Ðåçóëüòàòîâ: 13

Trampning G‘azo bo‘yicha Tinchlik kengashiga qaysi davlatlar taklif etildi? Ro‘yxat

Bloomberg Trampning G‘azo bo‘yicha Tinchlik kengashiga a’zolik taklifini olgan davlatlar ro‘yxatini e’lon qildi. Unda 49 ta davlat (jumladan, O‘zbekiston) va Yevropa komissiyasi ko‘rsatib o‘tilgan. Bu ro‘yxatdan joy olmagan Xitoy ham taklifni qabul qilganini tasdiqladi, ammo qanday to‘xtamga kelgani aniq emas. gazeta.uz »

2026-1-20 12:26

Tel Avivda minglab odamlar Netanyahuning G‘azo bo‘yicha yangi rejasiga qarshi chiqib, namoyish uyushtirdi (foto)

Isroil poytaxtida minglab odamlar Netanyahuning G‘azoni to‘liq egallash bo‘yicha yangi rejasiga qarshi chiqib, garovga olinganlarni ozod qilishni talab qilmoqda. So‘rovlarga ko‘ra, isroilliklarning aksariyati G‘azoda garovga olingan qolgan 50 kishini ozod qilish uchun urushni zudlik bilan to‘xtatish tarafdori. gazeta.uz »

2025-8-10 12:57

“Tramp G‘azosi”. AQSh prezidenti G‘azo kelajagi haqida sun’iy intellekt ishlagan videoni e’lon qildi

Donald Tramp G‘azo sektori va uning kelajagiga oid, sun’iy intellekt ishlagan, “Tramp G‘azosi” nomli videoni e’lon qildi. Lavhada prezidentning o‘zi va uning oltin haykali, pul sochayotgan Ilon Mask, dam olayotgan Tramp hamda Netanyahuni ko‘rish mumkin. Avvalroq Tramp G‘azo ustidan nazoratga da’vo qilgandi. gazeta.uz »

2025-2-26 13:26