Ðåçóëüòàòîâ: 40

O‘zbekistondagi ayrim chiqindi poligonlarini yashil hududga aylantirish rejalashtirilmoqda

Chiqindilarni yoqish orqali elektr energiyasi ishlab chiqaradigan zavodlar hozirda taxminan 40% qurib bitkazilgan. Ularni 2026-yil oxirigacha oltita hududda yakunlash rejalashtirilgan. Bu zavodlarning ishga tushirilishi poligonlar sonini qisqartirib, ularni ekologik xavfsiz hududlarga aylantirish imkonini beradi. gazeta.uz »

2025-12-4 22:29

Toshkent viloyatidagi chiqindi tashish korxonalari aholidan 8,8 mlrd so‘mdan ortiq asossiz mablag‘ olgani aniqlandi

Toshkent viloyatidagi 5 ta chiqindi tashish korxonasi iste’molchilardan asossiz mablag‘ olgani aniqlandi. Xususan, ular xonadonlardan chiqindilarni umuman olib ketmagan, biroq to‘lovlar hisoblagan. Raqobat qo‘mitasi qarori bilan aholiga 8,8 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ qayta hisob-kitob qilinadigan bo‘ldi. gazeta.uz »

2025-12-2 08:13

Toshkentda chiqindi tashuvchi mashinalar harakatini kuzatish imkonini beruvchi “Toza poytaxt” tizimi ishga tushdi

Chiqindi tashuvchi texnikalar harakatini real vaqt rejimida kuzatish imkonini beruvchi Tozapoytaxt.uz axborot tizimi ishga tushirildi. Shu bilan birga, aholining chiqindilar sohasidagi shikoyat va murojaatlarini qabul qilish Xalqnazorati.uz platformasi orqali markazlashgan tarzda olib borilmoqda. gazeta.uz »

2025-11-12 11:18

2026-yildan chiqindi xizmatlari uchun to‘lovlarni uyma-uy undirish to‘xtatiladi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-yanvardan chiqindi xizmatlari uchun to‘lovlar faqat onlayn tarzda amalga oshiriladi, ya’ni to‘lovlarni uyma-uy undirish amaliyoti to‘xtatiladi. Istisno tariqasida, internet aloqasi bo‘lmagan, olis hududlarda yashovchilar bank kassalari va “O‘zbekiston pochtasi” orqali to‘lov qilsa bo‘ladi. gazeta.uz »

2025-11-4 10:30

Senat chiqindi qarzlari uchun elektr to‘lovlarini cheklash to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi

Senat chiqindidan qarzi borlarning elektr energiyasi to‘lovlarini cheklash to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi. SMS-xabarnomadan so‘ng elektr to‘lovlarini qabul qilish qarzni to‘lamaguncha bloklanadi. Yangi tizim eski qarzlarga ta’sir qilmaydi va hujjat imzolanganidan keyin uch oy o‘tgach kuchga kiradi. gazeta.uz »

2025-2-27 13:12

Deputatlar chiqindi qarzlari uchun elektr to‘lovlarini cheklash masalasini muhokama qila boshladi

Qonunchilik palatasi chiqindi xizmatlaridan qarz mavjud bo‘lganda elektr energiyasi uchun to‘lovni cheklashni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ko‘rib chiqishga kirishdi. Deputat ikki yilda barcha kommunal xizmatlarni va qarzdorlikni birlashtiradigan yagona billing tizimi yaratilishini ma’lum qildi. gazeta.uz »

2024-12-16 12:46

O‘zbekistonda sakkizta chiqindi yoqish zavodi qurish rejalashtirilmoqda, prezident ushbu sonni ko‘paytirishni buyurdi

O‘zbekiston sakkizta chiqindi yoqish zavodi qurish va Ohangaron poligonida chiqindi gazini qayta ishlashni rejalashtirmoqda, loyihalarga qariyb 1,3 mlrd dollar investitsiya kiritish kutilyapti. “Bular shunchaki zavod emas, hayot-mamotimizni hal qiladigan masalalardan biri”, - dedi prezident. gazeta.uz »

2024-10-21 17:14

O‘zbekistondagi chiqindi poligonlarida iqtisodiy zonalar rejimi joriy etiladi

O‘zbekistonda chiqindi poligonlarini investitsiyalar kiritishga jozibador qilish uchun ularning bufer hududlariga maxsus iqtisodiy zonalar rejimini joriy etish, chiqindilarni yoqish orqali elektr energiyasi hamda organik usulda o‘g‘itlar ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish bo‘yicha yangi tizim yo‘lga qo‘yiladi. gazeta.uz »

2024-2-20 11:11