Ðåçóëüòàòîâ: 13

Daniil Yeybog qishki Olimpiadada ishtirokini yakunladi, O‘zbekiston medalsiz qoldi

O‘zbekiston sharafini himoya qilgan konkichi Daniil Yeybog Italiyadagi qishki Olimpiadada ishtirokini yakunladi. 500 metrlik masofada u uchinchida ketayotgan edi, ammo raqiblardan biri bilan to‘qnashuvdan so‘ng sur’atni saqlab qola olmay, marraga beshinchi bo‘lib yetib keldi. Terma jamoa Olimpiadani medalsiz tugatdi. gazeta.uz »

2026-2-20 15:16

O‘zbekiston jamoasi a’zosi Daniil Yeybog qishki Olimpiadaning yana bir litsenziyasini qo‘lga kiritdi

Xalqaro konkichilar ittifoqi olimpiya kvotalari taqsimotini qayta ko‘rib chiqdi. Natijada O‘zbekiston jamoasi a’zosi Daniil Yeybog short-trek bo‘yicha 1500 metr masofaga 2026-yilgi qishki Olimpiadaning yana bir litsenziyasini qo‘lga kiritdi. U, shuningdek, 500 metr masofada ham ishtirok etadi. gazeta.uz »

2026-2-12 14:13

O‘zbekiston qishki olimpiada uchun 4 ta yo‘llanma qo‘lga kiritdi, biroq jarohat sabab 2 ta sportchi qatnashadi

O‘zbekiston delegatsiyasi Milan va Kortina-d'Ampezzoda bo‘lib o‘tadigan 2026-yilgi qishki olimpiada uchun 4 ta yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Biroq figurali uchish bo‘yicha qatshashishi kerak bo‘lgan Dmitriy Chigirevning jarohati sabab o‘zi va uning sherigi musobaqada ishtirok eta olmaydigan bo‘ldi. gazeta.uz »

2026-2-2 12:53