O‘zbekistonda biznes uchun yagona QR kod ishga tushdi. Umumiy komissiya 1,65 foizgacha yetishi mumkin
O‘zbekistonda istalgan bank yoki to‘lov servisi orqali to‘lovlarni qabul qilish imkonini beruvchi UzQR tizimi ish boshladi. 1-iyuldan bunday QR kod majburiy bo‘ladi. Tizim orqali to‘lovlarni amalga oshirishda komissiyalar mavjud: sotuvchi uchun 0,65 foiz va ayrim hollarda xaridor uchun 1 foizgacha. gazeta.uz »


























