Ðåçóëüòàòîâ: 66

Surxondaryodagi o‘rmon xo‘jaligida yuz bergan yong‘in 1 sutkada bartaraf etildi

Boysun tumanidagi “Xomkon” o‘rmon bo‘limida kelib chiqqan yong‘inni o‘chirishga 300 dan ortiq kishi, jumladan, qutqaruvchilar, o‘rmon xo‘jaligi xodimlari va mahalliy aholi vakillari jalb qilindi. Bir sutkadan ortiq vaqt davom etgan yong‘in oqibatida 1 gektar maydon zarar ko‘rdi, qurbonlar va jarohatlanganlar yo‘q. gazeta.uz »

2026-8-15 11:31

Toshkentda YPXning uchta mototsikli ishtirokida YTH yuz berdi: bir kishi halok bo‘ldi

Toshkentning Do‘rmon yo‘li ko‘chasida YPXning uchta patrul mototsikli va uchta avtomobil ishtirokida YTH yuz berdi. Avariyadan oldin ayrim yo‘nalishlardagi harakatni to‘xtatib turgan huquq-tartibot xodimlari tarqalgani va haydovchilar svetofor ishoralariga amal qila boshlaganini ko‘rish mumkin. Bir kishi halok bo‘ldi. gazeta.uz »

2026-7-17 05:23

O‘zbekiston va mintaqada omborlar ko‘chmas mulki bozorida nimalar yuz bermoqda? Muammolar va istiqbollar

Toshkentda omborlar ijara narxi AQShdagidan yuqori ekani ma’lum bo‘ldi. Sabab - sifatli maydonlarning tanqisligi: omborxonalar sig‘imi rivojlangan davlatlardagiga nisbatan o‘nlab baravar past. Mintaqaviy forumda mazkur sanoatning rivojlanish istiqbollari va uning oldida turgan muammolar muhokama qilindi. gazeta.uz »

2026-4-17 16:48

Farg‘ona aeroportida S7 aviakompaniyasi samolyoti g‘ildiragida nosozlik yuz berdi

S7 aviakompaniyasining Novosibirskdan uchgan samolyoti Farg‘ona aeroportiga qo‘nish jarayonida g‘ildiragining yarmidan ayrildi. Yo‘lovchilar to‘g‘ridan-to‘g‘ri uchish-qo‘nish yo‘lagiga tushirilgan. Yo‘lak yopilgani sababli bitta reys Toshkentga yo‘naltirilgan. Aeroport 2 soatdan so‘ng odatdagi ish rejimiga qaytgan. gazeta.uz »

2025-3-13 09:43