QDU o‘qituvchisi talabalarni imtihondan o‘tkazib berish uchun pora olishda gumonlanib ushlandi
Qoraqalpoq davlat universiteti o‘qituvchisi 18 nafar talabani yakuniy imtihondan o‘tkazib berishini aytib, 18,3 mln so‘m olayotgan vaqtida qo‘lga olindi. Holat yuzasidan firibgarlik va pora berish moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. gazeta.uz »