkent. gazeta.uz »
Toshkentning Yunusobod tumanidagi Ahmad Donish ko‘chasida joylashgan ishlab chiqarish sexida yong‘in yuz berdi. Yong‘in soat 8:14 da qurshab olinib, 8:51 da o‘chirilgan. Tan jarohati olganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan. gazeta.uz »
2025-yilning olti oyida giyohvandlik va psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasi bilan bog‘liq jinoyat sodir etgan 4 mingdan ziyod shaxs ushlandi. Ulardan 1,8 tonna giyohvandlik vositalari olindi. gazeta.uz »
Muhokamalarga sabab bo‘lgan Farg‘onadagi Malibu viloyat IIB YHXB boshlig‘i Akmal Ahmedovning turmush o‘rtog‘iga tegishli ekani ma’lum bo‘ldi. Viloyat IIBga ko‘ra, Ahmedovga nisbatan ham intizomiy jazo qo‘llanilgan. gazeta.uz »
Yashnobod tumanida yangi qurilayotgan ko‘p qavatli binoning 11-qavatida yong‘in kelib chiqdi. O‘t o‘chiruvchilar tomonidan soat 13:19 da qurshab olingan yong‘in 13:43 da o‘chirildi. Jarohatlanganlar yo‘q. gazeta.uz »
Birinchi marta sodir etilgan ayrim yengil yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun inspektorlar ma’muriy ogohlantirish beradi. Prezident topshirig‘iga asosan bu to‘g‘risidagi qonun loyihasi ishlab chiqilgan. gazeta.uz »
Kattaqo‘rg‘on tumanidagi yonilg‘i shoxobchasida yuz bergan portlash oqibatida 2 kishi halok bo‘lgandi. Keyinchalik shifoxonaga yotqizilgan yana bir fuqaro ham vafot etgani ma’lum bo‘ldi. Marhumlar shoxobcha rahbari, operatori va yuk mashinasi haydovchisi bo‘lgan. gazeta.uz »
Payshanba kuni ertalab Yakkasaroy kichik sanoat zonasi hududidagi sintepon sexida yong‘in sodir bo‘ldi. Voqea joyidan 2 kishining jasadi topildi, yana 5 kishi shifoxonaga yotqizildi. FVV holat ishlab chiqarishda texnologik jarayon buzilishi sababli yuzaga kelganini taxmin qilmoqda. gazeta.uz »
Dushanba kuni tongda Mirobod tumanidagi qurilish mahsulotlari omborxonasida yong‘in sodir bo‘ldi. Uni 12 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji 1,5 soatda o‘chirdi. FVVga ko‘ra, hodisa oqibatida jarohat olganlar yo‘q. gazeta.uz »
Istanbul atrofida ketma-ket bir necha zilzila sodir bo‘ldi, eng kuchlisining magnitudasi 6,2 ni tashkil etdi. Jabrlanganlar haqida ma’lumot kelib tushmagan. Odamlar sarosimada ko‘chalarga chiqdi, baland binolardan uzoqlashdi. gazeta.uz »
Yashnobod tumanidagi podstansiyada transformator yonib ketdi. FVBning ma’lum qilishicha, yong‘in 14 daqiqada o‘chirilgan. Jarohatlanganlar yo‘q. gazeta.uz »
Bo‘stonliq tumani Chimyon dam olish hududida hajmi 750 metr kub bo‘lgan qor ko‘chkisi tushgan. Hodisa oqibatida hech kim jarohatlanmagan. gazeta.uz »
Olmazor tumanida joylashgan “beshik bozor”dagi do‘konlarning birida yong‘in sodir bo‘ldi. FVBning ma’lum qilishicha, yong‘in 10 daqiqada o‘chirildi. gazeta.uz »
Izboskan tumanidagi masjid tahoratxonasida gaz portlashi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi, 10 kishi jarohatlandi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi halok bo‘lganlar va jarohatlanganlarning familiyalarini e’lon qildi. gazeta.uz »
Myanmada 7,7 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Guvohlarning aytishicha, Mandalayda bir nechta bino qulab tushdi. Zilzila qo‘shni Tailandda ham sezildi: Bangkokda qurilayotgan baland bino quladi, kamida bir kishi halok bo‘ldi, 50 kishi jarohatlandi. gazeta.uz »
O‘zbekistonda ommaviy tartibsizliklar sodir etish maqsadida o‘quvdan o‘tganlik hamda ushbu harakatlarni moliyalashtirganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilandi. gazeta.uz »
Boris Avakyanning rafiqasi va oilaning do‘sti Katya “Gazeta.uz”ga “12” baridagi mojaro tafsilotlarini so‘zlab berdi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, Boris janjalni to‘xtatishga uringan, ammo kaltaklanib, komaga tushib qolgan. Avakyanning ahvoli og‘ir, u sun’iy komada qolmoqda. gazeta.uz »
Toshkentda “12” barida Boris Avakyanga og‘ir tan jarohati yetkazganlikda gumonlanayotgan Akmal Shukurov qidiruvga berildi. Jinoyat ishi og‘irroq modda bilan to‘ldirildi. U avval ham firibgarlik ishi bo‘yicha qidiruvda bo‘lgan. gazeta.uz »
Donald Tramp AQSh Daniyaning avtonom hududi - Grenlandiya ustidan nazoratni qo‘lga kiritishiga ishonch bildirdi. U orol AQShga xalqaro xavfsizlikni mustahkamlash uchun zarurligini yana bir bor takrorladi va u yerda amerikalik harbiylar soni ko‘payishini istisno qilmadi. gazeta.uz »
Mirzo Ulug‘bek tumanidagi ko‘p qavatli uylarning birida sodir bo‘lgan chaqnash ortidan ikki kishi, jumladan, bir bola vafot etdi. Tezkor choralar natijasida 6 kishi qutqarildi. Hodisaga 9-qavatda yashagan fuqaroning o‘z joniga qasd qilish uchun gaz plitasini yoqib qo‘ygani sabab bo‘lgani aytilmoqda. gazeta.uz »