Ðåçóëüòàòîâ: 208

Toshkent-Andijon va Toshkent-Termiz yo‘nalishlarida Hyundai Rotem poyezdlari yo‘lga qo‘yilishi mumkin

Janubiy Koreyaning Hyundai Rotem kompaniyasi Toshkent-Andijon va Toshkent-Termiz yo‘nalishlari uchun sakkizta yuqori tezlikdagi elektropoyezdni O‘zbekistonga yetkazib berishi mumkin. “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniya bilan loyihaning texnik shartlarini yakuniy kelishish masalalarini muhokama qildi. gazeta.uz »

2026-6-11 13:08

Orolbo‘yida suvni “aqlli” boshqarish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. BMTTDning yangi loyihasi nimalarni ko‘zda tutadi?

O‘zbekiston, Yaponiya va BMTTD Orolbo‘yi hududida suv xo‘jaligining iqlim o‘zgarishiga chidamliligini oshirish maqsadida 4,6 mln dollarli loyiha boshlamoqda. Qoraqalpog‘istonda suvni raqamli monitoring qilish, infratuzilmani modernizatsiyalash va fermerlarni suv tejovchi texnologiyalarga o‘rgatish reja qilinmoqda. gazeta.uz »

2026-6-9 21:21

O‘zbekiston Gonkong bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yishi mumkin

Shavkat Mirziyoyev Gonkong maxsus ma’muriy hududi rahbari Li Szyachaoni qabul qildi. Unda ta’lim, turizm va ishbilarmonlik almashinuvlarini rivojlantirish hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar va fuqarolarga konsullik xizmatlari ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yishni nazarda tutuvchi hamkorlik dasturi muhokama qilindi. gazeta.uz »

2026-6-4 13:05

Javohir Sindarov Ruminiyadagi turnirda qatorasiga ikkinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi va birinchi o‘rin uchun imkoniyatni saqlab qoldi

Javohir Sindarov Super Chess Classic Romania turnirining 8-turi oldidan birinchi o‘rinni bo‘lishib turgan Yorden van Forestni yengdi. Partiya Chess.com tomonidan “kun partiyasi” deb topildi, Sindarovning o‘zi esa noyob yakunda Garri Kasparovning Yudit Polgar ustidan qozongan mashhur g‘alabasini esladi. gazeta.uz »

2026-5-23 10:09

Volkswagen Toshkent va Angrenda avtomobil ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi

Prezidentga avtomobil sanoatini rivojlantirish, jumladan, O‘zbekistonda Volkswagen avtomobillarini ishlab chiqarish loyihasi bo‘yicha takliflar taqdim etildi. Birinchi bosqichda Toshkentda yirik uzelli yig‘ish, keyingi bosqichda esa Angren EIZ hududida to‘liq ishlab chiqarish siklini tashkil etish ko‘zda tutilmoqda. gazeta.uz »

2026-5-19 15:58

O‘zbekistonda 10 dan ortiq banklar islomiy moliyalashtirishni yo‘lga qo‘yishga tayyorlanmoqda — MB raisi

O‘zbekistonda 2026-yilda kamida bitta tijorat bankida “islom darchasi”ni ishga tushirish, 2030-yilgacha esa ikkita to‘laqonli islom bankini tashkil etish rejalashtirilgan. Markaziy bank rahbariga ko‘ra, 10 dan ortiq banklar allaqachon ushbu yo‘nalishda ishlashga tayyorgarlik ko‘rishni boshlagan. gazeta.uz »

2026-3-26 21:14

Toshkent agrar universitetida traktorchi-mashinist va agrodronlar bo‘yicha o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi

Toshkent agrar universitetida traktorchi-mashinist va agrodronlardan foydalanishga o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi. Fermer hamda uning xodimlari farzandlarining test sinovlarida ballari qabul parametrlariga yetmaganda, miqdori kamaytirilgan to‘lov-kontrakt asosida universitetga qabul qilish joriy etiladi. gazeta.uz »

2026-2-10 08:16

O‘zbekiston qishki olimpiada uchun 4 ta yo‘llanma qo‘lga kiritdi, biroq jarohat sabab 2 ta sportchi qatnashadi

O‘zbekiston delegatsiyasi Milan va Kortina-d'Ampezzoda bo‘lib o‘tadigan 2026-yilgi qishki olimpiada uchun 4 ta yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Biroq figurali uchish bo‘yicha qatshashishi kerak bo‘lgan Dmitriy Chigirevning jarohati sabab o‘zi va uning sherigi musobaqada ishtirok eta olmaydigan bo‘ldi. gazeta.uz »

2026-2-2 12:53