Ðåçóëüòàòîâ: 285

Dunyoning eng mashhur eski-tuski bozorlari qanday tuzilgan va ular nega saqlab qolinmoqda? Gazeta obzori

Toshkentdagi “Yangiobod” bozori sotuvga qo‘yilgan. Tarmoqlarda uning buzilib, o‘rnida ekobozor qurilishi mumkinligi haqida gaplar yuribdi, vaholanki, boshqa mamlakatlarda bunday bozorlar saqlanib, shaharning diqqatga sazovor joylariga aylantiriladi. Gazeta ularning eng mashhur oltitasi haqida hikoya qiladi. gazeta.uz »

2026-8-17 12:26

Energetika vazirligi Markaziy Osiyodagi avariyadan so‘ng blekautning oldi qanday olinganini ochiqladi

Surxondaryo viloyatida elektr ta’minoti Markaziy Osiyoning yagona elektr energetika tizimidagi avariyadan so‘ng to‘liq tiklandi. O‘zbekiston Energetika vazirligi ma’lum qilishicha, nosozlikning keng ko‘lamda tarqalishining oldi avariyaga qarshi avtomatika va energiya saqlash tizimlari yordamida olingan. gazeta.uz »

2026-8-15 20:13

Bernar Arno o‘ziga qarashli fransuz OAVlarni qanday qilib jilovda ushlab turadi? Le Monde surishtiruvi

LVMH konglomerati egasi Bernar Arno Fransiyadagi ayrim OAVni sotib olishni 1990-yillardayoq boshlagan. Matbuot yordamida u yanada ko‘proq davlat orttirishga, LVMH`ni surishtiruvlardan himoyalashga, raqobatchilarini obro‘sizlantirishga va siyosatga ta’sir o‘tkazishga urinadi, deb yozmoqda Le Monde o‘z surishtiruvida. gazeta.uz »

2026-8-13 15:32

“Bu yerda qanday yashayapsizlar?” Shahrisabz tumani hokimi mahalliy aholining xonadonida reyd o‘tkazdi

Shahrisabz tumani hokimi Samad Hasanov mahalliy aholining xonadoniga tekshiruv bilan bordi. Rahbar uning oshxonasi va hovlisining qoniqarsiz sanitariya holatini ko‘rsatib, koyidi. Reyd davomida u muzlatgich, idish-tavoq va oziq-ovqat mahsulotlarini ko‘zdan kechirib, xonadonni tartibga keltirishni talab qildi. gazeta.uz »

2026-8-4 16:16

Sog‘lom ovqatlanish odatlarini qanday shakllantirish mumkin? Gastroenterolog maslahatlari

To‘g‘ri ovqatlanish bo‘yicha maslahatlar shu qadar ko‘pki, ilmiy tavsiyalarni keng tarqalgan miflardan farqlash tobora qiyinlashmoqda. Soatga qarab ovqatlanish kerakligi rostmi, shakardan voz kechish kerakmi, muvozanatli ratsion o‘zi qanday bo‘ladi? Gazeta bu haqda gastroenterolog Malika Mamatova bilan suhbatlashdi. gazeta.uz »

2026-8-1 07:31

Toshkent avtobus bekatlari bo‘yicha auksionlar qanday o‘tdi, qanday talablar qo‘yildi va kim g‘olib bo‘ldi?

Toshkentda avtobus bekatlarini yangilash bilan 2 ta auksionda g‘olib bo‘lgan Ewi Snacks shug‘ullanmoqda. Gazeta auksionlar qanday o‘tgani, bekatlarga talablar kamera, Wi-Fi va elektron tablolardan tortib vending avtomatlari, ko‘kalamzorlashtirish va “ijtimoiy” bekatlar qurilishigacha qanday o‘zgarganini o‘rgandi. gazeta.uz »

2026-7-23 10:46

Tonirovka, qamoqxonalardagi kameralar va narkojinoyatlar: IIV matbuot anjumanida qanday masalalar ko‘tarildi?

2026-yilning olti oyida O‘zbekistonda 41 mingdan ziyod jinoyat qayd etildi, 5778 ta mahallada esa birorta ham jinoyat sodir bo‘lmadi. IIV matbuot anjumanida qamoqxonalarni raqamlashtirish, yozgi arzon tonirovka va korrupsiya haqida xabar bergan xodimlarni rag‘batlantirish kabilar muhokama qilindi. Batafsil. gazeta.uz »

2026-7-17 18:43

Toshkentda va butun mamlakat bo‘ylab havo harorati qanday o‘lchanadi? O‘zgidromet meteostansiyasidan Gazeta reportaji

Meteorologik uskunalar qanday ishlaydi va rasmiy ob-havo prognozi qanday tuziladi? Nega ijtimoiy tarmoqlarda “harorat rekordlari” haqidagi xabarlarga ishonmaslik kerak? Shuningdek, nega hozirgi jazirama rekord darajada emasligi haqida - Gazeta`ning “Toshkent-Observatoriya” meteostansiyasidan reportajida. gazeta.uz »

2026-7-16 14:02

Yuqori noaniqlik sharoitida markaziy banklar qanday yo‘l tutishi kerak? “Monetary Policy Dialogue — 2026” yakunlari

“Monetary Policy Dialogue - 2026” xalqaro forumi ekspertlarining yakdil fikriga ko‘ra, yuqori noaniqlik sharoitida markaziy banklarga mustaqillik, ssenariylar bilan ishlash, inflyatsion kutilmalarni langarlash va kommunikatsiya zarur. Forumda yangragan asosiy tezislar - Gazeta sharhida. gazeta.uz »

2026-7-6 07:35

Brayton Bichdagi “Kichkina Toshkent”. O‘zbek do‘konlari tarmog‘i qanday qilib Nyu Yorkning diqqatga sazovor maskaniga aylandi?

Tashkent Supermarket - o‘n yilda Koni Aylend avenyudagi bitta do‘kondan butun Nyu York bo‘ylab 5 tagacha kengaygan do‘konlar tarmog‘i. Gazeta bu biznes qanday yo‘lga qo‘yilgani, nega palov, manti, issiq non uchun odamlar bu yerga shaharning hamma burchagidan kelishini o‘rganish uchun Brayton Bichdagi filialda bo‘ldi. gazeta.uz »

2026-7-4 14:15

Toshkent Portugaliyaga qarshi o‘yinda O‘zbekiston jamoasiga qanday muxlislik qildi? Fotoreportaj

23-iyun oqshomida yuzlab muxlislar O‘zbekiston terma jamoasini Portugaliyaga qarshi o‘yinda birgalikda qo‘llab-quvvatlash uchun poytaxtning qator hududlarida yig‘ildi. Hayajonli lahzalar, jamoadan faxrlanish tuyg‘usi va mamlakat uchun tarixiy voqeaga daxldorlik hissi - Gazeta fotoreportajida. gazeta.uz »

2026-6-24 08:25

Chiqindi, suv va emissiyalarni qanday qilib resurslarga aylantirish mumkin? TXIF ekspertlari — O‘zbekistonda sirkulyar iqtisodiyot haqida

Foydalanilgan suv, chiqindi va emissiyalarni resurslarga aylantirish mumkin. Bu ham biznes uchun, ham atrof-muhit uchun foydali. Bunday qayta ishlashga o‘tish uchun O‘zbekistonga qanday choralar kerak va bu yo‘lda qanday to‘siqlar bor? Gazeta TXIF ishtirokchilari - xalqaro ekspertlarning fikrlarini keltiradi. gazeta.uz »

2026-6-22 10:45

Toshkent investorlar va iqtidorlar uchun global poygada qanday g‘olib chiqishi mumkin? TXIF ekspertlari fikrlari

Toshkent o‘zgarishlar sur’ati bo‘yicha dunyo shaharlari uchligiga kirdi. Bu dinamikani ekologiyadan qulay jamoat makonlarigacha sohalarda hayot sifatini sezilarli yaxshilashga aylantirish mumkinmi? Nega shaharni rejalashtirishning an’anaviy vositalari bugun ishlamaydi? TXIF ekspertlari fikrlari. gazeta.uz »

2026-6-17 19:33

Ukrainada ko‘rshapalaklarni qanday qutqarishadi va bu tajriba O‘zbekistonga nimani o‘rgatishi mumkin? Zoolog Anton Vlashchenko bilan intervyu

Ko‘rshapalaklar haqida ko‘plab miflar bor. Ular odamlarga hujum qiladi, xavfli kasalliklar tarqatadi, deyishadi. Haqiqat va uydirmalarni ajratishda Gazeta’ga Ukraina qo‘lqanotlilarni reabilitatsiya qilish markazi asoschisi Anton Vlashchenko yordam berdi. Uning jamoasi har yili minglab ko‘rshapalaklarni qutqaradi. gazeta.uz »

2026-5-12 16:14

Shahar muhitini yangilash va aholi manfaatlari o‘rtasidagi muvozanatni qanday topish mumkin?

To‘g‘ri renovatsiya poytaxtga ham yashash uchun qulay mavzelarni, ham bog‘ hududlarini, ham ijtimoiy obyektlarni va puxta o‘ylangan transport tizimini taqdim etishi kerak. III Toshkent urbanforumida shahar muhitini yangilash va aholi manfaatlari o‘rtasidagi muvozanatni izlash masalasi muhokama qilindi. gazeta.uz »

2026-5-6 21:39

“Kim qanday nafas olayotganini ko‘rib, bilib turibman”. Prezident hokimlardan kafolat xatlari oldi

Prezident hudud va tarmoqlar rahbarlarini Toshkentga yig‘ib, aniq natijalar va ularga erishish yo‘lida shaxsiy javobgarlikni talab qildi. “Ayrimlar hali uyg‘ongani yo‘q… Kim quruq kresloni egallab o‘tirganini ko‘rib turibman”, - dedi u. Hokimlar davlat rahbariga kafolat xatlarini taqdim etdi. gazeta.uz »

2026-4-27 12:39

Maktablardagi 13,5 mingta sinfda 35 nafardan ko‘p bola o‘qimoqda. Vazirlikda qanday yechimlar bor?

O‘zbekiston maktablaridagi 260 mingga yaqin sinfning 13,5 mingtasida 35 nafardan ziyod bola o‘qimoqda. Ta’lim vazirligiga ko‘ra, yangi maktablar va mavjudlariga qo‘shimcha binolar qurish orqali bunday sinflar sonini kamaytirish mumkin. O‘z navbatida, 934 ta maktab to‘liq ta’mirga muhtoj. gazeta.uz »

2026-4-26 17:03

Davlat aktivlari agentligi yangi qonun maklerlarni qanday qilib “soya”dan chiqarishini tushuntirdi

“Rieltorlik faoliyati to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahriri “makler”larni “soya”dan chiqarishi kutilmoqda, dedi DABA rahbari o‘rinbosari. Ularga sertifikat va kasbiy uyushmalarga a’zoliksiz ko‘chmas mulk agenti sifatida legallashish taklif etiladi, bitimlar esa rieltorlik kompaniyalari orqali rasmiylashtiriladi. gazeta.uz »

2026-4-10 13:44

O‘zbekistonda avtotransport egalari jarimalarni amaldagi haydovchiga qanday o‘tkazishi mumkin?

1-apreldan YAIDXP orqali yo‘l harakati qoidabuzarliklari uchun javobgarlikni amaldagi haydovchiga masofadan biriktirish xizmati ishga tushirildi. Avtomobil egasi portal orqali ariza berishi kerak, shunda kameralar qayd etgan jarimalar rulda bo‘lgan shaxsga rasmiylashtiriladi. Xizmat pulli. gazeta.uz »

2026-4-10 12:17

Fuqarolarning davlat organlariga murojaatlari bilan ishlash tizimi qanday o‘zgarmoqda?

Prezident davlat organlarining aholi bilan muloqoti samaradorligini oshirishga qaratilgan farmonni imzoladi. Xalq qabulxonasi davlat organlariga ko‘rsatmalar berish, ulardan ma’lumotlar so‘rash va talablar bajarilmasa materiallarni prokuraturaga yuborishi mumkin. Onlayn murojaatlar muddati nazorat qilinadi. gazeta.uz »

2026-4-7 12:02