Ðåçóëüòàòîâ: 8

Jaloliddin Masharipov jahon chempionatini o‘tkazib yuboradi, O‘zbekiston termasi ro‘yxatiga Jiyanov kiritildi

Yarim himoyachi Jaloliddin Masharipov jahon chempionatida ishtirok eta olmaydi, O‘zbekiston termasi yakuniy ro‘yxatida uning o‘rnini Ruslanbek Jiyanov egallaydi. O‘FA ma’lum qilishicha, FIFA tibbiy qo‘mitasi tekshiruv natijalarini o‘rganib, futbolchi turnirda ishtirok eta olmasligini ma’lum qilgan. gazeta.uz »

2026-6-16 18:55

Namanganda 57 ta iPhone’ni ro‘yxatdan o‘tkazib berish evaziga 6 ming dollar pora olgan bojxona inspektori qo‘lga olindi

Namangan viloyatida “Uchqo‘rg‘on” chegara bojxona posti inspektori mobil qurilmalarni noqonuniy ro‘yxatga o‘tkazib berishni va’da qilib pora olayotgan vaqtida qo‘lga olindi. Holat yuzasidan bojxona inspektoriga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari boshlangan. gazeta.uz »

2025-7-18 12:15

15 yoshli bola onasi tazyiq o‘tkazib kelayotgani yuzasidan bolalar ombudsmaniga shikoyat qildi, uning vasiyligi buvisiga o‘tkazildi

Buxoroda 15 yoshli bola onasi unga doimiy tazyiq o‘tkazib kelishi, otasi esa aliment to‘lamagani sabab ozodlikdan mahrum qilinganini aytib, bolalar ombudsmanidan o‘zi va singlisini onasi qaramog‘iga bermaslik bo‘yicha amaliy yordam so‘radi. Holat o‘rganilgach, bolalarga buvisi vasiy etib belgilandi. gazeta.uz »

2024-2-27 17:13