Ðåçóëüòàòîâ: 286

Fuqarolarning davlat organlariga murojaatlari bilan ishlash tizimi qanday o‘zgarmoqda?

Prezident davlat organlarining aholi bilan muloqoti samaradorligini oshirishga qaratilgan farmonni imzoladi. Xalq qabulxonasi davlat organlariga ko‘rsatmalar berish, ulardan ma’lumotlar so‘rash va talablar bajarilmasa materiallarni prokuraturaga yuborishi mumkin. Onlayn murojaatlar muddati nazorat qilinadi. gazeta.uz »

2026-4-7 12:02

“Eski mahsulot sotsak, xaridorlarning ko‘ziga qanday qaraymiz?” Buxorodagi “Ko‘klik” dehqon bozoridan reportaj

80 yillik “Zelyoniy” bozor arzon va yashil muhiti bilan mashhur. Ro‘zada ko‘p duo olganini yig‘lab eslagan Madina opa, 20 yildan beri uyiga gaz bormaydigan sutchi xola, sotuvchilarni himoya qiladigan xaridorlar-u Qur’on tilovati ostida pishadigan nonlardan iborat bozor Ramazonni qanday kuzatib qo‘ydi? Reportaj. gazeta.uz »

2026-3-22 07:00

Toshkentda avtobuslar uchun alohida yo‘laklar tarmog‘i qanday kengaytiriladi?

2030-yilgacha Toshkentda avtobuslar uchun ustuvorlikka ega yo‘laklar uzunligi 400 km dan oshishi kerak: BRT - 57,5 km, “A” harfli yo‘laklar esa 347 km ni tashkil etadi. Bu yil BRT yo‘laklari Shahrisabz (Shota Rustaveli ko‘chasi davomi), Mirzo Ulug‘bek, Amir Temur, Yangi Sergeli ko‘chalarida paydo bo‘ladi. gazeta.uz »

2026-3-21 19:46

Markaziy Osiyo: Mintaqa qanday dinamikada yashayapti va o‘z barqarorligini qanday saqlab qolyapti?

Eron atrofidagi eskalatsiya, Afg‘oniston va Pokiston o‘rtasida ziddiyatlar kuchayishi fonida MO Yevroosiyoning sanoqli barqaror hududlaridan biri bo‘lib qoldi. Siyosatshunos mintaqa global turbulentlik sharoitida qanday ko‘zga ko‘rinmas qoidalar va muvozanat hisobiga barqarorlikni saqlab qolayotganini tahlil qildi. gazeta.uz »

2026-3-5 09:22

“Tahdid qiladigan, akillagan har qanday laychaga o‘z joyida javob berishimiz shart”. Senator — imperiyaparast chiqishlar haqida

Senator Abdusaid Ko‘chimov yalpi majlisda imperiyaparast chiqishlar haqida gapirib o‘tdi. “Karvonimizga tahdid qiladigan har qanday kuchga, akillagan har qanday laychaga qarshi o‘z joyida javob berishimiz, popugini pasaytirib qo‘yishimiz shart… Bizni boshqalar tan olishiga majbur qilishimiz kerak”, - dedi u. gazeta.uz »

2026-2-6 09:15

O‘zbekiston qurilish sohasini qanday qilib “oqartirishni” rejalashtirmoqda?

O‘zbekistonda qurilishdagi yashirin iqtisodiyotni qisqartirish bo‘yicha choralar ko‘riladi: ko‘chmas mulk va qurilish materiallari uchun soliq bazasi bozor qiymatida hisoblanadi, shartnomalar raqamlashtiriladi, qoidabuzarlarning tenderdagi ishtiroki cheklanadi. Qolaversa, uy xarid qilishda keshbek joriy etilish mumkin. gazeta.uz »

2025-12-14 10:39

O‘zbekiston Ronaldu va Diasga qarshi: Mundialdagi raqiblarimiz qanday o‘ynaydi?

O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2026-yilgi Jahon chempionati guruh bosqichida Portugaliya, Kolumbiya hamda Yangi Kaledoniya, Yamayka, Kongo jamoalaridan biri bilan o‘ynashi ma’lum bo‘ldi. Gazeta raqiblarimiz qanday o‘ynashi, ularning asosiy o‘yinchilari va ushbu turnirdagi ishtiroklari haqida ma’lumot beradi. gazeta.uz »

2025-12-6 09:32

“Aqlli shahar” nima va u dunyoning turli mamlakatlarida qanday qurilmoqda?

Yaqinda prezident “aqlli shahar” yaratish bo‘yicha Urganch tajribasini O‘zbekiston bo‘ylab joriy etishni buyurdi. SI va loyihalashtirish ekspertlari Gazeta uchun obzorda bunday shahar turli mamlakatlarda qanday ko‘rinishda bo‘lishi, nimadan iboratligi va uning quruvchilari oldida qanday muammolar turganini aytib o‘tdi. gazeta.uz »

2025-12-4 01:09

Global Gateway: YI strategiyasi qanday ishlaydi va u MO uchun qanchalik ahamiyatli?

Shu hafta Toshkentda Yevropa Ittifoqi iqtisodiy forumi va Transkaspiy yo‘lagi investorlari forumi bo‘lib o‘tadi. Tadbirlar YIning Global Gateway strategiyasi doirasida o‘tkaziladi. Gazeta bu qanday strategiya ekani, u O‘zbekiston uchun nimasi bilan muhimligi va hamkorlik yo‘nalishlari haqida hikoya qiladi. gazeta.uz »

2025-11-25 13:37

An’anaviy Samarqand pashmagini kim va qanday tayyorlaydi? Kattaqo‘rg‘ondan reportaj

Pashmak - bayram kunlari o‘zbek xonadonlariga quvonch ulashuvchi qadimiy shirinlik. Ammo uning har bir qadog‘i ortida ustalarning mashaqqatli mehnati borligini hamma ham bilavermaydi. Kattaqo‘rg‘onlik Hamdamovlar - to‘rtinchi avlod pashmakpaz ustalardan. Gazeta ushbu shirinlikni tayyorlash jarayoni bilan tanishdi. gazeta.uz »

2025-11-22 09:20

O‘zbekistonda 27-oktabr — 2-noyabr kunlari ob-havo qanday bo‘ladi? Gazeta sharhi

Dushanba kechki payt Qoraqalpog‘istonda, seshanbada esa Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Samarqand, Sirdaryo, Toshkent, Jizzax viloyatlari va Farg‘ona vodiysida yog‘ingarchiliklar bo‘lishi kutilyapti. Hafta boshida cho‘llarda kuchli shamol va chang to‘zonlar bo‘lishi, hafta davomida harorat foni juda yuqori qolishi aniq bo‘lmoqda. gazeta.uz »

2025-10-27 07:34

Kreditni qaytarish jadvalidagi har qanday o‘zgarishlardan banklarning o‘zi mijozni xabardor qilishi kerak — MB

Markaziy bank qonunchilikka ko‘ra kreditni qaytarish jadvalidagi har qanday o‘zgarishlardan banklarning o‘zi mijozni xabardor qilishi kerakligini eslatdi. Banklarga kredit shartnomalariga iste’molchilar huquqlarini cheklovchi bandlarni kiritish amaliyotiga chek qo‘yish topshirildi. gazeta.uz »

2025-10-9 16:15

Gaz bilan isitish uskunalarini qishga qanday tayyorlash va uning xavfsizligiga qanday ishonch hosil qilish mumkin? FVV maslahatlari

O‘zbekistonda so‘nggi yillarda yong‘inlar soni kamaymoqda, biroq sovuq mavsumda is gazidan zaharlanish va gaz-havo aralashmasining portlash xavfi yuqoriligicha qolmoqda. FVV va boshqa xizmatlar mutaxassislari isitish mavsumi boshlanishidan oldin hodisa sabablari va ularning oldini olish choralarini eslatdi. gazeta.uz »

2025-10-9 10:07