Ðåçóëüòàòîâ: 85

O‘zbekistonda suv va ichimliklarni markirovkalash tizimida agregatsiyani joriy etish kechiktiriladi, jarimalar kamaytiriladi

Prezident suv va alkogolsiz ichimliklarni markirovkalash tizimida agregatsiya mexanizmini kechiktirishni qo‘llab-quvvatladi: yirik ishlab chiqaruvchilarning yarmi yangi talablarga tayyor emas. Jarimalar qayta ko‘rib chiqiladi, umumiy ovqatlanish va savdo uchun tushumga bog‘liq bo‘lmagan, qat’iy summalar belgilanadi. gazeta.uz »

2026-5-6 08:33

Prezident pedofillik uchun umrbod qamoq jazosini joriy etish, ayollar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlik uchun jazoni kuchaytirishni ma’qulladi

Prezidentga 2026-yilgi davlat dasturi loyihasi taqdim etildi. Xotin-qizlar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlik uchun jazoni kuchaytirish, pedofiliya uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish, ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirish shular jumlasidandir. Shavkat Mirziyoyev farmon bilan hujjatni tasdiqladi. gazeta.uz »

2026-2-16 15:32

Markaziy bank axborotlarni oshkor etish bo‘yicha qonunchilik talablariga rioya etmagan banklarga jarima qo‘lladi

Markaziy bank iste’molchilar uchun axborotlarni oshkor etish va davlat tili bo‘yicha qonunchilik talablariga rioya etilishi yuzasidan tijorat banklarining veb-saytlarini monitoringdan o‘tkazdi. Unda regulyator qator kamchiliklar va qonunbuzilish holatlarini aniqlab, 18 ta bankka 102 mln so‘mdan jarima qo‘lladi. gazeta.uz »

2025-11-10 13:05

“SI yordamida ona tilimizni rivojlantirish va targ‘ib etish — davr talabi”. Shavkat Mirziyoyev O‘zbek tili bayrami bilan xalqni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev O‘zbek tili bayrami bilan O‘zbekiston xalqini tabrikladi. “Hayotimizda sun’iy intellekt ta’siri ortib borayotgan bir paytda bu qudratli vosita yordamida ona tilimizni rivojlantirish va targ‘ib etish - davr talabidir”, - dedi u. gazeta.uz »

2025-10-21 16:20

“Yo‘lni kavlamay avariyalarni bartaraf etish mumkinmi?” Qurilish va kommunal xo‘jalik vazirligi javobi

O‘zbekistonda muhandislik tarmoqlariga asfaltni buzmasdan xizmat ko‘rsatish uchun yerosti kollektorlari joriy etilmoqda. Qurilish va kommunal xo‘jalik vaziri o‘rinbosari qayd etishicha, bunday yechimlar faqat yangi loyihalarda qo‘llanilishi mumkin, eski kommunikatsiyalarni ta’mirlash xarajatlari yuqori va noqulay. gazeta.uz »

2025-10-10 16:25

Deputatlar O‘zbekistonda islomiy banklar joriy etish to‘g‘risidagi qonun loyihasini muhokama qilmoqda. Tafsilotlar

O‘zbekiston deputatlari islomiy bank to‘g‘risidagi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi. Qayd etilishicha, hujjat qabul qilinishi aholi va biznesga muqobil moliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi islomiy banklar, islomiy “darcha” va islomiy mikromoliya tashkilotlarini tashkil etish imkonini beradi. gazeta.uz »

2025-9-16 14:27

O‘zbekistonda tibbiyot muassasalarini yagona yondashuv asosida tashkil etish bo‘yicha master reja ishlab chiqiladi

O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash tizimini xaritalash va raqamlashtirish asosida tibbiyot muassasalarini yagona yondashuvda tashkil etish bo‘yicha master reja ishlab chiqiladi. Bu orqali yangi standartlar, namunaviy loyihalar va markazlashgan laboratoriyalar joriy etish, 210 ta sanitar normani o‘zgartirish ko‘zda tutilgan. gazeta.uz »

2025-8-20 20:13

Milliy nevrologiya va neyroreabilitatsiya tibbiyot markazini tashkil etish rejalashtirilmoqda

So‘nggi yillarda insult va infarktga olib keluvchi kasalliklar ko‘paymoqda, ularning 85 foizi nogironlik bilan yakunlanadi, ta’kidlandi prezidentga taqdimotda. Shu bois ushbu xastaliklarning oldini olish va davolash uchun Milliy nevrologiya va neyroreabilitatsiya tibbiyot markazi tashkil etish rejalashtirilmoqda. gazeta.uz »

2025-8-19 19:35

“Har bir bolaning iste’dodini kashf etish muhim”. Turli kasb egalari O‘zbekiston maktab ta’limini ichkaridan qanday o‘zgartirmoqda?

O‘zbekistonlik turli kasb egalarini viloyatlardagi davlat maktablarida o‘quvchilar bilan ishlash uchun tayyorlovchi Teach For Uzbekistan loyihasining ikkinchi mavsumi boshlandi. Gazeta dastur direktori va o‘tgan yilgi tanlov g‘olibi bilan dastlabki natijalar va ta’limga yondashuvning o‘zgarishi haqida suhbatlashdi. gazeta.uz »

2025-8-14 14:24

“Prezidentdan yo‘l harakatini to‘g‘ri tashkil etish bo‘yicha aniq topshiriqlar oldik” — Avtoyo‘l rahbari

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi rahbari Jamshid Tursunovning aytishicha, prezident topshirig‘i bilan 4000 km lik respublika yo‘llari inventarizatsiyadan o‘tkaziladi. “Dastur doirasida qayerda ikki pog‘onali chorrahalar, qayerda tunnellar, qayerda yerosti va yerusti o‘tish joylari qurilishi aniqlanadi”, - dedi u. gazeta.uz »

2025-7-10 18:57

Amerika partiyasini tuzish, subsidiyalardan mahrum etish: Mask va Tramp bir-biriga tahdid qildi

Ilon Mask, agar Kongress soliq imtiyozlariga oid qonun loyihasini qabul qilsa, Amerika partiyasini tuzishini aytdi. Bunga javoban Tramp subsidiyalar bo‘lmaganida, Mask do‘konlarini yopib, uyi - Janubiy Afrikaga qaytishi kerak bo‘lardi, dedi va DOGE`ga uni subsidiyalardan mahrum qilishni o‘rganishni taklif etdi. gazeta.uz »

2025-7-1 10:17

“Shunday klinikalarni 14 ta hududimizda tashkil etish zarur”. Prezident — Shahrisabzdagi kardiologiya markazi haqida

Shahrisabzda “Oq saroy” ko‘p tarmoqli kardiologiya markazi ochilib, unga sun’iy intellektga ega ekokardiografiya apparati o‘rnatildi. Tashrif chog‘ida prezident O‘zbekistonning har bir hududida shunday klinikalar tashkil etishni buyurdi. “Bunga qancha mablag‘ kerak bo‘lsa, topamiz”, - dedi u. gazeta.uz »

2025-6-19 19:57

Jahon banki O‘zbekistonga geofazoviy ma’lumotlar yetishmovchiligini bartaraf etish uchun $35 mln ajratdi

Jahon banki O‘zbekistonda geofazoviy ma’lumotlarning mavjudligini yaxshilash uchun $35 mln imtiyozli kredit ajratdi. Loyiha yer, obyekt va infratuzilma bo‘yicha ma’lumotlarni to‘plashga qaratilgan. JB tegishli geoma’lumotlar yo‘qligi uchun hududlarni rivojlantirishda qiyinchiliklarga duch kelinayotganini qayd etdi. gazeta.uz »

2025-5-20 15:44

1110 nafar O‘zbekiston fuqarosi urushda ishtirok etish uchun Rossiya bilan shartnoma qilgan — “Yashashni istayman” loyihasi

Ukrainaning “Yashashni istayman” loyihasi urushda ishtirok etish uchun Rossiya Qurolli kuchlari bilan shartnoma imzolagan 1110 nafar O‘zbekiston fuqarosining ismini oshkor qildi. Ulardan kamida 109 nafari halok bo‘lgan, eng kichigi 21 yoshga ham to‘lmagan. O‘zbekiston qonunchiligida bunday yollanishlar taqiqlangan. gazeta.uz »

2025-5-1 18:40

O‘zbekistonda huquqbuzarlik sodir etish ehtimoli yuqori bo‘lgan shaxslar ro‘yxati shakllantirildi

IIV O‘zbekistonda huquqbuzarlik sodir etish yoki undan jabrlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan 800 mingdan ortiq shaxs ro‘yxati shakllantirilganini ma’lum qildi. Vazirlik vakili fuqarolar nima maqsadda bunday ro‘yxatga kiritilganiga izoh berib, ularga faqat yordam ko‘rsatilishini ta’kidladi. gazeta.uz »

2025-1-30 13:11