4 va 6-iyul kunlari O‘zbekistonning qator viloyatlariga sel kelishi mumkin
O‘zgidromet 4 va 6-iyul kunlari qator viloyatlarning bir qancha tumanlarida sel-suv toshqini yuzaga kelishi mumkinligidan ogohlantirdi. gazeta.uz »
çáåêèñòîííèíã - Ïîñëåäíèå íîâîñòè [ Ôîòî â íîâîñòÿõ ] | |
O‘zgidromet 4 va 6-iyul kunlari qator viloyatlarning bir qancha tumanlarida sel-suv toshqini yuzaga kelishi mumkinligidan ogohlantirdi. gazeta.uz »
Prezidentga logistikani rivojlantirish bo‘yicha takliflar taqdim etildi. Xonabodni “Xitoy yo‘li darvozasi”, Olotni “O‘rta yo‘lak darvozasi”, Termizni esa “Transafg‘on yo‘li darvozasi” sifatida ixtisoslashtirish taklif qilinmoqda. gazeta.uz »
O‘zbekiston terma jamoasi murabbiyi Fabio Kannavaro jamoa ilk bor qatnashgan JCH bosimi uchun “badal to‘laganini” aytdi. U natija uchun mas’uliyatni zimmasiga oldi, tarkibdagi tez-tez o‘zgarishlarni jarohat va futbolchilarning holati bilan izohladi hamda navbatdagi asosiy maqsad Osiyo kubogi ekanini bildirdi. gazeta.uz »
Shavkat Mirziyoyev Global o‘zgarishlar instituti raisi Toni Bler bilan uchrashuvda O‘zbekistonning 2050-yilgacha rivojlanish konsepsiyasi ustidagi ishni kechiktirmasdan boshlash zarurligini qayd etdi. gazeta.uz »
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va AQSh savdo vakili Jeymison Grir savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish hamda O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga (JST) a’zo bo‘lish jarayoni Amerika tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi masalalarini muhokama qildi. gazeta.uz »
O‘zbekistonning oltita hududida Janubiy Koreyaga ishga joylashtirish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi. Gumonlanuvchilar hujjatlarni rasmiylashtirish va xorijga chiqishda yordam berish bahonasida fuqarolarning o‘nlab ming dollar mablag‘larni qo‘lga kiritgan. gazeta.uz »
O‘zbekistonning Efiopiyaga tayinlangan birinchi elchisi Ashraf Xodjayev mamlakat prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi. U bir vaqtda Qatar va Janubiy Afrikadagi elchi ham hisoblanadi. gazeta.uz »
Payshanba tongida Toshkentda O‘zbekistonning futbol bo‘yicha JCHdagi debyuti katta ekranlarda namoyish etildi. Soat 07:00 bo‘lishiga va yomg‘irga qaramay, muxlislar bog‘ va maydonlarga oqib keldi. Gazeta shaharning to‘rt nuqtasida bo‘lib, tarixiy vaziyat va ishqibozlarning hayajonli lahzalarini suratlarga muhrladi. gazeta.uz »
O‘zbekiston mundialni Kolumbiyadan 1:3 hisobidagi mag‘lubiyat bilan boshladi. Biroq, “Asteka”dagi debyut ko‘plab shubhalanuvchilar kutganidek bo‘lmadi. Gazeta sharhlovchisi Dmitriy Povarovning yozishicha, mundiallar tarixidagi ilk golini urgan jamoa turnirga shunchaki ishtirok etish uchun kelmaganini ko‘rsatib qo‘ydi. gazeta.uz »
2030-yilgacha palliativ va hospis yordamidan foydalanish imkoniyatini sezilarli darajada kengaytirish ko‘zda tutilmoqda. Saraton bilan og‘rigan bemorlarga xizmat ko‘rsatuvchi ko‘chma brigadalar paydo bo‘ladi. gazeta.uz »
O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 1-iyun holatiga $70,58 mlrd gacha qisqardi. Oy davomida oltin narxi pasayishi oqibatida zaxiralardagi oltinning qiymati $1,5 mlrd ga kamaydi, ayni paytda oltinning fizik hajmi 13,6 mln (+0,3 mln) troy unsiyagacha ortdi. gazeta.uz »
Fitch Ratings O‘zbekistonning kredit reytingi prognozini “barqaror”dan “ijobiy”ga o‘zgartirdi va uni “BB” darajasida tasdiqladi. Qaror islohotlar jarayonidagi taraqqiyot, makroiqtisodiy barqarorlik, budjet taqchilligining qisqarishi va valyuta zaxiralarining o‘sishi bilan izohlandi. gazeta.uz »
O‘zbekistonning bir nechta hududida fuqarolarni Janubiy Koreyaga ishga yuborishni va’da qilib, ularning mablag‘ini o‘zlashtirgan shaxslar fosh etildi. Xususan, Qashqadaryoning Koson tumanida MCHJ rahbari 48 nafar fuqarodan jami 384 ming dollar so‘rab, uning 29 ming dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan. gazeta.uz »
Jizzax, Toshkent, Qashqadaryo, Navoiy, Surxondaryo va Samarqand viloyatlarining ayrim hududlarida sellar kuzatildi. Navoiydagi selda avtomobillar zararlandi, soylar yaqinida yashovchi fuqarolar vaqtinchalik xavfsiz hududga ko‘chiridi. Toshkent viloyatida sel avtomobil yo‘llarini kesib o‘tdi. gazeta.uz »
Senatorlar O‘zbekistonning BRIKS davlatlari tomonidan tashkil etilgan xalqaro moliyaviy institut - Yangi taraqqiyot banki to‘g‘risidagi kelishuvga qo‘shilishi haqidagi qonunni ma’qulladi. Bank infratuzilma, “yashil”, raqamli va ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni moliyalashtiradi. gazeta.uz »
9-may munosabati bilan Toshkent ko‘chalarida o‘zbek xalqining II jahon urushidagi g‘alabaga qo‘shgan hissasi haqida roliklar namoyish etilmoqda. Urushda 2 millionga yaqin o‘zbekistonlik qatnashgan. Mamlakat 1,5 mln evakuatsiya qilinganlarni qabul qilib, minglab samolyot va harbiy texnikalar yetkazib bergan. gazeta.uz »
Mart oyidagi qisqarishdan so‘ng O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 1-may holatiga $70,9 mlrd gacha ortdi (+$1,9 mlrd). Zaxiralar o‘sishi asosan xorijiy valyutadagi aktivlar hajmi ortishi (+$1,15 mlrd) hisobiga tiklana boshladi. gazeta.uz »
Mart oyidagi qisqarishdan so‘ng O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 1-may holatiga $70,9 mlrd gacha ortdi (+$1,9 mlrd). Zaxiralar o‘sishi asosan xorijiy valyutadagi aktivlar hajmi ortishi (+$1,15 mlrd) hisobiga tiklana boshladi. gazeta.uz »
O‘zbekiston hududlarida jamoat transportini yangilash uchun 1500 ta katta va o‘rta sig‘imli avtobuslarga ehtiyoj bor. Prezident nafaqat yirik shaharlarda, balki turizm salohiyatiga ega bo‘lgan Xiva, Shahrisabz, Marg‘ilon va Qo‘qon kabi shaharlarda ham jamoat transportini rivojlantirish bo‘yicha topshiriq berdi. gazeta.uz »
O‘zbekistonning Misrdagi elchisi Mansurbek Qilichev Jazoirdagi birinchi elchi etib tayinlandi. U Jazoir tashqi ishlar vaziriga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi. Tomonlar savdo, sanoat va ta’lim sohalarida hamkorlikni kengaytirish, yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildi. gazeta.uz »
“Sharoit va imkoniyatlarsiz na futbolda va na boshqa biror sport turida rivojlanib bo‘lmaydi”, - dedi prezident Farg‘onadagi “Neftchi” futbol akademiyasiga tashrifi chog‘ida. U adolatli saralash hamda futbolchilarni bilim asosida tayyorlash muhimligini alohida ta’kidladi. gazeta.uz »
O‘zbekiston tadbirkorlari 2025-yilda 178,1 trln so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi. Ularning eng yirik oluvchisi Uzbekistan GTL bo‘ldi - 2,8 trln so‘m. Shuningdek, kuchli uchlikdan Uzbekistan Airways (2,4 trln so‘m) va “O‘zbekneftgaz” (1,7 trln so‘m) joy oldi. gazeta.uz »
O‘zbekistonning BAAdagi elchisi Umid Shodiyev BAA tashqi ishlar vaziri o‘rinbosariga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirib, diplomatik faoliyatini boshladi. Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi, tomonlar aloqalarni kengaytirishga tayyorligini bildirdi. gazeta.uz »
2025-yilda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 13 mlrd dollardan oshgan, 2026-yilning dastlabki ikki oyida esa yana 30 foizga ko‘paygan, dedi Abdulla Aripov. Tomonlar sanoat, energetika va transport sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish orqali ko‘rsatkichni 30 mlrd dollarga yetkazmoqchi. gazeta.uz »
Xorijda yashaydigan yoki vaqtincha bo‘lib turgan fuqarolar endilikda MyGov portali orqali O‘zbekiston elchixonasi yoki konsulligi qabuliga yozilishi mumkin bo‘ladi. Turli mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalar ko‘rsatadigan xizmat turlari bir-biridan farq qiladi. gazeta.uz »
O‘zbekiston xalqaro zaxiralari 68,99 mlrd dollargacha kamaydi, mart oyida ko‘rsatkich 8,1 mlrd dollarga qisqarib, yil boshidan buyongi o‘sishlarni yo‘qqa chiqardi. Bunga dunyo bozorida oltin narxining tushib ketgani asosiy sabab bo‘ldi. gazeta.uz »
Umid Shadiyev O‘zbekistonning BAAdagi elchisi bo‘ldi. Bungacha u Turizm qo‘mitasiga rahbarlik qilib kelgan, uning o‘rniga esa BAAdagi sobiq elchi Abdulaziz Aqqulov tayinlangan. gazeta.uz »
O‘zbekistonning Singapurdagi elchisi Alisher Qayumov Yangi Zelandiyada o‘rindoshlik asosidagi elchi etib tayinlandi. U Vellington shahrida Yangi Zelandiya general gubernatoriga ishonch yorliqlarini topshirdi. gazeta.uz »
Kongo Demokratik Respublikasi futbol bo‘yicha Jahon chempionati qit’alararo pley off bosqichi finalida Yamayka ustidan g‘alaba g‘ozondi. Shu tariqa u mundialning “K” guruhida Portugaliya, Kolumbiya va O‘zbekiston terma jamoalariga qarshi bahs olib boradigan bo‘ldi. JCHning qolgan ishtirokchilari ham aniq bo‘ldi. gazeta.uz »
O‘zbekistonda kiberhodisalarga chora ko‘rish tizimi yaratiladi, davlat organlarida kiberxavfsizlik bo‘limlari ochiladi. Telefon firibgarligiga qarshi kurash uchun antifishing platforma va spam qo‘ng‘iroqlarni filtrlash tizimi joriy etiladi. gazeta.uz »
Prezidentga neft-gaz sohasi holati hamda gaz zaxiralarining 25 foizini boshqarayotgan xususiy va xorijiy kompaniyalar faoliyati haqida axborot berildi. Shavkat Mirziyoyev ularning faoliyati samaradorligini qayta ko‘rib chiqish va O‘zbekistonning maksimal darajada energiya mustaqilligini ta’minlashni topshirdi. gazeta.uz »
Ayrim mamlakatlar hujjatlarni ko‘rib chiqishni paysalga solayotgani sababli O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayoni cho‘zilishi mumkin, dedi JST bo‘yicha bosh muzokarachi Azizbek Urunov. gazeta.uz »
Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashgani fonida O‘zbekiston TIV Erondan Turkmaniston orqali qaytayotgan o‘zbekistonliklar qo‘llab-quvvatlanishi haqida xabar berdi. Mamlakatning Ashxoboddagi elchixonasi xodimlari ularni Saraxsda kutib olib, keyingi tranzitni ta’minlaydi. gazeta.uz »
O‘zbekistonning 9 viloyatidagi tuman shifoxonalariga “Ezgu Amal” va Philips Foundation xayriya loyihasi doirasida 25 ta mobil ultratovush tekshiruv tizimlari topshirildi. 24 nafar shifokor davolash muassasalaridan tashqarida yordam ko‘rsatish imkonini beruvchi portativ uskunalardan foydalanish bo‘yicha o‘qitildi. gazeta.uz »
Yanvarda O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari tarixiy maksimumni yangilab, $75 mlrd dan oshdi (+13,2%). Zaxiralar hajmi bir oyda $8,76 mlrd ga ko‘paydi. O‘sish asosan oltin narxining oshishi va qimmatbaho metal zaxiralari hajmining ortishi hisobiga ta’minlandi. gazeta.uz »
O‘zbekistonlik Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarov shaxmat olamidagi eng nufuzli musobaqalardan biri - Veyk-an-Zeyedagi Tata Steel Chess turnirida dastlabki ikki o‘rinni egalladi. Gazeta obzorchisi o‘zbekistonliklar o‘zlarining asosiy raqiblaridan qanday qilib ustun kelgani haqida hikoya qiladi. gazeta.uz »
O‘zbekistonning Buyuk Britaniya, Fransiya, Xitoy, AQSh, BAA va Rossiyadagi elchixonalarida madaniyat va turizm masalalari bo‘yicha maslahatchi lavozimi joriy etiladi. U tegishli davlatdagi diplomatik vakolatxona rahbariga bo‘ysunadi va uning 2 tomonlama munosabatlarni rivojlantirish faoliyatiga ko‘maklashadi. gazeta.uz »
O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari 2025-yil yakuniga ko‘ra $25,1 mlrd ga o‘sib, $66,3 mlrd ga (+61%) yetdi. O‘sishning asosiy drayveri jahon bozorlarida oltinning qimmatlashishi bo‘ldi. Valyuta zaxiralari ham ko‘paydi. gazeta.uz »
Sardor Rustamboyev O‘zbekistonning Nepaldagi birinchi elchisi sifatida mamlakat prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi. Diplomat bir paytda Hindiston va Bangladesh uchun ham faoliyat olib boradi. gazeta.uz »
O‘zbekistonning qator hududlaridagi metan zapravkalar ish soatiga cheklov kiritish boshlandi. Xususan, Toshkent shahridagi 78 ta metan zapravka soat 06:00 dan 23:00 gacha ishlaydi. Ro‘yxat. gazeta.uz »
Jizzaxda bo‘lajak atom elektr stansiyasi qurilish maydonidan 16 km uzoqlikda kamida 30 ming aholiga mo‘ljallangan yangi monoshaharcha quriladi. Bosh rejaga ko‘ra, 100 gektar maydonda turar-joy massivlari, maktablar, bolalar bog‘chalari, tibbiyot punkti, mehmonxonalar, istirohat bog‘lari bo‘ladi. gazeta.uz »
“Yangi O‘zbekiston qiyofasi”dagi 33 ta namunaviy tuman va shaharda hokimiyat hamda boshqaruv organlarining bo‘lim rahbarlari, shuningdek, hokimlar va o‘rinbosarlari rotatsiyasi joriy etilmoqda. Qolaversa, xodimlarning korrupsiyaga chidamliligini baholash va kadrlar zaxirasini shakllantirish tizimi yangilanmoqda. gazeta.uz »
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2026-yilgi Jahon chempionati guruh bosqichi o‘yinlarini Mexiko, Xyuston va Atlanta shaharlarida o‘tkazadi. FIFA o‘yinlar jadvalini e’lon qildi. gazeta.uz »
O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro Gazeta’ga bergan izohida jamoaning “oxirigacha o‘ynashga tayyorligi” va “taslim bo‘lmasligi” jahon chempionatidagi ustunligi bo‘lishini aytdi. gazeta.uz »
O‘zbekistonning xalqaro zahiralari noyabr yakunida 61,2 mlrd dollarga yetdi - bu butun kuzatuv davridagi rekord ko‘rsatkich. O‘sish, avvalo, oltin narxining oshishi va uning jismoniy zaxiralari ko‘payishi bilan bog‘liq. gazeta.uz »
Prezident O‘zbekistonning 4 viloyatida elektr tarmoqlarini boshqarish xususiy operatorlarga o‘tkazilishini ma’lum qildi. Uning qo‘shimcha qilishicha, Samarqandda boshqaruv Aksa Elektrik`ga o‘tkazilganidan so‘ng, Jizzax, Sirdaryo, Namangan va Toshkent viloyatlarida ham shunday loyihalar investorlarga taklif etiladi. gazeta.uz »
Deputatlar 2026-yilga mo‘ljallangan davlat budjeti loyihasini birinchi o‘qishda ma’qulladi. Loyihaga ko‘ra, YAIM 6,6% ga o‘sishi, inflyatsiya 7% gacha pasayishi prognoz qilinmoqda. Budjet taqchilligi bo‘yicha limitni 3% (59,9 trln so‘m), tashqi qarzlar yuqori chegarasini 5 mlrd dollar miqdorida belgilash taklif etilgan. gazeta.uz »
Payshanba kuni Toshkentning ayrim tumanlari va O‘zbekistonning qator viloyatlarida biroz yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Qoraqalpog‘iston, Xorazm va Farg‘ona vodiysida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Poytaxtdagi havo sifati so‘nggi 24 soat ichida me’yoriy darajaga yaqinlashdi, biroq ayrim hududlarda iflosligicha qolmoqda. gazeta.uz »
XVJ missiyasi O‘zbekistonning korrupsiya haqida xabar berganlar himoyasi va davxizmatchilar daromad deklaratsiyasiga oid qonunlarni qabul qilish rejalarini olqishladi. Ikkinchisini 2017-yildan beri qabul qilish rejalashtirilyapti. gazeta.uz »
O‘zbekistonning davlat qarzi 1-oktabr holatiga ko‘ra 43,97 mlrd dollarga yetdi. O‘tgan chorakda o‘sish 1,1% ga (+$473 mln) sekinlashdi. Qarzlarning asosiy qismi budjet xarajatlarini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi. Eng yirik kreditor - Jahon banki ($8 mlrd). gazeta.uz »