Ðåçóëüòàòîâ: 24

Asossiz qarzdorlik bilan elektr to‘lovlariga kiritilgan cheklovlar sabab Chiqindilarni boshqarish agentligiga so‘rov yuborildi

Raqobat qo‘mitasi asossiz qarzdorlik bilan elektr ta’minotiga kiritilgan vaqtinchalik cheklovlarni qayta ko‘rib chiqish yuzasidan Chiqindilarni boshqarish agentligiga so‘rov yubordi. Hozirda chiqindidan 15,8 mlrd so‘mlik qarzdorlik uchun 199 mingga yaqin abonentning elektr energiyasi to‘loviga cheklov o‘rnatilgan. gazeta.uz »

2026-2-12 10:01

Sovuq ob-havo elektr energiyasi ta’minotida “texnik cheklovlar”ga sabab bo‘lishi mumkin — Energovazirlik

Sovuq mavsumda energiya iste’moli oshishi kutilmoqda, ayrim hududlarda vaqtinchalik texnik cheklovlar qo‘llanishi mumkin, deb ogohlantirdi Energovazirlik. Ammo aholi va ijtimoiy obyektlarni elektr energiyasi bilan ta’minlash ustuvor vazifaligicha qoladi. Energoresurslardan oqilona foydalanish tavsiya etilmoqda. gazeta.uz »

2026-1-16 18:41

Retseptsiz beriladigan dorilar va tibbiy texnika narxiga nisbatan cheklovlar olib tashlanadi

2017-yilda joriy etilgan tibbiy texnika va retseptsiz beriladigan dorilarga nisbatan narx cheklovi bekor qilinadi. Hozir cheklangan ustama distribyutorlarga 15%, dorixonalarga 20% ni tashkil etadi, u faqat retsept bo‘yicha beriladigan dorilar uchun qoladi. Shuningdek, farmkorxonalar QQS to‘lovchiga aylanadi. gazeta.uz »

2024-7-4 14:34

O‘zbekistonda 8-martdan elektr energiyasi yetkazib berishdagi cheklovlar bekor qilindi — Energetika vazirligi

Energetika vazirligi gaz bosimining normallashishi tufayli 8-martdan boshlab elektr energiyasi yetkazib berishdagi cheklovlar bekor qilinganini ma’lum qildi. Issiqlik elektr stansiyalari elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun ko‘proq gaz va kamroq ko‘mir hamda mazutdan foydalandi. gazeta.uz »

2024-3-11 12:21

Yakshanba kuni elektr energiyasiga kiritilgan cheklovlar oshdi — Energetika vazirligi

25-fevralda O‘zbekistonda kunlik elektr energiyasi ishlab chiqarish kamaydi. Vazirlik xabariga ko‘ra, elektr energiyasini yetkazib berish bo‘yicha cheklovlar ko‘lami kengaytirildi. “O‘zbekneftgaz” dam olish kunlari yoqilg‘i quyish shoxobchalariga qo‘shimcha 1000 tonna benzin yetkazib berganini ma’lum qildi. gazeta.uz »

2024-2-26 11:00