Ðåçóëüòàòîâ: 30

O‘zbekistonda ko‘chmas mulk bozor narxidan arzon sotilsa, biznesga qo‘shimcha soliq hisoblanishi mumkin

O‘zbekiston hukumati soliq organlari ko‘chmas mulk yoki ayrim tovarlar bozor narxidan arzon sotilgan hollarda soliq bazasini qayta hisoblashi mumkin bo‘lgan tartibni tasdiqladi. Hujjatdagi misolda 216,04 kv metr bo‘lgan uy 231,2 mln so‘mga sotilganda kompaniyaga qo‘shimcha 244,5 mln so‘m soliq hisoblangan. gazeta.uz »

2026-5-20 15:12

Ko‘chmas mulk sotib oluvchilarni avvalgi egalarning qarzlaridan himoya qilish taklif etilmoqda

Raqobat qo‘mitasi ko‘chmas mulk oldi-sotdi shartnomalaridan avvalgi egasining qarzlarini yangi mulkdor zimmasiga yuklashga imkon beruvchi bandlarni chiqarib tashlashni taklif qildi. Idoraning ta’kidlashicha, bunday bandlar “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunga ziddir. gazeta.uz »

2026-5-7 14:52

O‘zbekiston va mintaqada omborlar ko‘chmas mulki bozorida nimalar yuz bermoqda? Muammolar va istiqbollar

Toshkentda omborlar ijara narxi AQShdagidan yuqori ekani ma’lum bo‘ldi. Sabab - sifatli maydonlarning tanqisligi: omborxonalar sig‘imi rivojlangan davlatlardagiga nisbatan o‘nlab baravar past. Mintaqaviy forumda mazkur sanoatning rivojlanish istiqbollari va uning oldida turgan muammolar muhokama qilindi. gazeta.uz »

2026-4-17 16:48

O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozorida nimalar ro‘y bermoqda? Muammolar, kutilmalar va istiqbollar

Poytaxtda uy-joy narxlari o‘sishi nimani anglatishi, ijara stavkalari bilan bog‘liq vaziyat, eskrou-hisobvaraqlar joriy etilishining bozorga ta’siri - ko‘chmas mulk sohasi eksperti Denis Sokolov Toshkentdagi sammitda ma’ruzasini aynan shu masalalarga bag‘ishladi. Gazeta uning asosiy tezislarini taqdim etadi. gazeta.uz »

2026-2-20 14:22

Ko‘chmas mulk bozoridagi faollikning pasayishi “vaziyatning barqarorlashuvi” bilan bog‘liq — MB

MB aprel-iyun oylarida uy-joy sotuvi bo‘yicha shartnomalar sonining qisqarishini “bozordagi vaziyatning barqarorlashuvi” bilan bog‘ladi. Regulyatorning fikricha, uy-joy savdosi va ijarasi narxlarining o‘sish sur’ati o‘rtasidagi tafovutning oshishi sotib olish va sotish narxlarining pasayishiga olib kelishi mumkin. gazeta.uz »

2024-7-16 18:26

Budjeti cheklangan xaridor qanday ko‘chmas mulkka investitsiya kiritsa maqsadga muvofiq?

Toshkentda sotib olingan ko‘chmas mulk o‘z egasini o‘sish potensialiga ega aktivlar bilan ta’minlovchi barqaror passiv daromad manbaidir. Realting ko‘chmas mulk platformasi mutaxassislari Andrey Sodiqov va Botir Abdurahmonov ko‘chmas mulkka uzoq muddatli investitsiyalarni qanday rejalashtirish haqida so‘z yuritadi. gazeta.uz »

2024-5-31 11:04

“Davlat o‘z funksiyalarini quruvchi kompaniyalarga yuklamasligi kerak”. Ko‘chmas mulk bo‘yicha ekspert — Toshkentni rivojlantirish haqida

Toshkentning o‘sish sur’atlari transport va ekologiya bilan bog‘liq muammolarni yanada kuchaytirmoqda. Denis Sokolov “Gazeta.uz” bilan suhbatda davlat uchun xatarlarni yumshatish, aholi uchun ularning oldini olish yo‘llari hamda toshkentliklarni jamoat transportiga o‘tkazish nega qiyin kechishi haqida so‘z yuritdi. gazeta.uz »

2024-4-17 07:45

¡çáåêèñòîíäà ê¢÷ìàñ ìóëê îëäè-ñîòäèñè 19,7 ôîèçãà ¢ñäè — ÈÒÈÌ

ßíâàðü îéèäà ¢çáåêèñòîíëèêëàð îðàñèäà ê¢÷ìàñ ìóëê ñîòèá îëèøãà òàëàá äåêàáðãà íèñáàòàí 19,7 ôîèçãà îøäè. Øó áèëàí áèðãà, èêêèëàì÷è áîçîðäà óé-æîé íàðõè áèð éèëäà 20,2 ôîèçãà ê¢òàðèëäè. gazeta.uz »

2023-2-23 09:35