Ðåçóëüòàòîâ: 64

Sud ayrim gumon qilinuvchi va ayblanuvchilarning O‘zbekistondan chiqishini vaqtincha cheklashi mumkin

O‘zbekistonda qamoqqa olinmagan, ammo suddan qochishi mumkin bo‘lgan gumonlanuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchilarning mamlakatdan chiqish huquqini vaqtincha cheklash tartibi joriy etilmoqda. Bu chora suddan uzrli sabablarsiz bo‘yin tovlash uchun asoslar mavjud bo‘lganda qo‘llanadi. gazeta.uz »

2025-8-15 18:00

Andijonda ombudsman tekshiruvidan so‘ng vaqtincha saqlash hibsxonasi rahbari IIO tizimidan bo‘shatildi

Ombudsman monitoringida Izboskan tumani IIB Vaqtincha saqlash hibsxonasida sanitariya-gigiyena va moddiy-texnik ta’minotga oid kamchiliklar, kanalizatsiya tizimi muammolari borligi hamda mahbuslarni majburiy mehnatga jalb qilish holatlari aniqlandi. Shu sabab VSH rahbari Ichki ishlar organlaridan bo‘shatildi. gazeta.uz »

2025-8-6 14:31

Navoiyda havoni ifloslantirgan korxonalar faoliyati vaqtincha to‘xtatildi. Ular qaysilar?

Ekologiya vazirligi o‘rganishlar davomida Navoiy shahrida atmosferaga me’yoridan ortiq zararli tashlanmalar chiqargani aniqlangan 20 dan ortiq korxona faoliyatini vaqtincha to‘xtatdi. Ular orasida kimyoviy moddalar saqlash ombori, fosforli o‘g‘it ishlab chiqarish, g‘isht, ohak zavodlari va “Navoiyazot” AJ ham bor. gazeta.uz »

2025-8-1 07:27

“Cheklov mavjud emas”. MMTV — Toshkentda vaqtincha yashayotgan oilalar farzandlarining maktabga qabul qilinishi haqida

Toshkentda vaqtincha yashovchilarning farzandlari poytaxt maktablarining 1-sinfiga qabul qilinmayotganiga oid xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. MMTVning ma’lum qilishicha, hozirda mikrohudud bo‘yicha qabul davom etmoqda, 1-avgustdan vaqtinchalik ro‘yxatga olingan fuqarolarning farzandlari ham qabul qilinadi. gazeta.uz »

2025-7-7 17:25

Toshkentda Taras Shevchenko ko‘chasi vaqtincha yopilishi sababli 6 ta avtobusning harakat yo‘nalishi o‘zgardi

Toshkentda rekonstruksiya ishlari sabab Taras Shevchenko ko‘chasi bir oyga yopilishi tufayli ushbu ko‘chadan o‘tadigan 6 ta avtobus yo‘nalishining harakati vaqtincha o‘zgartiriladi. Transport vazirligi qatnov va oraliq vaqtlari me’yordan ortib ketishi mumkinligidan ogohlantirdi. gazeta.uz »

2024-11-26 18:18

1-noyabrdan “Paxtakor” metro bekatining eskalator o‘rnatilgan tomoni vaqtincha yopiladi

“Paxtakor” metro bekatidagi eskirgan eskalator yangilanishi sababli 1-noyabrdan bekatning eskalator o‘rnatilgan tomoni vaqtincha yopiladi. Jarayon qachon tugashi ma’lum emas. Metropoliten undan so‘ng Chilonzor yo‘nalishidagi “Mustaqillik maydoni” va “Hamid Olimjon” bekatlaridagi eskalatorlarni ham yangilaydi. gazeta.uz »

2024-11-1 09:25