Ðåçóëüòàòîâ: 33

O‘zbekistonlik kara haydovchilari Slovakiyaga ishga taklif etilmoqda, oylik maosh — 1000 yevro

Migratsiya agentligi Slovakiyada kara (pogruzchik) haydovchilari uchun 70 ta bo‘sh ish o‘rniga tanlov boshlanganini ma’lum qildi. Nomzodlarga oyiga 1000 yevro maosh taklif etilmoqda. Ish beruvchi turar joy va tibbiy sug‘urta xarajatlarini qoplaydi, viza va aviachipta xarajatlari esa keyinchalik kompensatsiya qilinadi. gazeta.uz »

2026-7-2 13:43

Toshkentda 15-sentabrgacha alohida yong‘in xavfsizligi rejimi joriy etilmoqda. Nimalar o‘zgaradi?

Toshkentda 15-sentabrgacha alohida yong‘in xavfsizligi rejimi joriy etildi. Bunda umumiy ovqatlanish shoxobchalarida taom tayyorlash uchun suyultirilgan gazdan foydalanish, yonilg‘i quyish shoxobchalarida esa yirik tonnajli transport vositalarida 11:00 dan 17:00 gacha yonilg‘ini tashish, to‘kish va quyish taqiqlanadi. gazeta.uz »

2026-6-24 21:51

Tokiodagi ko‘rgazmada o‘zbekistonlik olti fotografning ishlari taqdim etilmoqda

Yaponiyada “Osiyo fotograflari” xalqaro ko‘rgazmasi doirasida o‘zbekistonlik 6 fotograf The Month of Photography Tokyo 2026 fotoloyihasida qatnashmoqda. Ularning mamlakat an’analari va madaniyatiga oid ishlari Sony Imaging Gallery, Canon Open Gallery galereyalarida va Hanzomon muzeyida taqdim etilyapti. gazeta.uz »

2026-6-12 06:11

O‘zbekistonda noqonuniy qurilish uchun jarimalarni kuchaytirish taklif etilmoqda

O‘zbekistonda noqonuniy va ruxsatsiz qurilishlar uchun moliyaviy sanksiyalarni kuchaytirish taklif qilindi. 2025-yilda 1952 ta noqonuniy qurilish aniqlangan. Prezidentga bosh rejalar bilan ishlashning yangi tizimi, shaharsozlik hujjatlarining yagona elektron reyestrini yaratish bo‘yicha takliflar ham taqdim etildi. gazeta.uz »

2026-6-11 09:49

O‘zbekistonda strategik rejalashtirish va rivojlantirish tizimi joriy etilmoqda. Tafsilotlar

Prezident huzuridagi Strategik islohotlar agentligi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligiga aylantirildi. 1-noyabrdan boshlab mamlakatda “maqsad - harakat - natija” tamoyiliga asoslangan strategik rejalashtirish tizimi joriy etiladi. Muvofiqlashtiruvchi kengash yangi vakolatlarga ega bo‘ladi. gazeta.uz »

2025-11-4 17:49

Toshkentda pulli avtoturargohlar qanday joriy etilmoqda? Streetpark Systems rahbari bilan suhbat

Toshkentda pulli avtoturargohlar paydo bo‘lishi bilan ko‘plab joylarda mashinalarni tartibsiz qoldirib ketish holatlari kamaydi. Tizim allaqachon ishga tushgan. Uning qanday tuzilgani, to‘xtash joylaridan to‘g‘ri foydalanish haydovchilarga qanday o‘rgatilishi va tizimning istiqboli - Gazeta materialida. gazeta.uz »

2025-7-18 09:53

O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasida IIV vakili lavozimi joriy etilmoqda

O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi shtatida birinchi kotib - IIV vakili lavozimi joriy etilmoqda. Maqsad - O‘zbekiston fuqarolarining huquq va manfaatlarini o‘z vaqtida himoya qilishga ko‘maklashish va jinoyatchilikka qarshi kurashishda Rossiya huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlik o‘rnatish. gazeta.uz »

2024-12-14 21:14