¡çáåêèñòîí ýðêèí êóðàø÷èëàðè U20 Îñè¸ ÷åìïèîíàòèäà èêêè ìåäàëü îëäè
Òàèëàíääà ¢òà¸òãàí U 20 Îñè¸ ÷åìïèîíàòèäà ¡çáåêèñòîí ýðêèí êóðàø÷èëàðè 1 òà îëòèí âà 1 òà áðîíçà ìåäàëèãà ñàçîâîð á¢ëäè. ru.sputniknews-uz.com »
çáåêèñòîí - Ïîñëåäíèå íîâîñòè [ Ôîòî â íîâîñòÿõ ] | |
Òàèëàíääà ¢òà¸òãàí U 20 Îñè¸ ÷åìïèîíàòèäà ¡çáåêèñòîí ýðêèí êóðàø÷èëàðè 1 òà îëòèí âà 1 òà áðîíçà ìåäàëèãà ñàçîâîð á¢ëäè. ru.sputniknews-uz.com »
Prezident Shavkat Mirziyoyev va Gruziya bosh vaziri Irakliy Kobaxidze strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi deklaratsiya imzoladi. Qolarvesa, tomonlar moliya, bojxona, raqamlashtirish, yadroviy xavfsizlik, migratsiya, turizm kabi sohalarda hujjatlar almashdi. gazeta.uz »
Shavkat Mirziyoyev Gruziya bosh vaziri Irakliy Kobaxidze bilan muzokara o‘tkazdi. Unda Gruziyada O‘zbekiston elchixonasini ta’sis etish qarori qabul qilindi. Ikki davlat o‘rtasida qo‘shma Investitsiya jamg‘armasi ochiladi, savdo aylanmasi 1 mlrd dollarga yetkaziladi. gazeta.uz »
Shavkat Mirziyoyevga O‘zbekiston-Gruziya munosabatlarini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun Gruziyaning oliy davlat mukofoti - “Oltin mo‘yna” ordeni topshirildi. gazeta.uz »
Shavkat Mirziyoyev va Gruziya prezidenti Mixail Kavelashvili Tbilisidagi muzokaralarda savdoni, jumladan, Poti va Batumi portlari salohiyatidan foydalanish orqali faol rivojlantirish, shuningdek, farmatsevtika, transport, energetika va raqamli texnologiyalar sohalarida hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldi. gazeta.uz »
Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish uchun budjetdan avval taxmin qilingani kabi 150 mlrd so‘m emas, balki 56 mlrd so‘m sarflandi. Ilk natijalarga ko‘ra, aholi soni 810 mingtaga ko‘p chiqdi, dehqonchilik uchun ishlatiladigan jami yer maydoni esa 4 mln 826 ming gektarni tashkil etdi. Batafsil - Gazeta`da. gazeta.uz »
Afg‘onistonlik tadbirkorlar O‘zbekistonning amaldagi xalqaro aviaqatnovlaridan foydalanish imkonini beruvchi “yashil yo‘lak” yaratishni so‘ramoqda, deb xabar berdi Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov. gazeta.uz »
O‘zbekistonning umumiy yuk aylanmasi birinchi yarim yillikda 43% ga, tranzit esa 35% ga oshdi, dedi transport vaziri. Uning aytishicha, yangi transport koridorlari qurilishi fonida mamlakat tezroq “haqiqiy tranzit xabi”ga aylanishi uchun yo‘l, temiryo‘l uchastkalari va logistika markazlarini kengaytirishi zarur. gazeta.uz »
3-iyul kuni Qonunchilik palatasi spikeri Nuriddin Ismoilov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Eronning marhum oliy rahbari Ali Xomanaiy bilan vidolashuv marosimlarida qatnashadi. gazeta.uz »
Bosh vazir Abdulla Aripov O‘zbekiston terma jamoasini kutib olish marosimida jamoa Portugaliya, Kolumbiya va Kongo DRga qarshi “jasorat bilan kurashganini” aytdi. U futbolchilarni “divan ekspertlari”ni kechirishga chaqirdi. gazeta.uz »
Tojikiston moliya vaziri Fayziddin Qahhorzoda O‘zbekiston bilan tovar aylanmasi 2025-yilga kelib $700 mlndan oshganini, ikki mamlakat rahbarlari esa uni 2030-yilgacha $2 mlrdga yetkazish vazifasini qo‘yganini aytdi. gazeta.uz »
O‘zbekiston aholisining haqiqiy soni joriy statistik hisob-kitoblardan yuqori bo‘lib chiqdi. E’lon qilingan aholini ro‘yxatga olishning dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 15-yanvar holatiga ko‘ra mamlakatda 39 047 321 kishi istiqomat qilgan - bu joriy hisob-kitoblardan 810 ming 617 kishiga ko‘p. gazeta.uz »
Dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan O‘zbekiston uchun mintaqaviy bog‘liqlik shunchaki logistika masalasi emas, global bozorlarga chiqishning sharti, dedi bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov. O‘zbekiston savdo tashuvlarida O‘rta koridorning ulushi 2021-yilda 12% ni tashkil etgan bo‘lsa, 2025-yilga kelib 28% ga yetdi. gazeta.uz »
Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorovning ma’lum qilishicha, Uzbekistan Airways va “O‘zbektelekom” aksiyalarini xalqaro bozorlarda joylashtirish 2027-yilga rejalashtirilmoqda. Iyun o‘rtalarida aviakompaniyaning qisman IPO’si 2026-yil yakuniga qadar o‘tkazilishi mumkinligi xabar qilingandi. gazeta.uz »
Markaziy bank aprelda 1 tonna oltin sotdi, lekin yil boshidan beri 24 tonna oltin sotib olib, sof xaridorlar ro‘yxatida (Polshadan keyin) 2-o‘rinda qolmoqda. WGC hisob-kitoblariga ko‘ra, mamlakatning oltin zaxiralari 414 tonna atrofida bo‘lib, umumiy zaxiralarning 88 foizini tashkil etadi. gazeta.uz »
Aytish qanchalik og‘ir bo‘lmasin, O‘zbekiston - Kongo DR bahsida Gazeta fotomuxbiri Yevgeniy Sorochinning omadi terma jamoadan ko‘ra ko‘proq chopdi. U birinchi bo‘limda raqib darvozasi, ikkinchisida esa o‘zimizniki ortida turdi. gazeta.uz »
O‘zbekiston terma jamoasining mundialdagi so‘nggi o‘yini ham birinchisi kabi yakunlandi - 1:3. Kongo DRga qarshi futbolchilarimiz faqat bir taym sifatli futbol ko‘rsata oldi. Aynan Jahon chempionatida katta g‘alabalar uchun nimalar kerakligini chinakamiga tushunish mumkin, deydi Gazeta obzorchisi Dmitriy Povarov. gazeta.uz »
Prezident hokimlarga qurilayotgan mehmonxonalarda mahalliy qurilish materiallari ulushini kamida 95 foizga yetkazishni topshirdi. Hududlarda turizm infratuzilmasini rivojlantirish uchun ikki yillik dastur doirasida 34 ta yirik obyekt, mingdan ortiq joylashtirish vositalari qurilishi reja qilingan. gazeta.uz »
O‘zbekiston terma jamoasi murabbiyi Fabio Kannavaro Kongo DRdan uchralgan va JCHni tark etishga sabab bo‘lgan mag‘lubiyatdan jamoa afsusdaligini aytdi. U jamoa guruhdagi kuchli raqiblarga tayyor bo‘lgani, biroq yakuniy o‘yinning ikkinchi bo‘limida xatolarga yo‘l qo‘yib, ustunlikni boy berib qo‘yganini ta’kidladi. gazeta.uz »
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston jamoasi JCH guruh bosqichining uchinchi turida Kongo DRga imkoniyatni boy berdi. Fabio Kannavaro shogirdlari uchrashuvning 10-daqiqasidayoq Eldor Shomurodovning goli evaziga hisobni ochgandi, biroq ikkinchi bo‘limda o‘z darvozasidan uchta to‘p olib chiqib, turnirdagi ishtirokini yakunladi. gazeta.uz »
Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Gazeta muxbiri bilan suhbatda mamlakatdagi so‘z erkinligiga xalq baho berishi kerakligini ta’kidladi. U 10 yildan so‘ng O‘zbekiston jurnalistikasini qanday tasavvur qilishi haqida gapirarkan, “Bundan ham yaxshi bo‘ladi”, - dedi. gazeta.uz »
O‘zbekiston Amerikaga oid sanoat mollari va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining keng ro‘yxati uchun tariflarni bekor qilish yoki kamaytirish majburiyatini oldi. AQSh esa, o‘z navbatida, O‘zbekiston tovarlariga nisbatan tarif choralarini Amerika qonunchiligi doirasida “ijobiy ko‘rib chiqish” niyatida. gazeta.uz »
O‘zbekiston milliy jamoasi murabbiyi Fabio Kannavaro Kongo DR bilan o‘yin oldidan ushbu o‘yin avvalgilaridan ham ko‘proq xavotirga solayotganini ma’lum qildi. Eldor Shomurodov guruhdan chiqish imkoniyati saqlanib qolayotgani, lekin, avvalo, Jahon chempionatidagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritmoqchi ekanini aytdi. gazeta.uz »
O‘zbekistonda sement, bazalt, oyna, keramik plita kabi mahsulotlar bo‘yicha yaratilgan quvvatlar 2035-yilgacha ehtiyojlarni qoplashga yetarli. Endi investorlarni mahsulotlarni ko‘paytirishga emas, mavjud quvvatlarni modernizatsiya qilib, yuqori qo‘shilgan qiymat beradigan loyihalarga jalb qilish rejalashtirilmoqda. gazeta.uz »
Prezident so‘nggi 5 yilda jalb etilgan investitsiyalarning yarmi 4 ta hududga to‘g‘ri kelgani, viloyatlarda investitsiyalar qaytimi keskin farq qilishini tanqid qildi. U investitsiyalar samaradorligi bo‘yicha yondashuvni o‘zgartirish va qurilish materiallari sohasini rivojlantirishni muhokama qildi. gazeta.uz »
Toshkentdagi “Bunyodkor” stadioni oldida O‘zbekiston-Portugaliya o‘yinining bepul translyatsiyasi tashkil etilgan joyda tiqilinch yuzaga keldi. IIBB fan-zona to‘lib bo‘lganidan keyin kirish yopilgani, odamlarning bir qismi esa to‘siqlardan oshib o‘tishga uringanini ma’lum qildi. Hodisa oqibatida jabrlanganlar bor. gazeta.uz »
23-iyun oqshomida yuzlab muxlislar O‘zbekiston terma jamoasini Portugaliyaga qarshi o‘yinda birgalikda qo‘llab-quvvatlash uchun poytaxtning qator hududlarida yig‘ildi. Hayajonli lahzalar, jamoadan faxrlanish tuyg‘usi va mamlakat uchun tarixiy voqeaga daxldorlik hissi - Gazeta fotoreportajida. gazeta.uz »
O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionatining ikkinchi turida Portugaliyaga mag‘lub bo‘ldi. Gazeta muxbiri Yevgeniy Sorochin Krishtianu Ronaldu rekord o‘rnatgan va Kannavaro shogirdlari favoritlarga yengilgan Xyustondagi o‘yindan fotoreportaj tayyorladi. gazeta.uz »
O‘zbekiston jahon chempionati favoriti Portugaliyaga 5:0 hisobida yutqazdi. Gazeta obzorchisi Dmitriy Povarovning ta’kidlashicha, mag‘lubiyat Fabio Kannavaro shogirdlarini pley-off bosqichiga chiqish imkoniyatidan ham, turnirga yo‘llanma olishga yordam bergan o‘ziga ishonchdan ham mahrum qilmadi. gazeta.uz »
O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegara demarkatsiyasi doirasida yer almashdi. Ilgari O‘zbekistonga tegishli bo‘lgan, 2,5 ming kishi yashaydigan Cho‘ng‘ara va Tosh-Tobo qishloqlari Qirg‘izistonga o‘tdi. gazeta.uz »
O‘zbekiston milliy jamoasi Jahon chempionati guruh bosqichining ikkinchi turida Portugaliyadan yirik hisobda mag‘lubiyatga uchradi (5:0). Krishtianu Ronaldu dubl qayd etdi, Azizbek G‘aniyevning goli VAR dan so‘ng bekor qilindi, Abduaohid Ne’matovga avtogol yozildi. gazeta.uz »
Hukumat yonilg‘i quyish shoxobchalari va gaz to‘ldirish obyektlari uchun xavfsizlik choralarini tasdiqladi. 6196 ta obyektda 46,7 mingta qoidabuzarlik va kamchiliklar aniqlanib, 464 ta yonilg‘i quyish shoxobchasi faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan. gazeta.uz »
O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripovning so‘nggi kunlari o‘tgan Hyustondagi uyda she’riyat va xotira markazi ochildi. Markazdan uning AQShda foydalangan asl shaxsiy buyumlari, qo‘lyozma va kitoblari joy olgan. gazeta.uz »
Shavkat Mirziyoyev Ras-Laffan sanoat zonasida yuz bergan portlash oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani va jarohatlangani munosabati bilan Qatar amiriga ta’ziya yo‘lladi. Hodisa oqibatida kamida 13 kishi qurbon bo‘lgan, o‘nlab insonlar jarohatlangan, ular orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q. gazeta.uz »
Gonkongda blits bo‘yicha FIDE jamoaviy jahon chempionatida o‘zbekistonlik shaxmatchilar bronza medallarini qo‘lga kiritdi. 19 partiyada 12 ochko jamg‘argan Javohir Sindarov jamoa yetakchilaridan biriga aylandi. gazeta.uz »
23-iyun kuni Toshkent metrosi ish vaqti futbol bo‘yicha terma jamoaning Portugaliya bilan o‘yini sababli tungi soat 01:00 gacha uzaytiriladi. Bu kunda poytaxtning turli hududlarida muxlislarning harakatlanishi sezilarli darajada ortishi kutilmoqda. gazeta.uz »
O‘zbekiston Germaniya bilan migratsiya bo‘yicha 2 mln dollarli ikkita loyihani ishga tushirdi. Ulardan biri Deutsche Bahn uchun 2500 nafar mutaxassis tayyorlash, ikkinchisi esa yiliga 30 mingdan ortiq kishi til imtihonlarini topshirishi mumkin bo‘lgan TELC imtihon markazlari tarmog‘ini tashkil etishni nazarda tutadi. gazeta.uz »
O‘zbekiston AQSh va Eron o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolanganini olqishladi. Mamlakat ushbu voqeani mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlik yo‘lidagi muhim diplomatik yutuq sifatida baholadi. TIV muzokaralarda vositachilik qilgan Qatar, Pokiston va boshqa hamkorlarning hissasini yuqori baholadi. gazeta.uz »
O‘zbekiston Yevropa - Osiyo yo‘lagida aviatsiya habiga aylanish salohiyatiga ega, biroq hozircha mamlakatdagi tranzit tashuvlari ulushi atigi 3% ni tashkil etadi. BCG direktori Suresh Subudining ogohlantirishicha, Toshkentning hab maqomi hali kafolatlanmagan: qo‘shni davlatlar ham aeroport quvvatlarini kengaytiryapti. gazeta.uz »
O‘zbekiston Oliy sudining yangi raisi etib ikki yildan ortiq vaqt “Adolat” partiyasiga rahbarlik qilgan Robaxon Mahmudova saylandi. U avval Oliy sud raisining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. gazeta.uz »
O‘zbekiston Jahon chempionatida debyut qildi. Gazeta fotomuxbiri Yevgeniy Sorochin milliy terma jamoa Jahon chempionatida o‘z faoliyatini boshlagan va Kolumbiyaga yutqazgan “Asteka” stadionidan fotoreportaj taqdim etadi. gazeta.uz »
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Jahon chempionati guruh bosqichining ilk turida Kolumbiyaga 3:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi. O‘zbekistonning mundialdagi ilk golini Abbosbek Fayzullayev kiritdi. gazeta.uz »
O‘zbekiston milliy terma jamoasi Kolumbiyaga qarshi o‘yin uchun Asteka stadioniga yetib keldi. Gazeta fotomuxbiri Yevgeniy Sorochin ushbu tarixiy voqeani suratga oldi. gazeta.uz »
O‘zbekiston va Germaniya rahbarlari qo‘shma loyihalarga start berdi. Volkswagen avtomobillarini yig‘ishni yo‘lga qo‘yish, Andijonda logistika markazini ochish, zamonaviy imtihon markazlarini tashkil etish shular jumlasidan. gazeta.uz »
19 yoshli grossmeyster Muhiddin Madaminov UzChess Cup’ning asosiy - Masters musobaqasida g‘olib bo‘ldi. U musobaqani reyting bo‘yicha start ro‘yxatidagi so‘nggi o‘rindan boshlab, Javohir Sindarov o‘rniga eng kuchli guruhga kiritilgan edi, ammo yakunda yulduzli tarkibdagi raqiblarni ortda qoldirdi. gazeta.uz »
O‘zbekiston sug‘urta sohasi, pensiya jamg‘armalari va kapital bozorlarini rivojlantirishi zarur, deb ta’kidladi YeTTB vakili Fransis Malij. Unga ko‘ra, yirik investorlar odatda xorijiy boshqaruvchilar hisobiga bozor yaratishga urinilayotgan joyga emas, balki jonli bozor allaqachon mavjud bo‘lgan joyga keladi. gazeta.uz »
O‘zbekiston va AQSh energetika, infratuzilma, muhim xomashyo materiallari, logistika, AKT va farmatsevtika sohalaridagi loyihalarni moliyalashtirish uchun qo‘shma investitsiya platformasini tashkil etdi. gazeta.uz »
2026-yil yakuniga kelib O‘zbekiston iqtisodiyoti hajmi 180 mlrd dollardan oshishi kutilmoqda. Iqtisodiyot hajmi 2025-yil yakuniga ko‘ra prognoz ko‘rsatkichlarni ortda qoldirib, dollar hisobida 147 mlrd dollardan ortiqni tashkil etgandi. gazeta.uz »
Yarim himoyachi Jaloliddin Masharipov jahon chempionatida ishtirok eta olmaydi, O‘zbekiston termasi yakuniy ro‘yxatida uning o‘rnini Ruslanbek Jiyanov egallaydi. O‘FA ma’lum qilishicha, FIFA tibbiy qo‘mitasi tekshiruv natijalarini o‘rganib, futbolchi turnirda ishtirok eta olmasligini ma’lum qilgan. gazeta.uz »
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston fan-klubi a’zolari Portugaliya va Kongoga qarshi guruh o‘yinlarida milliy terma jamoani qo‘llab-quvvatlash uchun AQShga jo‘nab ketdi. Muxlislar o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘rishdi, qo‘shiq va hayqiriqlarni o‘rganishdi. gazeta.uz »