Ðåçóëüòàòîâ: 23

Iqtidoriga ko‘ra tanlanmagan: Samarqandda mansabdorlar Rossiyadagi bayramga o‘z yaqinlarini yuborgani uchun budjetga 28 mln so‘mni qaytardi

2025-yilda Sankt Peterburgda o‘tgan bitiruvchilar bayramiga Samarqand viloyatida amaldorlar o‘z farzandi, jiyani va yaqinlarini yuborgani aniqlanib, ulardan 28 mln so‘m undirildi. Antikorrupsiya agentligi ularni ishdan olishgacha bo‘lgan choralarni ko‘rish bo‘yicha Maktab vazirligiga taqdimnoma kiritdi. gazeta.uz »

2026-2-7 08:19

TIV o‘zbekistonliklarga Rossiyadagi “hujjat tayyorlash” xizmatlariga ishonmaslikni tavsiya qildi

Rossiyadagi konsullik muassasalariga o‘zbekistonliklar tomonidan qalbaki hujjatlar taqdim etish holatlari kuzatilmoqda, deb xabar berdi TIV. Vazirlik Telegram’da soxta guvohnomalar tayyorlash xizmatlari keng tarqalganini eslatib, fuqarolardan faqat rasmiy organlarga murojaat qilishni so‘radi. gazeta.uz »

2025-10-25 15:23

O‘zbekistonlik 22 yoshli yigit Rossiyadagi qurilish obyektining 5-qavatidan tushib ketib, halok bo‘ldi

Rossiyaning Arxangelsk shahrida 22 yoshli O‘zbekiston fuqarosi qurilish obyektining 5-qavatidan tushib ketib, halok bo‘ldi. Rossiya rasmiylari uning qurilish asboblarini tashiyotgan paytda muvozanatni yo‘qotib, beton plitaga qulaganini bildirdi. O‘zbekiston Bosh konsulxonasi holatni nazoratga oldi. gazeta.uz »

2025-10-8 10:58

O‘zbekiston Rossiyadagi o‘zbekistonlik muhojirlar huquqlari buzilishi ko‘paygani bo‘yicha xavotir bildirdi

TIV rahbari o‘rinbosari Bobur Usmonov Rossiya elchisi bilan uchrashuvda muhojirlar huquqlari buzilishi ko‘payib borayotgani yuzasidan O‘zbekiston tomonining xavotirini bildirdi. U O‘zbekiston fuqarolarining huquqlari buzilishini yashab turgan mamlakat qonunchiligi asosida ta’minlanishi lozimligini ta’kidladi. gazeta.uz »

2025-5-3 13:48

Migratsiya agentligi Rossiyadagi patent imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha platforma ishga tushirdi

Migratsiya agentligi Rossiyada vaqtincha mehnat faoliyatini olib borish uchun ruxsatnoma imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha platformani ishga tushirdi. Unda namunaviy test sinovlari orqali rus tili, mamlakat tarixi va qonunchiligi bo‘yicha bilimlarni bepul baholab olish mumkin. gazeta.uz »

2025-2-27 08:15

O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasida IIV vakili lavozimi joriy etilmoqda

O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi shtatida birinchi kotib - IIV vakili lavozimi joriy etilmoqda. Maqsad - O‘zbekiston fuqarolarining huquq va manfaatlarini o‘z vaqtida himoya qilishga ko‘maklashish va jinoyatchilikka qarshi kurashishda Rossiya huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlik o‘rnatish. gazeta.uz »

2024-12-14 21:14