Toshkent ko‘chalarida havo ifloslanishiga qarshi suv sepila boshlandi
Toshkentda havo ifloslanishini kamaytirish uchun yo‘llarga suv sepilib, yashil hududlar sug‘orilmoqda. Hokimlik bu chora muammoni butunlay hal qilmasligini tan oldi, “ammo bir necha soat ichida chang miqdorini sezilarli darajada kamaytiradi”. Mavsum tugaganiga qaramay, favvoralar yana ishga tushirildi. gazeta.uz »