Ðåçóëüòàòîâ: 10

Daniil Yeybog qishki Olimpiadada ishtirokini yakunladi, O‘zbekiston medalsiz qoldi

O‘zbekiston sharafini himoya qilgan konkichi Daniil Yeybog Italiyadagi qishki Olimpiadada ishtirokini yakunladi. 500 metrlik masofada u uchinchida ketayotgan edi, ammo raqiblardan biri bilan to‘qnashuvdan so‘ng sur’atni saqlab qola olmay, marraga beshinchi bo‘lib yetib keldi. Terma jamoa Olimpiadani medalsiz tugatdi. gazeta.uz »

2026-2-20 15:16

Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar jamoasi Olimpiadada ilk mag‘lubiyatga uchradi, qizlar esa g‘alabali yurishni davom ettirmoqda

Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Budapeshtdagi olimpiadaning to‘rtinchi turida Vetnam terma jamoasidan ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. Ayollar jamoasi yuqori baholangan Bolgariya termasini mag‘lub etib, g‘alabali yurishlarini davom ettirmoqda. gazeta.uz »

2024-9-15 12:20

“Gazeta.uz” Olimpiadada O‘zbekiston sharafini himoya qilgan futbolchilar haqida hujjatli film suratga olmoqda

“Gazeta.uz” ilk hujjatli filmini suratga olishni davom ettirmoqda - u futbolchilarning Parijdagi Olimpiadadagi ishtirokiga bag‘ishlanadi. Premera noyabrga rejalashtirilgan. “Umid qilamizki, film bizni Parijga olib kelgan yo‘lni unutmaslikka yordam beradi”, - dedi Gazeta News direktori Davlat Umarov. gazeta.uz »

2024-8-16 08:39

O‘zbekiston taekvondo terma jamoasi Olimpiadada ilk bor 5 sportchi bilan qatnashadi

O‘zbekistonlik taekvondochilar Parijdagi Olimpiada o‘yinlarida 5 kishi bo‘lib qatnashadi - Nikita Rafalovich so‘nggi yo‘llanmaga ega chiqdi. Bu XOQning neytral maqomdagi rossiyalik sportchilar ro‘yxatida taekvondochilar qayd etilmagani bilan bog‘liq. Shu vaqtgacha O‘zbekistonda 4 dan ortiq yo‘llanma bo‘lmagan. gazeta.uz »

2024-6-20 14:40