Ðåçóëüòàòîâ: 16

Rossiya aviakerosin eksportini taqiqladi, lekin buning O‘zbekistonga ta’siri yo‘q

Rossiya 30-noyabrgacha aviakerosin eksportiga taqiq qo‘ydi. O‘zbekiston Energetika vazirligining ma’lum qilishicha, hukumatlararo bitim tufayli bu cheklov mamlakatga ta’sir ko‘rsatmaydi. O‘zbekistonning o‘zi aviayonilg‘i ishlab chiqarishni 2030-yilgacha 600 ming tonnaga yetkazishni rejalashtirmoqda. gazeta.uz »

2026-6-2 11:35

Rossiya avgust oxirigacha benzin eksportini to‘liq taqiqladi, ammo bu O‘zbekistonga ta’sir qilmaydi

Rossiya avgust oyi oxirigacha benzin eksportiga to‘liq taqiq joriy qildi. Cheklov bevosita neft mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga ham taalluqlidir. “Taqiq xalqaro hukumatlararo bitimlar doirasidagi kelishuvlarga tatbiq etilmaydi, O‘zbekiston bilan bu bitim mavjud”, - dedi Energetika vazirligi Gazeta`ga. gazeta.uz »

2025-7-29 09:04