Ðåçóëüòàòîâ: 18

O‘zbekiston JSTga to‘laqonli a’zolikni 2026-yilda rasmiylashtirishni reja qilmoqda

O‘zbekiston 2026-yilda Jahon savdo tashkilotiga to‘laqonli a’zo bo‘lish niyatida. Masala Prezident huzuridagi yig‘ilishda muhokama qilindi. Buni mart oyida amalga oshirish rejalashtirilgandi, biroq bosh muzokarachi Azizbek Urunovning ma’lum qilishicha, ayrim davlatlar hujjatlarni ko‘rib chiqishni paysalga solgan. gazeta.uz »

2026-5-6 20:03

“Infratuzilmaning hozirgi holatiga bosh reja emas, siz bilan biz aybdormiz” — qurilish vaziri o‘rinbosari

Qurilish vaziri o‘rinbosari Davronjon Adilovga ko‘ra, Toshkentda kanalizatsiya bilan bog‘liq muammolar bosh rejadagi xatolar emas, balki foydalanish qoidalarining buzilishi natijasidir. “Infratuzilmaning bunday holatda ishlayotgani uchun hech qanday hujjat aybdor emas. Bunga siz bilan biz aybdormiz”, - deydi u. gazeta.uz »

2026-3-11 15:47

Toshkentning ayrim ko‘chalarida tezlik chegarasini 80 km/soatgacha oshirish reja qilinmoqda

Toshkentdagi THAY, Ahmad Donish va Yangi O‘zbekiston kabi beshta ko‘chada tezlik chegarasini 80 km/soatgacha oshirish va 12 ta ko‘chada bir tomonlama harakatlanishni joriy etish reja qilinmoqda. YHXB boshlig‘i o‘rinbosari Elmurod Alimovga ko‘ra, 500 ta svetofor uzluksiz elektr ta’minoti bilan jihozlanishi mumkin. gazeta.uz »

2025-8-12 15:36

“Kvartplata”dan qarzdorlarni elektrdan uzish reja qilinmoqda. U qachon va nima uchun amalga oshiriladi?

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri birinchi o‘rinbosari Sherzod Xidoyatov nima uchun “kvartplata”dan qarzdor xonadon egalarini elektrdan uzish reja qilinayotganini tushuntirdi. Yangi tizim eksperiment tariqasida Navoiydan boshlanadi, ammo buning uchun qonunchilikka o‘zgartirishlar kiritish talab etiladi. gazeta.uz »

2024-5-3 11:41