Ðåçóëüòàòîâ: 133

Surxondaryodagi o‘rmon xo‘jaligida yuz bergan yong‘in 1 sutkada bartaraf etildi

Boysun tumanidagi “Xomkon” o‘rmon bo‘limida kelib chiqqan yong‘inni o‘chirishga 300 dan ortiq kishi, jumladan, qutqaruvchilar, o‘rmon xo‘jaligi xodimlari va mahalliy aholi vakillari jalb qilindi. Bir sutkadan ortiq vaqt davom etgan yong‘in oqibatida 1 gektar maydon zarar ko‘rdi, qurbonlar va jarohatlanganlar yo‘q. gazeta.uz »

2026-8-15 11:31

O‘zbekistonda 2026-yil boshidan beri chiqindi poligonlarida 20 ta yong‘in sodir bo‘ldi

O‘zbekistonda yil boshidan buyon chiqindi poligonlarida 20 ta yong‘in sodir bo‘ldi. Chiqindilarni boshqarish agentligi poligonlar atayin yoqib yuborilishi haqidagi gaplarni rad etib, bunga jaziramadagi tabiiy-kimyoviy jarayonlar, metan gazi, shisha siniqlari va o‘chmay qolgan kullar sabab bo‘lishini ma’lum qildi. gazeta.uz »

2026-7-17 09:50

Shavkat Mirziyoyev Xitoydagi yong‘in va toshqinlar munosabati bilan Si Szinpinga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston prezidenti Xitoydagi suv toshqinlari va fabrikadagi kuchli yong‘in oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan Si Szinpinga hamdardlik yo‘lladi. O‘z navbatida, suv ostida qolgan ko‘paytirish fermalaridan 900 dan ortiq ilon (ayrimlari zaharli) qochib ketgani xabar qilindi. gazeta.uz »

2026-7-10 14:10

Toshkentda 15-sentabrgacha alohida yong‘in xavfsizligi rejimi joriy etilmoqda. Nimalar o‘zgaradi?

Toshkentda 15-sentabrgacha alohida yong‘in xavfsizligi rejimi joriy etildi. Bunda umumiy ovqatlanish shoxobchalarida taom tayyorlash uchun suyultirilgan gazdan foydalanish, yonilg‘i quyish shoxobchalarida esa yirik tonnajli transport vositalarida 11:00 dan 17:00 gacha yonilg‘ini tashish, to‘kish va quyish taqiqlanadi. gazeta.uz »

2026-6-24 21:51

Dehlidagi mehmonxona yong‘inida 21 kishi halok bo‘ldi, ular orasida Qirg‘izistonning uch fuqarosi bor

Dehlidagi mehmonxonada yuz bergan yong‘in oqibatida 21 kishi, jumladan, 17 nafar xorijlik halok bo‘ldi. Ular orasida Hindistonga davolanish uchun borgan Qirg‘izistonning 3 fuqarosi ham bor. O‘zbekiston elchixonasi ma’lumotlariga ko‘ra, qurbonlar va jabrlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q. gazeta.uz »

2026-6-4 14:33

Rossiyada yong‘inda halok bo‘lgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlikning jasadi vatanga qaytarildi

Rostov viloyati Bataysk shahridagi uyda chiqqan yong‘in oqibatida voyaga yetmagan o‘zbekistonlik halok bo‘ldi. Uning hujjatlari yonib ketgani sabab jasadni vatanga qaytarishda muammo yuzaga kelgan. Bosh konsulxona ko‘magida marhumning jasadi Krasnodar-Toshkent reysi orqali O‘zbekistonga olib kelindi. gazeta.uz »

2026-3-4 14:52

Shveysariyadagi kurortda portlash va yong‘in tufayli 40 ga yaqin kishi halok bo‘ldi. O‘zbekiston hamdardlik bildirdi

Shveysariyaning Kran-Montana tog‘-chang‘i kurortidagi barda portlash va yong‘in ro‘y berdi. Oqibatda 40 ga yaqin kishi halok bo‘ldi, kamida 115 kishi jarohatlandi. O‘zbekiston TIV hodisa munosabati bilan hamdardlik bildirdi va vafot etgan hamda jabrlanganlar orasida o‘zbekistonliklar aniqlanmaganini ma’lum qildi. gazeta.uz »

2026-1-2 23:25