Ðåçóëüòàòîâ: 7

Andijonda havo ifloslanishiga qarshi kurash doirasida somsa tandirlari buzib tashlandi (+foto, video)

Shahrixonda ekoreyd chog‘ida ekskavatorlar somsa tandirlarini buzib tashladi. Tanqidlardan so‘ng hokimlik video va fotolarni o‘chirdi. Tuman hokimiga hayfsan berildi. Bir kun avval PA rahbari Saida Mirziyoyeva “tadbirkorlar faoliyatini qonuniy va xavfsiz yuritishi uchun yordam ko‘rsatish zarur”ligini aytgandi. gazeta.uz »

2025-12-3 18:07

Prezident nafaqat Toshkentda, balki hududlarda ham havo ifloslanishiga qarshi choralarni kuchaytirishni buyurdi

Prezident Toshkent shahridagi ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha maxsus komissiya hisobotini tingladi. Nafaqat poytaxt, balki hududlarda ham barqarorlashtirish choralari va tekshiruvlarni davom ettirish, havo sifatiga ta’sir qilayotgan barcha omillarni qat’iy nazoratga olishni buyurdi. gazeta.uz »

2025-12-2 00:42

Toshkentda havo ifloslanishiga qarshi 95 ta favvora va 247 km sug‘orish tarmog‘i ishga tushirildi — Maxsus komissiya

Toshkentda havo ifloslanishiga qarshi kurash doirasida 95 ta favvora va 247 km sug‘orish tarmog‘i ishga tushirildi, dedi maxsus komissiya rahbari Aziz Abduhakimov. Shuningdek, yirik qurilish kompaniyalari o‘z tashabbusi bilan bir nechta hududlarda favvoralar qurishni boshlashga tayyorligini bildirgan. gazeta.uz »

2025-11-27 13:30