Ðåçóëüòàòîâ: 269

“Biz Termizning bog‘lovchi ko‘prik sifatidagi rolini tiklayapmiz”. Toshkentda Termiz muloqotining ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Toshkentda Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik bo‘yicha Termiz muloqotining ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Gazeta ekspertlar Afg‘onistonning mintaqalar o‘rtasidagi aloqalardagi o‘rnini qanday baholayotgani va nega ishonchni yangi loyihalarning asosiy sharti deb atayotganini o‘rgandi. gazeta.uz »

2026-6-5 13:53

Sanoatlashgan bog‘ tashkil etilmagan yerlar uchun soliq stavkalari oshirilishi mumkin

Prezident intensiv sanoatlashgan bog‘larni ko‘paytirish chora-tadbirlari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Unda sohani rivojlantirishga oid bir qator masalalar muhokama qilindi, jumladan, 12 oy davomida sanoatlashgan bog‘ tashkil etilmagan maydonlar uchun yer va suv solig‘i stavkalarini oshirish masalasi ham ko‘rib chiqildi. gazeta.uz »

2026-5-14 20:23

Botanika bog‘ida velosiped va samokatda yurish taqiqlandi. Tashrif buyuruvchilar va mutaxassislar nima deydi?

Toshkent Botanika bog‘ida velosiped va samokatda yurish taqiqlandi. Ma’muriyat buni tashrif buyuruvchilar xavfsizligini ta’minlash va tabiiy hududni asrash zarurati bilan izohladi. Gazeta bog‘ ma’muriyati bilan suhbatlashdi, u yerga boruvchilarning munosabati va mutaxassislar fikrini o‘rgandi. gazeta.uz »

2026-4-25 21:47

Fanlar akademiyasi dendrologiya bog‘i tashkil qilish uchun Toshkentga 190 gektar yer berdi — hokimlik

Fanlar akademiyasi Mirzo Ulug‘bek tumanining Ulug‘bek shaharchasidagi 190 gektar yer maydonidan ixtiyoriy ravishda voz kechdi, shundan so‘ng ushbu hudud shahar zaxirasiga o‘tkazildi. Mazkur maydondan “Toza havo” dasturi doirasida dendrologiya bog‘ini barpo etish uchun foydalanish rejalashtirilmoqda. gazeta.uz »

2026-4-13 14:52

Toshkentdagi Botanika bog‘ida velosiped va samokatlar harakatlanishi taqiqlandi

1-apreldan Toshkent Botanika bog‘i hududida velosiped va samokatlarda harakatlanish taqiqlanadi. Bog‘ ma’muriyati bunga tashrif buyuruvchilarning yiqilishi va jarohat olishi bilan bog‘liq holatlar ko‘paygani, shuningdek, mehmonlardan kelib tushgan ko‘plab murojaat va takliflarni sabab qilib ko‘rsatdi. gazeta.uz »

2026-3-31 09:58

Attraksionlar taqiqlanadi va xususiylashtirilmaydi. O‘zbekistonda botanika bog‘lari va dendroparklar qanday bo‘ladi?

O‘zbekistonda yangi botanika bog‘lari va dendroparklar kamida 50 mingta daraxtdan iborat yaxlit yashil komplekslar sifatida barpo etiladi. Bunda ular hududida qurilish va attraksionlar taqiqlanadi, obyektlarning o‘zi esa umummilliy ahamiyatga ega maqomga ega bo‘lib, xususiylashtirilmaydi. gazeta.uz »

2026-3-25 13:18

Yo‘l harakati bilan bog‘liq ayrim huquqbuzarliklar uchun ma’muriy ogohlantirish joriy etildi

O‘zbekistonda yo‘l harakati bilan bog‘liq ayrim huquqbuzarliklar uchun ma’muriy ogohlantirish amaliyoti joriy etildi. Shuningdek, YHQ buzilgani maxsus texnika vositalari orqali qayd etilganda ma’muriy jazo huquqbuzarlik sodir etilgan kundan e’tiboran 1 oydan kechiktirmay qo‘llanilishi shartligi belgilandi. gazeta.uz »

2026-2-5 12:14

Nukusda bolalarga shafqatsiz munosabatda bo‘lgan xususiy bog‘cha xodimlariga sud hukmi o‘qildi

Nukusda bolalarga nisbatan muntazam zo‘ravonlik qilib kelgan xususiy bog‘cha xodimlarining ozodligi cheklandi. Kichik guruh tarbiyalanuvchilariga nisbatan shafqatsiz munosabat o‘tgan yilning fevralida - xodimlar bolalarni tepib, boshiga urgani aks etgan videolar tarmoqlarda tarqalganidan so‘ng ma’lum bo‘lgandi. gazeta.uz »

2026-2-3 15:30

“O‘zbekistonda dori vositalari bilan bog‘liq korrupsion mexanizm ko‘proq shakllangan” — Abdulla Azizov

Mamlakatga olib kiriladigan retseptli dorilarning 65 foizi faqat O‘zbekiston uchun ishlab chiqarilgani aniqlandi. “Biz o‘rgangan 10 ta davlatda buncha dori turi umuman topilmadi. Muammo sababidan biri - bizda dori vositalari bilan bog‘liq korrupsion mexanizm ko‘proq rivojlangan”, - dedi Farmagentlik rahbari. gazeta.uz »

2025-12-15 07:27