Ðåçóëüòàòîâ: 60

Surxondaryoda hokim yordamchisi, “O‘zdaverloyiha” muhandisi va qishloq xo‘jaligi mas’uli pora olishda gumonlanib ushlandi

Surxondaryoning Sariosiyo tumanida ijaraga yer olib berish uchun pul talab qilgan hokim yordamchisi, “O‘zdaverloyiha” instituti muhandisi va tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi mas’uli ushlandi. Ular 2,5 gektar sug‘oriladigan yerni 30 yilga ijaraga olib berish evaziga fuqarodan 29 mln so‘m talab qilgani aytilmoqda. gazeta.uz »

2025-9-23 15:35

“Hozir qishloq xo‘jaligida eng katta „nagruzka“ — QQS”. Biznes stavkani 1% ga tushirishni taklif qildi

Tadbirkor Bekzod Mamatqulov fermerlar oyoqqa turishi uchun qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari uchun QQS stavkasini 12 foizdan 1 foizga tushirishni taklif qildi. Qimmat o‘g‘it va yoqilg‘i tufayli mahsulot yetishtirishning yuqori narxlari haqida gapirib, eksportning minimal narxlarini qayta ko‘rib chiqishga chaqirdi. gazeta.uz »

2025-7-19 20:12

“Yerlarni xitoyliklarga berish to‘g‘risidagi bayonotlar asossiz” — Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi Urgut tumani amaldorining ekin ekishni xohlamaganlarning yeri xitoyliklarga berilshi haqidagi so‘zlarini rad etdi. Vazirlik ijara shartnomasini faqat sud orqali bekor qilish mumkinligi va qonunga ko‘ra yerni chet el fuqarolariga berish taqiqlanganini eslatib o‘tdi. gazeta.uz »

2025-6-14 10:21

Qishloq xo‘jaligida yer islohotlarini amalga oshirish loyiha ofisi tashkil etiladi

Prezident farmoniga muvofiq qishloq xo‘jaligida yer islohotlarini amalga oshirish loyiha ofisi tashkil etilishi belgilanmoqda. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ajratishda ijaraga oluvchilarning mustaqilligi va yuqori qo‘shilgan qiymatga ega ekinlar yetishtirishga asoslangan yangi tizim yaratiladi. gazeta.uz »

2025-2-4 13:16

Qoraqalpog‘istonda qishloq xo‘jaligi, sanoat va turizmni rivojlantirish bo‘yicha loyiha ofisi tashkil etiladi

Qoraqalpog‘istonda 3 ta asosiy yo‘nalish - qishloq xo‘jaligi, sanoat va turizmni rivojlantirish bo‘yicha loyiha ofisi tashkil etilib, takliflar tayyorlanadi va hokimlarga yetkaziladi. Prezident ko‘p energiya talab qiluvchi yirik loyihalarni ushbu hududda joylashtirish kerakligini ta’kidladi. gazeta.uz »

2024-12-23 19:06

Qishloq maktablarining isitish tizimini issiqlik nasoslariga o‘tkazish foydalimi? GEF KGD iqtisodiy tahlili

BMTTD 2023-yili Sirdaryodagi qishloq maktabida ko‘mirga muqobil isitish tizimini ishga tushirdi. Iqtisodchilar isitish mavsumi yakunlariga tayanib, yangi “yashil” texnologiya qanchalik foydali ekani va uning uchun qanday sharoitlar yaratilishi kerakligini o‘rgandi. Loyiha natijalari “Gazeta.uz” materialida. gazeta.uz »

2024-12-19 10:42

O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi tavakkalchiliklarini sug‘urtalash to‘g‘risidagi qonun loyihasi ishlab chiqildi

O‘tgan yili qishda jami 13 ming gektar bog‘ va uzumzor sovuq urishi tufayli zararlandi, oqibatda 207 ming tonna hosil yo‘qotildi. Shu bois prezident topshirig‘iga muvofiq, Ispaniya, Turkiya, AQSh tajribalari asosida “Qishloq xo‘jaligi tavakkalchiliklarini sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqildi. gazeta.uz »

2024-11-26 12:24

Sentabrda qishloq xo‘jaligi va sanoatda biznes muhiti yaxshilandi, qurilish va xizmat ko‘rsatish sohalarida iqtisodiy faollik pasaydi

ITIM so‘rovnomasiga ko‘ra, sentabr oyida qishloq xo‘jaligi va sanoatda biznes muhiti sezilarli darajada yaxshilandi, qurilish va xizmat ko‘rsatish sohalarida iqtisodiy faollik pasayishi kuzatildi. Kompaniyalarning umidlari biroz pasaydi, eng sezilarli optimizm pasayishi qurilish va xizmatlarda ro‘y berdi. gazeta.uz »

2024-10-9 13:58

Sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov aynan qanday jinoyatlarda ayblanmoqda? Ayblov xulosasi

Sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitovning sud ishida qo‘yilgan ayblovlarning ayrimlari uning “O‘zsanoatqurilishbank” boshqaruvi raisi bo‘lgan davriga bog‘liq. Ayblov xulosasida u talon-toroj qilgan kredit va budjet mablag‘lari hamda davlat manfaatlariga yetkazilgan zarar 200 mlrd so‘mdan ko‘pligi aytiladi. gazeta.uz »

2024-9-24 12:29

“Asosiy maqsadimiz qishloq xo‘jaligini ilmiy asoslangan holda rivojlantirish” — prezident

Prezident qishloq xo‘jaligidagi rejalarga oid taqdimotda urug‘ importida raqobat muhitini yaratish, paxta yetishtirish agrotexnikasini rivojlantirish kerakligini aytdi. “Asosiy maqsadimiz qishloq xo‘jaligini ilmiy asoslangan, BMTning eng yaxshi tajribalarini tatbiq qilgan holda rivojlantirish”, - ta’kidladi u. gazeta.uz »

2024-9-19 19:04