Ðåçóëüòàòîâ: 44

Beeline abonentlarining raqamlaridan tunda qilingan qo‘ng‘iroqlar yuzasidan izoh berdi

O‘zbekistondagi Beeline abonentlari tunda raqamlaridan (o‘zlariga bog‘liq bo‘lmagan holda) qo‘ng‘iroqlar bo‘lganidan shikoyat qildi. Kompaniyaning bildirishicha, servislardan birining texnik xususiyati sababli qo‘ng‘iroqlar bir necha soat kechikish bilan yetib borgan. Operator aloqada uzilishlar bo‘lmaganini ta’kidladi. gazeta.uz »

2026-4-3 09:31

Toshkent yo‘llari o‘rtasida panjaralar qayta o‘rnatilgani yuzasidan poytaxt hokimiga deputatlik so‘rovi yuborildi

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi deputati poytaxt yo‘llariga yangi panjaralar o‘rnatilgani yuzasidan Toshkent shahri hokimiga deputatlik so‘rovi yubordi. Unda, jumladan, panjaralarning piyodalar bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisalarining oldini olishga xizmat qilishi qanday asoslangani so‘ralgan. gazeta.uz »

2026-2-20 15:53

Toshkentning Bobur ko‘chasida 174 ta daraxt kesilishi yuzasidan obodonlashtirish xodimlariga jinoyat ishi ochildi

Toshkentda 174 ta daraxt va butalar kesilishi yuzasidan Obodonlashtirish boshqarmasi mansabdorlari va boshqalarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Daraxtlar kesilishi jamoatchilik noroziligiga sabab bo‘lgan, hokimlik mas’ullarga nisbatan qat’iy choralar ko‘rilishini va’da qilgandi. gazeta.uz »

2025-11-11 15:27

Senat nikohdan ajralishlar ko‘paygani yuzasidan Oila qo‘mitasiga parlament so‘rovi yubordi

2024-yilda 271 mingdan ortiq nikoh qayd etilgan bo‘lsa, 45 mingta oila ajrashgan - bu ko‘rsatkichning 28 foizi 30 yoshgacha bo‘lganlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Senatorlar oilaviy munosabatlarni mustahkamlash choralarini kuchaytirish zarurligini ta’kidladi va Oila qo‘mitasiga parlament so‘rovi yubordi. gazeta.uz »

2025-11-4 05:59

Bog‘cha bolalarining ovqatdan zaharlanishi yuzasidan autsorsing kompaniyalari tekshirilmoqda

Toshkent viloyatida bog‘cha tarbiyalanuvchilari zaharlanishi yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha bir nechta autsorsing kompaniyalari ustidan tergov harakatlari olib borilmoqda. Jinoyat ishi Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olinib, bosh prokuror birinchi o‘rinbosari rahbarligida maxsus ishchi guruh tuzilgan. gazeta.uz »

2025-9-29 09:26

“Adolat” partiyasi Toshkent viloyatida bolalar ommaviy zaharlangani yuzasidan Bosh prokuraturaga deputatlik so‘rovi yubordi

Qonunchilik palatasidagi “Adolat” partiyasi fraksiyasi Toshkent viloyatida bolalarning ommaviy zaharlangani yuzasidan Bosh prokuraturaga deputatlik so‘rovi yubordi. Partiya hodisa sabablarini tekshirish va aybdorlarni javobgarlikka tortish zarurligini bildirdi. gazeta.uz »

2025-9-26 18:28

O‘zbekiston Rossiya TIVga mehnat migrantlari huquqlari buzilgani yuzasidan nota yubordi

O‘zbekiston elchixonasi Rossiya TIVga yaqinda Moskvadagi reyd chog‘ida kuch ishlatar tuzilmalar mehnat migrantlariga nisbatan qo‘pol muomala qilgani yuzasidan nota yubordi. “Bunday holatlar mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarga aslo to‘g‘ri kelmaydi”, - ta’kidladi O‘zbekiston TIV. gazeta.uz »

2025-6-11 22:19

Senatorlar SSVga bolalarga tibbiy yordamni yaxshilash yuzasidan parlament so‘rovi yuboradi

Senat SSVga bolalarga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish yuzasidan parlament so‘rovi yuboradi. Bunga bolalar shifoxonalarining sifatsiz jihozlangani, ularning neonatolog, ftiziopediatr va bolalar jarrohlari bilan ta’minlanmagani, aholining bepul vaksinatsiyadan yetarlicha xabardor emasligi sabab bo‘lgan. gazeta.uz »

2025-6-2 20:13

Shavkat Mirziyoyev Rossiya generali o‘limi yuzasidan Vladimir Putinga hamdardlik bildirdi

Shavkat Mirziyoyev telefon orqali muloqotda bir necha kun avval Rossiya QK generali Igor Kirillov o‘ldirib ketilgani yuzasidan Vladimir Putinga hamdardlik bildirdi va mamlakat “ushbu jirkanch terrorchilik harakatini keskin qoralashini” ta’kidladi. General o‘limida O‘zbekiston fuqarosi gumon qilinmoqda. gazeta.uz »

2024-12-19 21:06

Og‘ir surunkali kasallikka chalingan shaxslarning subsidiya olishdagi muammolari yuzasidan SSVga senator so‘rovi yuborildi

Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi og‘ir surunkali kasallikka chalingan shaxslar subsidiya olishda muammolarga duch kelayotganini ma’lum qildi. Bu yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligiga senator so‘rovi yuborildi. gazeta.uz »

2024-12-7 13:07

Ombudsmanga mahkumlardan 10 oy davomida tazyiq holatlari yuzasidan 158 ta shikoyat kelib tushgan

10 oy davomida ombudsmanga ozodlikdan mahrum etish joylarida huquq-tartibot idoralari tomonidan turli tazyiqlar yuzasidan 158 ta shikoyat kelib tushgan. 14 ta shikoyat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv tayinlangan, 3 tasi bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan va 10 nafar xodim intizomiy javobgarlikka tortilgan. gazeta.uz »

2024-12-6 11:09

15 yoshli bola onasi tazyiq o‘tkazib kelayotgani yuzasidan bolalar ombudsmaniga shikoyat qildi, uning vasiyligi buvisiga o‘tkazildi

Buxoroda 15 yoshli bola onasi unga doimiy tazyiq o‘tkazib kelishi, otasi esa aliment to‘lamagani sabab ozodlikdan mahrum qilinganini aytib, bolalar ombudsmanidan o‘zi va singlisini onasi qaramog‘iga bermaslik bo‘yicha amaliy yordam so‘radi. Holat o‘rganilgach, bolalarga buvisi vasiy etib belgilandi. gazeta.uz »

2024-2-27 17:13