Ðåçóëüòàòîâ: 67

Madaniyat vazirligi san’atkorlar solig‘i bo‘yicha yengilliklar berish va tizimni qayta ko‘rib chiqishga chaqirdi

Madaniyat vazirligi san’atkorlarning har bir chiqishini alohida soliqqa tortish loyihasi bo‘yicha Adliya vazirligiga e’tiroz kiritganini ma’lum qildi. Idora yangi tartibda soliqlarni adolatli va tabaqalashtirilgan holda belgilashni hamda ijodkorlar uchun maqbul shart-sharoitlarni saqlab qolishni so‘ramoqda. gazeta.uz »

2026-4-7 10:44

“Vaziyat nazorat ostida”: Qurilish vazirligi — qurilishning kommunikatsiyaga yuklamasi haqida

Deputat Sayyora Jumayeva hovli va mahallalardagi ko‘p qavatli yangi uylar mavjud kommunal tarmoqlarning imkoniyatlarini hisobga olmay qurilayotganidan xavotir bildirdi. Qurilish vazirligi quvvat yetarli bo‘lmasa, tarmoqqa ulanish taqiqlanishini ma’lum qildi va Toshkent shahridagi shunday holatni misol keltirdi. gazeta.uz »

2025-10-10 18:03

Qurilish vazirligi Toshkentda bitta uy uchun $200 minggacha xarajat borligini aytgan tadbirkor ustidan IIVga ariza kiritdi

Qurilish vazirligi Toshkentda bitta uy uchun 200 ming dollargacha xarajat borligini aytgan tadbirkor Usmonjon Abdusamadovning ustidan IIVga ariza kiritdi. Vazirlikka ko‘ra, u “jamoatchilikda asossiz axborot tarqalishiga va islohotlarga nisbatan salbiy munosabat shakllanishiga” sababchi bo‘lgan. gazeta.uz »

2025-9-20 13:28

SI vazirligi, AES va parlament islohoti. Qozog‘iston prezidenti murojaatnomada nimalar haqida gapirdi?

Qosim-Jomart Toqayev xalqqa murojaatida mamlakatda Sun’iy intellekt vazirligini tashkil etish va ikkinchi hamda uchinchi atom elektr stansiyalari qurilishini tezlashtirish bo‘yicha topshiriq berdi. Shuningdek, parlamentni bir palatali qilish taklif etildi. Uning nutqidan asosiy tezislar - Gazeta materialida. gazeta.uz »

2025-9-10 08:42

Qurilish vazirligi qurilishga ruxsat olish uchun “$200 minggacha xarajat” haqidagi bayonotga javob berdi

Quruvchining “har bir uy uchun $200 minggacha xarajat” haqidagi bayonotiga javoban Qurilish vazirligi raqamlashtirish tufayli korrupsiya xavfi minimallashtirilganini ta’kidladi. Tashkilotga ko‘ra, ariza beruvchi va davlat xizmatchisi o‘rtasidagi har qanday o‘zaro munosabatlar barcha bosqichlarda istisno qilinadi. gazeta.uz »

2025-9-3 20:12

Oliy ta’lim vazirligi beshta universitet xatolik tufayli yangi ruxsatnoma olganini ma’lum qildi. Adliya vazirligi xatoni rad etdi

Oliy ta’lim vazirligi va Adliya vazirligi beshta xususiy universitet haqida bir-biriga zid ma’lumotlar e’lon qildi. Birinchi vazirlik qo‘shimcha xizmatlar va manzillar uchun ruxsatnomalar universitetlarga xatolik tufayli berilganini ta’kidladi. Ikkinchisi hech qanday xato yo‘qligini aytdi. gazeta.uz »

2025-8-30 01:15

Qurilish vazirligi “xalq tomonidan tan olinib kelinayotgan” UJMShlar ishiga aralashganlik uchun javobgarlik bilan tahdid qildi

Qurilish vazirligi Toshkentda ko‘p qavatli uylar boshqaruv shaklini o‘zgartirishga majburlashning yangi to‘lqini haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi. “Xalq tomonidan tan olinib kelinayotgan” UJMShlar ishiga aralashish javobgarlikka sabab bo‘lishi, “har bir soha doimiy takomillashtirilishi kerak"ligi ta’kidlandi. gazeta.uz »

2025-2-12 20:09

Anorbank Toshkent markazidagi Energetika vazirligi va “O‘ztransgaz” binolarini qariyb 34 mln dollarga sotib oldi

Anorbank Toshkent markazidagi Energetika vazirligi va “O‘ztransgaz” kompaniyasi binolarini 439,6 mlrd so‘mga (34 mln dollar) sotib oldi. Dekabr oyi oxirida Energetika vazirligi Yangi Toshkentga ko‘chib o‘tishi, u yerda davlat organi va uning tuzilmalari uchun yangi bino qurilayotgani haqida xabar berilgan edi. gazeta.uz »

2025-2-10 08:25

Transport vazirligi Toshkent avtobuslarida yo‘l haqini naqd pulda to‘laydigan yo‘lovchilar uchun jarimani rad etdi

O‘zA Toshkent avtobuslarida yo‘l haqini naqd pulda to‘laydigan yo‘lovchilar “chiptasiz sayohat” moddasi bo‘yicha jarimaga tortilishi haqida xabar berdi. Xabarni aksariyat OAV va “Toshshahartransxizmat” qayta chop etdi. Transport vazirligi esa ma’lumotni rad etdi. gazeta.uz »

2025-1-8 23:12

“Sun’iy kooperativlar vazirligi”. Quyi palata spikeri kooperativlar to‘g‘risidagi qonundagi normaga qarshi chiqdi

Deputatlar fermerlar birlashib, hamkorlikda faoliyat olib boradigan qishloq xo‘jaligi kooperativi to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi. Ular hujjatga kooperativlarning uyushmalarga majburiy a’zoligini qo‘shishga urindi, biroq Quyi palata spikeri qarshi chiqdi: “Bularning ustidan tayyor vazirlik tashkil qilyapsizlar”. gazeta.uz »

2024-9-19 23:06

“Sun'iy kooperativlar vazirligi”. Quyi palata spikeri kooperativlar to‘g‘risidagi qonundagi normaga qarshi chiqdi

Deputatlar fermerlar birlashib, hamkorlikda faoliyat olib boradigan qishloq xo‘jaligi kooperativi to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi. Ular hujjatga kooperativlarning uyushmalarga majburiy a’zoligini qo‘shishga urindi, biroq Quyi palata spikeri qarshi chiqdi: “Bularning ustidan tayyor vazirlik tashkil qilyapsizlar”. gazeta.uz »

2024-9-18 22:58

Afg‘oniston Mudofaa vazirligi olib o‘tilgan samolyotlarning O‘zbekistonga berilishiga qarshi chiqdi

Afg‘oniston Mudofaa vazirligi mamlakatdan olib chiqilgan harbiy samolyotlar va vertolyotlarning O‘zbekistonda qolishiga qarshi chiqdi va aviatexnikalar taqdiri bo‘yicha har qanday kelishuv “qabul qilib bo‘lmaydigan” ekani va AQShning “afg‘on xalqi mulkini O‘zbekistonga xayriya qilishga haqqi yo‘q”ligini ta’qidladi. gazeta.uz »

2024-8-28 18:06

Mudofaa vazirligi qo‘shinlari zirhli “Arslon” transportyori va “Tarlon” mashinasini sinovdan o‘tkazmoqda

Mudofaa vazirligi mahalliy ishlab chiqaruvchining zirhli “Arslon” transportyori va “Tarlon” mashinasini sinovdan o‘tkazmoqda. Ular tez orada mamlakat qo‘shinlariga yetkaziladi. Transportyor yuqori aniqlikda o‘t ochishga mo‘ljallangan, “Tarlon” esa ekipaj va qo‘shinlarni o‘qotar qurollardan himoya qiladi. (foto, video) gazeta.uz »

2024-7-23 11:04