Ðåçóëüòàòîâ: 41

Yevropa davlatlari Trampning tahdidlari fonida Grenlandiyaga o‘z harbiylarini yubormoqda

Germaniya, Shvetsiya, Fransiya va Norvegiya Trampning orolni bosib olish bilan tahdidlari fonida Daniya bilan qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun o‘z harbiylarini Grenlandiyaga yubormoqda. AQSh prezidenti esa ularga Grenlandiya “milliy xavfsizlik” uchun kerakligini ta’kidlashda davom etmoqda. gazeta.uz »

2026-1-15 19:29

Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon prezidentlari Toshkentda o‘tgan uchrashuvda nimalar haqida gaplashdi?

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvi ilk bor Ozarbayjon bilan to‘laqonli ishtirokchi sifatida o‘tkazildi. Yetakchilar savdo, transport bog‘liqligi, energetika va raqamli integratsiyani yaxshilash bo‘yicha takliflarni ilgari surdi. Chiqishlardan asosiy qismlar - Gazeta obzorida. gazeta.uz »

2025-11-17 17:59

“Kuchimiz — birlikda”. Shavkat Mirziyoyev MO davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvida nimalar dedi?

Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonning Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari Maslahat uchrashuvlari formatiga a’zo bo‘lishi hamkorlikning yangi bosqichini boshlab berishini ta’kidladi. U, shuningdek, uchrashuvlar formatini “Markaziy Osiyo hamjamiyati” strategik platformasiga aylantirish haqida gapirdi. gazeta.uz »

2025-11-16 12:48

Ozarbayjon MO davlatlari rahbarlari Maslahat uchrashuvining to‘la huquqli a’zosiga aylandi

Ozarbayjon endi Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvida faxriy mehmon emas, balki to‘la huquqli a’zo sifatida ishtirok etadi. Bu bo‘yicha yetakchilar tomonidan prinsipial qaror qabul qilindi, deya e’lon qildi Shavkat Mirziyoyev. Format “Markaziy Osiyo va Ozarbayjon” nomini oladi. gazeta.uz »

2025-11-16 10:14

Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilari va Ozarbayjon prezidenti Islom sivilizatsiyasi markaziga bordi

Toshkentga kelgan Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon prezidentlari Shavkat Mirziyoyev bilan birga Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi. Ular ekspozitsiya bilan tanishib, O‘zbekiston ta’sis etgan birinchi xalqaro mukofot - “Kelajak merosi” sovrindorlarini taqdirlash marosimida ishtirok etdi. gazeta.uz »

2025-11-15 19:21

O‘zbekiston uglevodorod qidirish va qayta ishlashda MO davlatlari va Rossiya hamkorligini kengaytirishni taklif qildi

“MO - Rossiya” sammitida O‘zbekiston prezidenti uglevodorod qidirish va qayta ishlash, energiya tejash va yashil texnologiyalardagi hamkorlikni kengaytirish, mintaqa davlatlarida “Skolkovo” filiallarini ochish, O‘zbekistonda atom energetikasi bo‘yicha Mintaqaviy kompetensiyalar markazini tashkil etishni taklif qildi. gazeta.uz »

2025-10-9 18:32

O‘zbekiston, Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlari yagona energetika tizimi loyihasini muhokama qildi — energetika vaziri o‘rinbosari

O‘zbekiston Qozog‘iston va Qirg‘iziston orqali Xitoyga transchegaraviy elektr uzatish tarmoqlarini qurish bo‘yicha hisob-kitoblarni boshlagan. Energetika vaziri o‘rinbosarining aytishicha, loyiha mintaqadagi energiya tizimlarini birlashtirish va mavsumga qarab energiya almashinuvini ta’minlashga qaratilgan. gazeta.uz »

2025-6-19 13:15

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari Navro‘z tabriklari almashdi va bo‘lajak sammitlarni muhokama qildi

O‘zbekiston prezidenti hamkasblari - Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston rahbarlari bilan telefon orqali muloqot qildi. Yetakchilar bir-birini Navro‘z bayrami bilan tabriklab, bo‘lajak sammitlar - Xo‘janddagi uch tomonlama uchrashuv va C5+1 formatiga tayyorgarlik ishlarini muhokama qildi. gazeta.uz »

2025-3-18 19:48

Yevropa davlatlari AQShsiz ham o‘zini himoya qila oladi, ammo ularga ko‘proq uyg‘unlik kerak — tadqiqot

Yevropa davlatlari AQSh yordamisiz o‘zini himoya qilishi uchun mudofaaga har yili 250 mlrd yevro atrofida sarflashi kerak, deyiladi “Bryugel” va Kil institutlari tadqiqotida. Unga ko‘ra, bu mablag‘ni mamlakatlar iqtisodi ko‘tara oladi, lekin qit’ada mudofaani muvofiqlashtirish asosiy muammo bo‘lib qolmoqda. gazeta.uz »

2025-2-21 20:30

MDH davlatlari rahbarlari kreativ iqtisodiyot, tinch atom va umumiy tahdidlarga qarshi kurash masalalarini muhokama qildi

Norasmiy sammitda MDH davlatlari rahbarlari yangi yo‘nalishlar - muhandislik maktablari tashkil etish, internet texnologiyalari, katta ma’lumotlar, kreativ iqtisodiyot, yashil energetika, tinch atom, shuningdek, umumiy tahdid va xatarlarga qarshi kurashdagi hamkorlikni rivojlantirishni muhokama qildi. gazeta.uz »

2024-12-25 16:25

MO davlatlari rahbarlari 2040-yilgacha mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish konsepsiyasini imzoladi

Markaziy Osiyo davlatlari prezidentlari va delegatsiyalar a’zolari qator hujjatlarni, jumladan, “Markaziy Osiyo - 2040” mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish konsepsiyasi va mintaqa davlatlarida transport-logistika markazlarini rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi. gazeta.uz »

2024-8-9 17:21