Ðåçóëüòàòîâ: 7

“Infratuzilmaning hozirgi holatiga bosh reja emas, siz bilan biz aybdormiz” — qurilish vaziri o‘rinbosari

Qurilish vaziri o‘rinbosari Davronjon Adilovga ko‘ra, Toshkentda kanalizatsiya bilan bog‘liq muammolar bosh rejadagi xatolar emas, balki foydalanish qoidalarining buzilishi natijasidir. “Infratuzilmaning bunday holatda ishlayotgani uchun hech qanday hujjat aybdor emas. Bunga siz bilan biz aybdormiz”, - deydi u. gazeta.uz »

2026-3-11 15:47

O‘zbekiston va Ukraina o‘rtasidagi savdo salohiyati hozirgi ko‘rsatkichlardan ancha yuqori — elchixona

O‘zbekiston-Ukraina siyosiy muloqoti va hamkorlik urush va logistik qiyinchiliklarga qaramay, qo‘llab-quvvatlanmoqda, dedi Ukraina muvaqqat ishlar vakili Aleksandr Sirenko. U Gazeta`ga bergan intervyusida mamlakatlarning BMTdagi birgalikdagi faoliyati, TIVlar o‘rtasidagi aloqalar va savdo haqida gapirdi. gazeta.uz »

2026-2-11 08:06

“Hozirgi yoshlar stressdan chiqish bahonasi bilan narkotik iste’mol qilyapti” — Yoshlar ishlari agentligi vakili

2025-yilda 3744 nafar yosh narkojinoyat sodir etgan. Ularning 111 nafari voyaga yetmagan shaxsdir. “Hozir yoshlar „qiziqish“ yoki stressdan chiqish uchun narkotik iste’mol qilyapti. Bu yo‘lga kirib olganidan keyin boshqalarga ham tavsiya qilyapti va ular soni ortyapti”, - deydi Yoshlar ishlari agentligi vakili. gazeta.uz »

2026-2-3 09:36