Ðåçóëüòàòîâ: 136

“Bu natijadan afsusdamiz” — Kannavaro O‘zbekiston Jahon chempionatidan chiqib ketganidan so‘ng

O‘zbekiston terma jamoasi murabbiyi Fabio Kannavaro Kongo DRdan uchralgan va JCHni tark etishga sabab bo‘lgan mag‘lubiyatdan jamoa afsusdaligini aytdi. U jamoa guruhdagi kuchli raqiblarga tayyor bo‘lgani, biroq yakuniy o‘yinning ikkinchi bo‘limida xatolarga yo‘l qo‘yib, ustunlikni boy berib qo‘yganini ta’kidladi. gazeta.uz »

2026-6-28 08:10

Jahon banki O‘zbekistonga qishloq infratuzilmasini rivojlantirish uchun 150 mln dollar ajratadi

Jahon banki O‘zbekistonga “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” dasturining ikkinchi bosqichi uchun $150 mln miqdorida imtiyozli moliyalashtirish mablag‘lari ajratilishini ma’qulladi. Dastur 2031-yilgacha oltita viloyatning 296 ta mahallasida yo‘llar, suv va elektr tarmoqlarini yaxshilashga xizmat qiladi. gazeta.uz »

2026-6-18 12:16

Jaloliddin Masharipov jahon chempionatini o‘tkazib yuboradi, O‘zbekiston termasi ro‘yxatiga Jiyanov kiritildi

Yarim himoyachi Jaloliddin Masharipov jahon chempionatida ishtirok eta olmaydi, O‘zbekiston termasi yakuniy ro‘yxatida uning o‘rnini Ruslanbek Jiyanov egallaydi. O‘FA ma’lum qilishicha, FIFA tibbiy qo‘mitasi tekshiruv natijalarini o‘rganib, futbolchi turnirda ishtirok eta olmasligini ma’lum qilgan. gazeta.uz »

2026-6-16 18:55

Gazeta futbol bo‘yicha Jahon chempionatidan o‘nlab materiallar tayyorlaydi va O‘zbekiston terma jamoasi o‘yinlarini yoritadi

Gazeta jurnalistlari O‘zbekiston terma jamoasining mundialdagi tarixiy ishtirokini yoritish uchun Mexiko, Hyuston, Atlanta bo‘ylab reportaj safarini boshladi. Akkreditatsiya nashrning milliy futbolni qo‘llab-quvvatlash yo‘lidagi ikki yillik mehnati natijasi bo‘ldi. Uni qanday bosib o‘tganimiz haqda hikoya qilamiz. gazeta.uz »

2026-6-11 09:33

Angliyada chiqqan o‘zbekcha albom: o‘zbek musiqasining jahon sahnasiga chiqishi uchun kurash hikoyasi

O‘zbekistonlik musiqachi Sayyod Mirzomurodov klarnet va pianinoga bag‘ishlangan ilk o‘zbekcha albomni taqdim etdi. O‘zbek musiqasining xalqaro o‘rni, milliy asarlarning hujjatlashtirilmaganligi, oddiy qishloqlik klarnetchi bolaning Amerikadagi Carnegie Hall sahnasigacha uzoq yo‘li haqida - Gazeta hikoyasida. gazeta.uz »

2026-5-28 07:37

Prezident Ikkinchi jahon urushida o‘zbekistonlik askarni qutqargan britaniyalik er-xotinni mukofotladi

Ikkinchi jahon urushi davrida Jersi orolidagi fashistlar konslageridan qochib chiqqan o‘zbek askari Boqijon Akramovga uyidan joy berib, uning hayotini saqlab qolgan Buyuk Britaniya fuqarolari - marhum Jon va Fillis Emili Le Bretonlar “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi. Prezident bu bo‘yicha farmon imzoladi. gazeta.uz »

2026-5-2 21:42

Jahon banki O‘zbekiston iqtisodiyoti bo‘yicha o‘rta muddatli prognozlarini yaxshiladi

Jahon banki O‘zbekiston iqtisodiyoti 2026-yilgi o‘sish prognozini 0,4% bandga - 6,4% gacha oshirdi. 2027-yilgi o‘sish prognozi esa 0,8% bandga yaxshilanib, 6,7% ni tashkil etdi. Ayni paytda, JB iqtisodiyotda davlat sektori ustun mavqega ega bo‘lib, xususiy sektorning roli cheklanganicha qolayotganini ko‘rsatmoqda. gazeta.uz »

2026-4-14 07:33

O‘zbekiston jahon aviatsiyasining yangi iqtisodiyotiga moslasha oladimi? Boston Consulting Group bilan intervyu

Yangi aeroport qurilishi Toshkentni mintaqa aviahabiga aylantirishi mumkin. O‘zbekistonga Dubay va Istanbul bilan raqobatlashishda qanday qadamlar yordam beradi, xavfsizlik masalalari bu raqobatga qanday ta’sir ko‘rsatishi mumkin? Gazeta Boston Consulting Group ekspertlari bilan istiqbollarni muhokama qildi. gazeta.uz »

2026-4-2 14:42

Jahon banki O‘zbekistonga gaz uzatishda sizib chiqishni bartaraf etish loyihasi uchun 10,6 mln dollar ajratdi

Jahon banki O‘zbekistonga 10,6 mln dollar miqdorida grant ajratishni ma’qulladi. Ushbu mablag‘lar eskirgan gaz uzatish infratuzilmasidagi sizib chiqish holatlarini kamaytirish hamda mamlakatdagi uy xo‘jaliklari va sanoat korxonalarini ta’minlash uchun tabiiy gazni tejashga yo‘naltiriladi. gazeta.uz »

2026-3-27 13:22

Jarohatlangan futbolchilar Jahon chempionatiga bora olishlari aniq emas — Fabio Kannavaro

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro jarohat olgan futbolchilar Jahon chempionatigacha tiklana olishi bo‘yicha aniqlik yo‘qligini ta’kidladi. U Eron chempionatida o‘ynagan futbolchilar taqdiri va nimaga Atlanta shahri Jahon chempionati uchun baza sifatida tanlanganiga izoh berdi. gazeta.uz »

2026-3-26 14:46

Royalti solig‘i 4 baravar kamaytiriladi. O‘zbekiston jahon farm-brendlarini jalb qilmoqchi

O‘zbekistonda dori vositalari ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha yangi choralar e’lon qilindi. Xorijiy farmkompaniyalarni jalb qilish uchun royalti solig‘i 5 foizgacha kamaytiriladi. Tashkent Pharma Park hududi Janubiy Koreya kompaniyalarini jalb qilgan holda yana 100 gektarga kengaytiriladi. gazeta.uz »

2026-3-6 22:20

O‘zbekiston boks bo‘yicha IBA jahon chempionatida Rossiya va Qozog‘istondan keyin uchinchi o‘rinni egalladi (video)

Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi IBA jahon chempionatida to‘qqizta medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida Rossiya va Qozog‘istondan keyin uchinchi o‘rinni egalladi. “Turnirning eng yaxshi bokschisi” deb topilgan Hasanboy Do‘smatov va Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev chempionlik unvonini qo‘lga kiritdi (video). gazeta.uz »

2025-12-14 15:48

Jahon banki O‘zbekistonga talabalarni moliyalashtirish tizimini modernizatsiya qilish uchun 250 mln dollar kredit ajratadi

Jahon banki O‘zbekiston uchun 250 mln dollar miqdoridagi kreditni ma’qulladi. U talabalarni moliyalashtirish tizimini modernizatsiya qilishga qaratilgan EduImkon dasturiga yo‘naltiriladi. Dastur 3 yil ichida 600 ming yoshlar uchun ta’lim kreditlaridan foydalanish imkoniyatini kengaytirishga yordam berishi kutilmoqda. gazeta.uz »

2025-12-12 08:04

Vashingtondan Gazeta fotoreportaji: Jahon chempionatiga qur’a tashlash marosimi qanday o‘tdi?

AQShda Jahon chempionati-2026 guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi va unda O‘zbekistonning raqiblari ham ma’lum bo‘ldi. Gazeta muxbiri Yevgeniy Sorochin mashhur siyosatchilar, jahon futboli yulduzlari, milliy terma jamoalar murabbiylari ishtirok etgan marosimdan fotoreportaj tayyorladi. gazeta.uz »

2025-12-6 06:00

“Bu shaxmatdagi kareramning boshlanishi, xolos”. Javohir Sindarov — Jahon kubogidagi g‘alabasidan so‘ng

Shaxmat bo‘yicha Jahon kubogidagi tarixiy g‘alabadan keyin 19 yoshli Javohir Sindarov o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi, final va tayyorgarlikning asosiy pallalarini ta’riflab berdi hamda yaqin rejalari haqida gapirdi. “Bu shaxmatdagi kareramning boshlanishi, xolos”, - dedi u. gazeta.uz »

2025-11-28 12:12