Ðåçóëüòàòîâ: 16

Inson huquqlari tashkilotlarining an’analarimizga to‘g‘ri kelmagan nasihatini qabul qilmaymiz — Abdulaziz Kamilov

O‘zbekiston Yevropa inson huquqlari tashkilotlariga doim ochiq. Abdulaziz Kamilov ular mamlakatga kelib, maslahat berishlari mumkinligini aytdi. “Agar bizga ma’qul bo‘lsa, birga ishlaymiz. Bizning mentalitetimizga, an’analarimizga to‘g‘ri kelmasa, biz buni qabul qilmaymiz”, - dedi u. gazeta.uz »

2025-10-9 13:10

O‘zbekiston Rossiya TIVga mehnat migrantlari huquqlari buzilgani yuzasidan nota yubordi

O‘zbekiston elchixonasi Rossiya TIVga yaqinda Moskvadagi reyd chog‘ida kuch ishlatar tuzilmalar mehnat migrantlariga nisbatan qo‘pol muomala qilgani yuzasidan nota yubordi. “Bunday holatlar mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarga aslo to‘g‘ri kelmaydi”, - ta’kidladi O‘zbekiston TIV. gazeta.uz »

2025-6-11 22:19

O‘zbekiston Rossiyadagi o‘zbekistonlik muhojirlar huquqlari buzilishi ko‘paygani bo‘yicha xavotir bildirdi

TIV rahbari o‘rinbosari Bobur Usmonov Rossiya elchisi bilan uchrashuvda muhojirlar huquqlari buzilishi ko‘payib borayotgani yuzasidan O‘zbekiston tomonining xavotirini bildirdi. U O‘zbekiston fuqarolarining huquqlari buzilishini yashab turgan mamlakat qonunchiligi asosida ta’minlanishi lozimligini ta’kidladi. gazeta.uz »

2025-5-3 13:48

O‘nlab o‘zbekistonliklar Abu-Dabiga kiritilmadi, ular huquqlari buzilganini da’vo qilmoqda

Wizz Air aviakompaniyasi bilan Abu-Dabiga uchgan o‘nlab O‘zbekiston fuqarolarining pasportlari olib qo‘yilib, so‘roq qilindi. Ular “Gazeta.uz”ga buning sababi aytilmagani, bosim o‘tkazilgani, uzoq vaqt ovqatsiz qolganini bildirdi. Ularning ko‘pi qaytish chiptalarini o‘zlari sotib olgan. gazeta.uz »

2024-12-1 07:13

Inson huquqlari bo‘yicha vakil to‘g‘risidagi qonunning yangi tahriri uning vakolatlarini kengaytirdi

Ombudsman to‘g‘risidagi qonunning yangi tahriri uning vakolatlarini kengaytirdi: endi u ta’sir choralari - ogohlantirish, taqdimnoma, iltimosnoma va talabnoma qo‘llashi mumkin. Ombudsman va uning jamoasi mahkumlar saqlanadigan joylarga istalgan vaqtda oldindan ogohlantirmasdan tashrif buyura oladi. gazeta.uz »

2024-11-28 17:52

Mehnat inspeksiyasi vakolatlari kengaytiriladi va tashkilotlarda mehnat huquqlari ta’minlanganlik reytingi joriy qilinadi

Mehnat inspeksiyasi 2025-yil 1-martdan boshlab mehnat huquqlari buzilishi va boshqa masalalar yuzasidan kameral nazoratini o‘tkazishni boshlaydi. Shuningdek, uning xodimlariga davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qurilayotgan obyektlarda ishchilar sonining muvofiqligini tekshirishga ruxsat beriladi. gazeta.uz »

2024-10-6 07:02

“Davlat bozor munosabatlarini rivojlantirish va investorlar huquqlari ishonchli himoya qilinishini o‘z zimmasiga oladi” — prezident

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda investorlar huquqlarini himoya qilishni kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni sanab o‘tdi: “Investitsiyalar to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinadi, mamlakatda Xalqaro tijorat sudi ish boshlaydi va xorijiy sarmoyadorlarga yerlarni ijaraga berish muddati ikki barobar uzaytiriladi. gazeta.uz »

2024-5-2 10:58