Ðåçóëüòàòîâ: 71

O‘zbekistonda investitsiya loyihalarida kadrlar tayyorlash komponenti bo‘lishi majburiy bo‘ladi

O‘zbekistonda yuqori texnologik investitsiya loyihalarida kadrlar tayyorlash komponenti bo‘lishi shart bo‘ladi. Shuningdek, har yili daromadi 1 trln so‘mdan yuqori bo‘lgan 50 ta korxona tanlanib, ularni IPO’ga tayyorlash va moliyaviy hisobotlarini xalqaro standartlarga moslash xarajatlarining yarmi qoplab beriladi. gazeta.uz »

2026-8-18 11:16

O‘zbekistonda 2027-yilda o‘rtacha pensiya miqdori 1,8 mln so‘m atrofida bo‘lishi prognoz qilinmoqda

2027-yilda o‘rtacha pensiya miqdori 2026-yildagi 1,7 mln so‘mga nisbatan 1,8 mln so‘mni tashkil etishi mumkin. Iqtisodiyot va moliya vazirligi shunday ko‘rsatkichni kutmoqda. Yaxlitlangan raqamlardan kelib chiqilsa, o‘sish taxminan 5,9 foizni tashkil etadi, biroq fiskal strategiyada aniq o‘sish sur’ati keltirilmagan. gazeta.uz »

2026-7-20 14:14

“Islohot suvdan foydalanuvchi uchun tushunarli bo‘lishi kerak”. O‘zbekiston suv sohasida 2030-yilga mo‘ljallangan ayrim maqsadlarga allaqachon erishdi, ammo to‘siqlar saqlanmoqda

O‘zbekistonda suv tejovchi texnologiyalar sug‘oriladigan yerlarning 60%ida joriy etildi, yil oxirigacha suv tanqisligi 2017-yildagi 169%dan 117%gacha pasayishi kutilmoqda. Ekspertlar fikricha, keyingi islohotlar ilm-fanni rivojlantirish, raqamli boshqaruv va foydalanuvchilar uchun huquqiy kafolatlarga bog‘liq. gazeta.uz »

2026-7-10 09:09

“Bolalar himoyasi geosiyosiy ixtiloflardan ustun bo‘lishi kerak”. YIning O‘zbekistondagi elchisi kolonkasi

YIning O‘zbekistondagi elchisi Toyvo Klaar o‘z kolonkasida Ukrainalik bolalarni qaytarish bo‘yicha xalqaro koalitsiya faoliyati haqida so‘z yuritdi. U nizolardan so‘ng bolalarni reintegratsiya qilish tajribasiga ega bo‘lgan davlatlarni ushbu koalitsiyaga qo‘shilishga chaqirdi. gazeta.uz »

2026-5-13 07:26

O‘zbekiston mintaqaviy loyihalar koordinatori yoki katalizatori bo‘lishi kerak — Jamshid Xodjayev

“Markaziy Osiyoning qoq markazida” joylashgan O‘zbekiston mintaqaviy loyihalar muvofiqlashtiruvchisi yoki katalizatori bo‘lishi kerak, dedi bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayev. Bunday yondashuv xatarlarni taqsimlash va yirik energetika loyihalarini moliyalashtirish uchun jozibador qilish imkonini beradi. gazeta.uz »

2026-5-7 13:13

“Tartib bo‘lishi kerak”. Oliy ta’lim vaziri talabalarning kiyim-bosh masalasi haqida

O‘zbekistondagi har bir OTM talabalar uchun kiyim-bosh bo‘yicha o‘z ichki tartib-qoidasini ishlab chiqqan, muassasa rahbariyati buni talab qilishga haqli, dedi Kongratbay Sharipov. Unga ko‘ra, OTMlar orasida o‘z kiyim brendini yaratish ommalashmoqda. “Kiyinish masalasida tartib bo‘lishi kerak”, - dedi vazir. gazeta.uz »

2026-4-15 14:05

“U shahar hayotining bir qismi bo‘lishi lozim”. Loyiha mualliflari Yangi Chorsu majmuasi haqida

“Chorsu” mehmonxonasi o‘rnida 2029-yil oxirigacha mehmonxona, turar joy va biznes markazini o‘z ichiga olgan Yangi Chorsu majmuasini qurish rejalashtirilyapti. Loyiha mualliflari yakkalangan majmua emas, balki “shahar hayotining bir qismiga aylanuvchi uyg‘un, jonli va ochiq” makon yaratish niyatini bildirmoqda. gazeta.uz »

2025-9-30 21:41

O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi bo‘yicha muzokaralar yakuniga yetmoqda — Ngozi Okonjo-Iveala

O‘zbekiston prezidenti va Jahon savdo tashkiloti bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala mamlakatning JSTga a’zo bo‘lish jarayonini muhokama qildi. “Umid qilamizki, mart oyigacha barcha jarayonlar to‘liq yakunlanadi va biz O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lganini tantanali ravishda nishonlaymiz”, - dedi u. gazeta.uz »

2025-9-23 14:44

“Davlat xizmati funksional jihatdan raqamli, mohiyatan insoniy bo‘lishi lozim”. Samarqanddagi forumning asosiy ma’ruzalari

Samarqandda BMTning davlat xizmati masalalariga bag‘ishlangan forumi boshlandi. Forum O‘zbekistonda ilk bor o‘tkazilmoqda. XXI asrda davlat xizmati qanday bo‘lishi, uni nima uchun raqamlashtirish zarurligi va xorijda bunga qanday qarashlar mavjudligi haqida batafsil Gazeta materialida. gazeta.uz »

2025-6-24 09:12

Mulohaza: Jamoat transporti muzeylari qanday bo‘lishi mumkin va bunday muzey Toshkentga nima uchun kerak?

Transport - muzeylarni to‘ldirishning eng interaktiv shakllaridan biri. Venada shaharsozlik bo‘yicha tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talaba Aleksandr Kuznetsov jamoat transporti muzeylari shaharlar va texnologiya rivoji hamda yo‘lovchilarga munosabatning o‘zgarishini qay darajada aks ettirishi haqida hikoya qiladi. gazeta.uz »

2025-5-31 07:30