Ðåçóëüòàòîâ: 31

O‘zbekiston BP va SOCAR bilan loyiha doirasida konlarga bo‘lgan huquqlarini saqlab qoladi — “O‘zbekneftgaz”

Ustyurtda konlar ochilganidan keyin ham ular O‘zbekiston mulki bo‘lib qoladi, bitim doirasida esa faqat qazib olinadigan mahsulot taqsimlanadi, dedi “O‘zbekneftgaz” bosh geologi Nodir Muhiddinov. Uning so‘zlariga ko‘ra, bitimda mamlakatning iqtisodiy manfaatlari “yaxshi himoya qilingan”. gazeta.uz »

2026-5-14 12:12

Andijonda havo ifloslanishiga qarshi kurash doirasida somsa tandirlari buzib tashlandi (+foto, video)

Shahrixonda ekoreyd chog‘ida ekskavatorlar somsa tandirlarini buzib tashladi. Tanqidlardan so‘ng hokimlik video va fotolarni o‘chirdi. Tuman hokimiga hayfsan berildi. Bir kun avval PA rahbari Saida Mirziyoyeva “tadbirkorlar faoliyatini qonuniy va xavfsiz yuritishi uchun yordam ko‘rsatish zarur”ligini aytgandi. gazeta.uz »

2025-12-3 18:07

O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lish doirasida Kanada bilan muzokaralarni yakunladi

JSTga a’zo bo‘lish jarayoni doirasida O‘zbekiston Kanada va Panama bilan tovar va xizmatlar bozoriga kirish bo‘yicha muzokaralarni yakunlashga oid protokollarni imzoladi. JST bo‘yicha maxsus vakil Azizbek Urunov jarayonni to‘liq yakunlashda hamon uchta mamlakat qolayotganini aytdi (ular qaysilar ekani noma’lum). gazeta.uz »

2025-11-6 09:12

Xavfsizlikdan investitsiyagacha — O‘zbekiston “SHHT plyus” doirasida oltita tashabbusni ilgari surdi

O‘zbekiston prezidenti Xitoyda bo‘lib o‘tgan “SHHT plyus” sammitida oltita tashabbus, jumladan, Toshkentda “SHHT Invest” forumini o‘tkazish, innovatsion va texnologik xablar tarmog‘ini yaratish taklifini ilgari surdi. U, shuningdek, G‘azo sektoridagi vaziyat haqida gapirdi. gazeta.uz »

2025-9-1 16:15

O‘zbekistonda xususiylashtirish dasturi doirasida 30 trln so‘mlik davlat aktivlari va yer uchastkalari sotiladi

2025-yilda xususiylashtirish dasturi doirasida 30 trln so‘mlik davlat aktivlari va yer uchastkalarini sotish va kamida 10 trln so‘m tushumni ta’minlash ko‘zda tutilgan. Shuningdek, kamida 30 ta foydali qazilma kon va uchastkalaridan foydalanish huquqi savdoga chiqariladi. gazeta.uz »

2025-4-23 09:39

Energetika vazirligi va JB loyihasi doirasida O‘zbekiston bo‘ylab 500 dan ortiq jamoat binolari energiya samarador bo‘ladi

Energetika vazirligi va JB jamoat binolarining energiya samaradorligini oshirish loyihasini taqdim etdi. Kelgusi besh yilda shifoxonalar, maktablar va bolalar bog‘chalarida termoizolyatsiya, ventilyatsiya, konditsionerlik yaxshilanadi, shuningdek, ko‘mir qozonlari quyosh kollektorini isitish tizimlariga almashtiriladi. gazeta.uz »

2024-4-23 18:25

“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida 919 mln so‘m pul talon-toroj qilingan bo‘lishi mumkin

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi “O‘quv ta’lim-ta’minot” muassasasining “Bir million dasturchi” loyihasida budjet puli o‘zlashtirilgan bo‘lishi mumkin. Tashkilot bilan shartnoma tuzgan korxona kerakli elektron qurilmalarni yetkazib bermay, 919 mln so‘mni talon-toroj qilganlikda gumonlanmoqda. gazeta.uz »

2024-3-12 08:57

“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida 919 mln so‘m pul talon-toroj qilingani aniqlandi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi “O‘quv ta’lim-ta’minot” muassasasining “Bir million dasturchi” loyihasida budjet puli o‘zlashtirilgan bo‘lishi mumkin. Tashkilot bilan shartnoma tuzgan korxona kerakli elektron qurilmalarni yetkazib bermay, 919 mln so‘mni talon-toroj qilganlikda gumonlanmoqda. gazeta.uz »

2024-3-12 08:57