Ðåçóëüòàòîâ: 252

“O‘zbekistonning boshqa biror davlat bilan bunday ko‘rsatkichi yo‘q”. Bosh vazir — Rossiya bilan aviaqatnovlar haqida

2025-yilda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 13 mlrd dollardan oshgan, 2026-yilning dastlabki ikki oyida esa yana 30 foizga ko‘paygan, dedi Abdulla Aripov. Tomonlar sanoat, energetika va transport sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish orqali ko‘rsatkichni 30 mlrd dollarga yetkazmoqchi. gazeta.uz »

2026-4-14 09:55

“Infratuzilmaning hozirgi holatiga bosh reja emas, siz bilan biz aybdormiz” — qurilish vaziri o‘rinbosari

Qurilish vaziri o‘rinbosari Davronjon Adilovga ko‘ra, Toshkentda kanalizatsiya bilan bog‘liq muammolar bosh rejadagi xatolar emas, balki foydalanish qoidalarining buzilishi natijasidir. “Infratuzilmaning bunday holatda ishlayotgani uchun hech qanday hujjat aybdor emas. Bunga siz bilan biz aybdormiz”, - deydi u. gazeta.uz »

2026-3-11 15:47

“Toshkent bosh rejasiga o‘zgartirishlar doimiy ravishda kiritiladi, bu qandaydir o‘lik dogma emas” — Sherzod Kudbiyev

Toshkentning bosh rejasi “tirik materiya” bo‘lib, shahar rivojlanishi bilan unga tuzatishlar kiritiladi, dedi Urbanizatsiya qo‘mitasi rahbari Sherzod Kudbiyev. Uning ta’kidlashicha, yangi o‘zgarishlar qurilish zichligini cheklash va hududning kamida 30 foizini yashil hududlarga biriktirishni nazarda tutadi. gazeta.uz »

2026-3-10 16:04

O‘zbekiston bosh vaziri Yaqin Sharqdagi inqiroz sabab fuqarolarni evakuatsiya qilish va logistikani qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha topshiriqlar berdi

O‘zbekiston bosh vaziri Saudiya Arabistoni, BAA va Qatardan vatandoshlarni olib kelish uchun aviaqatnovlarni tashkil etish bo‘yicha topshiriq berdi. Shu bilan birga, rasmiylar janubiy yo‘nalishdagi xatarlarni hisobga olgan holda eksport-import operatsiyalari uchun muqobil yo‘nalishlarni ko‘rib chiqmoqda. gazeta.uz »

2026-3-2 12:28

O‘zbekistonning bo‘lajak AESidagi monoshaharcha: 30 ming aholiga mo‘ljallangan bosh reja taqdim etildi

Jizzaxda bo‘lajak atom elektr stansiyasi qurilish maydonidan 16 km uzoqlikda kamida 30 ming aholiga mo‘ljallangan yangi monoshaharcha quriladi. Bosh rejaga ko‘ra, 100 gektar maydonda turar-joy massivlari, maktablar, bolalar bog‘chalari, tibbiyot punkti, mehmonxonalar, istirohat bog‘lari bo‘ladi. gazeta.uz »

2025-12-12 09:41

Toshkent viloyatida “Yagona buyurtmachi xizmati” bosh yuriskonsulti firibgarlikda gumonlanib ushlandi

Toshkent viloyati hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” bosh yuriskonsulti prokuratura kamomad aniqlagan korxona mansabdorlaridan taftish tekshiruvi natijalarini ijobiy hal qilib berish evaziga firibgarlik bilan 8400 dollar talab qilgani aytilmoqda. U DXX xodimlari tomonidan qo‘lgan olingan. gazeta.uz »

2025-11-15 13:39

Bosh vazir o‘rinbosari: 2025-yilda O‘zbekiston iqtisodiyoti 7 foizga o‘sadi, inflyatsiya 8 foizni tashkil qiladi

Global muammolarga qaramay, O‘zbekiston ishonchli iqtisodiy o‘sishni namoyon etmoqda, dedi bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov. 2025-yilga borib mamlakat yalpi ichki mahsuloti 7 foizga o‘sishi, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi ichki mahsulot esa 3500 dollardan oshishi kutilmoqda. gazeta.uz »

2025-10-23 11:12