Ðåçóëüòàòîâ: 20

O‘zbekiston BP va SOCAR bilan loyiha doirasida konlarga bo‘lgan huquqlarini saqlab qoladi — “O‘zbekneftgaz”

Ustyurtda konlar ochilganidan keyin ham ular O‘zbekiston mulki bo‘lib qoladi, bitim doirasida esa faqat qazib olinadigan mahsulot taqsimlanadi, dedi “O‘zbekneftgaz” bosh geologi Nodir Muhiddinov. Uning so‘zlariga ko‘ra, bitimda mamlakatning iqtisodiy manfaatlari “yaxshi himoya qilingan”. gazeta.uz »

2026-5-14 12:12

“U shahar hayotining bir qismi bo‘lishi lozim”. Loyiha mualliflari Yangi Chorsu majmuasi haqida

“Chorsu” mehmonxonasi o‘rnida 2029-yil oxirigacha mehmonxona, turar joy va biznes markazini o‘z ichiga olgan Yangi Chorsu majmuasini qurish rejalashtirilyapti. Loyiha mualliflari yakkalangan majmua emas, balki “shahar hayotining bir qismiga aylanuvchi uyg‘un, jonli va ochiq” makon yaratish niyatini bildirmoqda. gazeta.uz »

2025-9-30 21:41

Yangi Toshkent aeroporti 2030-yilgacha qurilishi rejalashtirilmoqda. Prezident loyiha bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatida poytaxt uchun yangi aeroport qurish rejalari bilan tanishdi. Uni 2030-yilgacha ishga tushirish rejalashtirilmoqda. Birinchi bosqichda havo bandargohi yiliga 20 mln yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Hozirda investorlarning takliflari ko‘rib chiqilmoqda. gazeta.uz »

2025-8-1 19:31

“Yosh iqlim chempionlari”ni 50 ishtirokchi tamomladi. Loyiha haqida nimalar ma’lum?

YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida maktab o‘quvchilari uchun tashkil etilgan “Yosh iqlim chempionlari” loyihasining ilk mavsumini 50 ishtirokchi tamomladi. Ular yil davomida 17 ming tengdoshini atrofida birlashtirib, 3 ming tup daraxt ekdi, 13 tonna chiqindini yig‘ib, saraladi. Loyiha haqida. gazeta.uz »

2025-6-29 09:56

Qishloq xo‘jaligida yer islohotlarini amalga oshirish loyiha ofisi tashkil etiladi

Prezident farmoniga muvofiq qishloq xo‘jaligida yer islohotlarini amalga oshirish loyiha ofisi tashkil etilishi belgilanmoqda. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ajratishda ijaraga oluvchilarning mustaqilligi va yuqori qo‘shilgan qiymatga ega ekinlar yetishtirishga asoslangan yangi tizim yaratiladi. gazeta.uz »

2025-2-4 13:16

AQSh bilan qo‘shma loyiha O‘zbekistonga 50 mingdan ortiq metan sizib chiqishini aniqlash va bartaraf etish imkonini berdi

AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi “Hududgazta’minot” hamda Climate Compass shu’ba korxonasi GasGreen Asia’ning qo‘shma loyihasi natijalarini e’tirof etdi. 2023-yil mart oyidan buyon 50 mingdan ortiq metan sizib chiqishi bartaraf etildi, shu sabab chiqindi hajmi qisqardi va millionlab dollar iqtisod qilindi. gazeta.uz »

2024-10-2 16:07