Toshkentda “uchastkavoy”larga ko‘chadan daydi odamlarni topishni buyurgan IIB amaldori ishdan olindi
Profilaktika inspektorlariga daydi odamlarni topib, ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirishni buyurgan Olmazor tumani IIB amaldori Abror Xudoyberdiyev ishdan olindi. IIV vakiliga ko‘ra, tilanchilik va daydi holatlarini aniqlash inspektorlarning xizmat vazifasi hisoblanadi, ammo ularga aniq yuklama qo‘yilmaydi. gazeta.uz »

