Ðåçóëüòàòîâ: 7

“Eski mahsulot sotsak, xaridorlarning ko‘ziga qanday qaraymiz?” Buxorodagi “Ko‘klik” dehqon bozoridan reportaj

80 yillik “Zelyoniy” bozor arzon va yashil muhiti bilan mashhur. Ro‘zada ko‘p duo olganini yig‘lab eslagan Madina opa, 20 yildan beri uyiga gaz bormaydigan sutchi xola, sotuvchilarni himoya qiladigan xaridorlar-u Qur’on tilovati ostida pishadigan nonlardan iborat bozor Ramazonni qanday kuzatib qo‘ydi? Reportaj. gazeta.uz »

2026-3-22 07:00

O‘zbekistonda mineraldan mahsulot chiqarishni yo‘lga qo‘ygan investorlarga renta solig‘i qaytariladi

O‘zbekistonning foydali qazilmalari zaxiralari 3 trln dollarga baholanmoqda, dedi prezident. Unga ko‘ra, Toshkent va Samarqand viloyatlarida kelajak metallari texnoparklari tashkil etilmoqda. Foydali qazilmalardan to‘liq ishlab chiqarish siklini amalga oshiruvchi investorlarga renta solig‘i qaytariladi. gazeta.uz »

2025-6-10 20:32

Tuman hokimlari o‘z hududlarida mahsulot ko‘paytirishga hisobdor bo‘ladi

Prezident bundan buyon tuman hokimlari o‘z hududlarida mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirishga mas’ul bo‘lishini ma’lum qildi. Qolaversa, Sayxunobod, Uychi, Zarbdor va G‘ijduvon tumanlarining tadbirkorlikni rivojlantirish, aholini ish bilan ta’minlash borasidagi tajribasini kengaytirish bo‘yicha ko‘rsatma berildi. gazeta.uz »

2024-7-17 15:28

O‘zbekistonning mahsulot taqsimotiga oid barcha bitimlari 1-avgustga qadar xatlovdan o‘tkaziladi

Prezident vazirliklarga O‘zbekiston imzolagan mahsulot taqsimotiga oid barcha bitimlar va investitsiyaviy shartnomalarni to‘liq xatlovdan o‘tkazish, so‘ng takliflar tayyorlash topshirig‘ini berdi. Qonunchilikni JSTning investitsiya choralari to‘g‘risidagi bitimiga muvofiq uyg‘unlashtirish rejalashtirilmoqda. gazeta.uz »

2024-6-4 16:57