Ðåçóëüòàòîâ: 79

Tramp Eron energetikasini “to‘liq” yo‘q qilish bilan tahdid qildi; Pentagon Eronda quruqlikdagi operatsiyalarga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Tramp Tehron yaqin vaqt ichida kelishuvga rozi bo‘lmasa va Hurmuz bo‘g‘ozini ochmasa, Eronning barcha energetika infratuzilmasini “to‘liq” yo‘q qilish bilan tahdid qildi. AQSh prezidentining ushbu bayonoti Pentagonning Eronda quruqlikdagi operatsiyalarga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqidagi xabarlardan so‘ng yangradi. gazeta.uz »

2026-3-30 17:05

Yerusti o‘tish joylari qaytarilmasa, xiyobon rekonstruksiyasi noto‘liq bo‘ladi — Gazeta fikri

Amir Temur xiyobonini svetoforli yerusti o‘tish yo‘laklarini qaytarmasdan turib rekonstruksiya qilish noto‘liq ish bo‘ladi, deb hisoblaydi Gazeta. Shaharliklar va poytaxt mehmonlarini o‘ziga tortadigan asosiy maskanlardan biri, 17 yildirki, piyodalar uchun qulay va xavfsiz o‘tish imkoniyatidan mahrumligicha qolmoqda. gazeta.uz »

2026-3-25 20:53

Yo‘l harakati bilan bog‘liq ayrim huquqbuzarliklar uchun ma’muriy ogohlantirish joriy etildi

O‘zbekistonda yo‘l harakati bilan bog‘liq ayrim huquqbuzarliklar uchun ma’muriy ogohlantirish amaliyoti joriy etildi. Shuningdek, YHQ buzilgani maxsus texnika vositalari orqali qayd etilganda ma’muriy jazo huquqbuzarlik sodir etilgan kundan e’tiboran 1 oydan kechiktirmay qo‘llanilishi shartligi belgilandi. gazeta.uz »

2026-2-5 12:14

“O‘zbekistonda dori vositalari bilan bog‘liq korrupsion mexanizm ko‘proq shakllangan” — Abdulla Azizov

Mamlakatga olib kiriladigan retseptli dorilarning 65 foizi faqat O‘zbekiston uchun ishlab chiqarilgani aniqlandi. “Biz o‘rgangan 10 ta davlatda buncha dori turi umuman topilmadi. Muammo sababidan biri - bizda dori vositalari bilan bog‘liq korrupsion mexanizm ko‘proq rivojlangan”, - dedi Farmagentlik rahbari. gazeta.uz »

2025-12-15 07:27

Turkiyadagi pichoqlanish bilan bog‘liq holatda O‘zbekiston fuqarolari qatnashmagan — Bosh konsulxona

Turk OAVda Aksaray viloyatida 13 yoshli yigit opasining sevgilisini pichoqlagani, ular o‘zbekistonlik ekani haqida yozdi. Istanbuldagi Bosh konsulxonaning aniqlik kiritishicha, voqea ishtirokchilarining hech biri O‘zbekiston fuqarosi emas. Vatandoshlardan mahalliy qonunlarga rioya etish so‘raldi. gazeta.uz »

2025-8-27 11:50

“Idoralarda byurokratiya, „korrupsiyaviy tuynuklar“ to‘liq yo‘qolgani yo‘q” — prezident

Prezident maishiy korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga doir taqdimot bilan tanishdi. U ko‘p hollarda muammoning sababi emas, oqibati bilan kurashilayotganini aytdi. “Har kuni odamlarning ishi tushadigan hokimlik, kadastr, bank va soliq idoralarida „korrupsiyaviy tuynuklar“ to‘liq yo‘qolgani yo‘q”, - dedi u. gazeta.uz »

2025-7-30 21:05

Rossiya avgust oxirigacha benzin eksportini to‘liq taqiqladi, ammo bu O‘zbekistonga ta’sir qilmaydi

Rossiya avgust oyi oxirigacha benzin eksportiga to‘liq taqiq joriy qildi. Cheklov bevosita neft mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga ham taalluqlidir. “Taqiq xalqaro hukumatlararo bitimlar doirasidagi kelishuvlarga tatbiq etilmaydi, O‘zbekiston bilan bu bitim mavjud”, - dedi Energetika vazirligi Gazeta`ga. gazeta.uz »

2025-7-29 09:04

“Ko‘p san’atkorlar daromadini to‘liq deklaratsiya qilmay, soliq to‘lamayapti” — Soliq qo‘mitasi

Soliq qo‘mitasi vakiliga ko‘ra, amaldagi qonunchilik bo‘yicha san’atkorlar deklaratsiya to‘ldirib, soliqqa tortilishi kerak. Ammo ularning ko‘pi bunga rioya etmay, daromadidan soliq to‘lamayapti. “2027-yildan boshlab, ular soliqlardan qochsa, tekshiruvlar o‘tkaziladi va soliq undiriladi”, - deydi Mubin Mirzayev. gazeta.uz »

2025-4-2 09:05

Shveysariya elchisi o‘zbekistonliklarni ishga taklif bilan bog‘liq firibgarliklar haqida ogohlantirdi

Shveysariyaning O‘zbekistondagi elchsiga ko‘ra, ushbu davlatga soxta ishga taklif qilish va qalbaki ishlash ruxsatnomalari bilan bog‘liq murojaatlar soni ortgan. “O‘zbekistonda yashab, Shveysariyada ish qidirayotgan bo‘lsangiz, firibgarlik qurboni bo‘lib qolishdan o‘zingizni himoya qiling”, - deydi Konstantin Obolenskiy . gazeta.uz »

2025-3-28 15:55

O‘zbekiston fuqarolari Turkiyada viza bilan bog‘liq firibgarlikka uchramoqda — Bosh konsulxona

Istanbuldagi Bosh konsulxonaga ko‘ra, Turkiyada ayrim shaxslar O‘zbekiston fuqarolariga AQShga yuborish va Yevropa vizalarini rasmiylashtirishni va’da qilib, firibgarlik sodir etmoqda. “Bunga ishongan fuqarolarimiz Osiyo va Afrika davlatlariga borib, u yerda sarson-sargardon bo‘lmoqda”, - deyiladi ogohlantirishda. gazeta.uz »

2025-2-27 20:00