Ðåçóëüòàòîâ: 68

Qozog‘iston sun’iy yog‘ingarchilikni ko‘paytirish bo‘yicha loyihani ishga tushirdi

Qozog‘iston sun’iy ravishda yog‘ingarchilikni ko‘paytirish bo‘yicha Markaziy Osiyodagi ilk loyihani ishga tushirdi. Mazkur tashabbus hozircha Turkiston viloyatida amalga oshirilmoqda va u suv omborlarini to‘ldirish hamda qishloq xo‘jaligi hududlarini suv bilan ta’minlash darajasini oshirishga qaratilgan. gazeta.uz »

2026-5-18 13:44

Qozog‘iston hukumati iqtisodiy rivojlanishni prognoz qilishda sun’iy intellektdan foydalanadi

Qozog‘iston bosh vaziri davlat organlariga mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishini prognoz qilish uchun sun’iy intellektni joriy etish bo‘yicha topshiriq berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, SI “katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash, qonuniyatlarni aniqlash va yanada aniqroq prognozlarni shakllantirish” imkonini beradi. gazeta.uz »

2026-4-28 17:41

Maqsadli davlat siyosati bo‘lmasa, sun’iy intellekt O‘zbekistonda daromadlar tengsizligini kuchaytirishi mumkin — MHTI

O‘zbekiston uchun SIning asosiy xavfi ish o‘rinlarining ommaviy qisqarishi emas, mehnat unumdorligidagi farqlar sabab daromadlar tengsizligining kuchayishidir. Shu bois davlat siyosati SIni shunchaki rivojlantirishga emas, uni barcha ijtimoiy qatlamlar uchun ochiq va inklyuziv tarzda joriy etishga qaratilishi kerak. gazeta.uz »

2026-4-22 12:26

Yoqilg‘i-energiya va transport qimmatlashishi, narxlar sun’iy oshirilishi va valyuta kursi o‘zgarishi bilan bog‘liq xavotirlar oshdi — MB

Dekabrda aholining yillik inflyatsion kutilmalari 11,5% ni (o‘zgarishsiz), tadbirkorlarning inflyatsion kutilmalari 11,1% ni (+0,6%) tashkil etdi. Aholi va tadbirkorlarning yoqilg‘i-energiya va transportning qimmatlashishi, narxlarning sun’iy oshirilishi, valyuta kursi o‘zgarishi bilan bog‘liq xavotirlari oshdi. gazeta.uz »

2026-1-10 16:50

O‘zbekiston va Xitoy “Samarkand-2028” masofaviy zondlash sun’iy yo‘ldoshini uchirishga tayyorlanmoqda

O‘zbekiston 2026-yilda “Samarkand-2028” masofaviy zondlash sun’iy yo‘ldoshini uchiradi. Xitoy kompaniyasi o‘z giperspektral apparatlaridan biriga shunday nom beradi. SI modulli sun’iy yo‘ldosh paxta va g‘alla vegetatsiyasini aniqlay oladi, dedi raqamli texnologiyalar vaziri birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos. gazeta.uz »

2025-12-2 21:40

Sotuvchilarga narxlarni sun’iy oshirib, so‘ng arzonlashtirilgan narxni chegirma deb ko‘rsatish orqali iste’molchilarni chalg‘itish taqiqlandi

Vazirlar Mahkamasi chakana savdo qoidalarini yangiladi. Aksiya yoki chegirma to‘g‘risidagi ma’lumotni uni o‘tkazishdan 10 kun oldin soliq organlariga taqdim etish kerak bo‘ladi. Alkogol, pivo va vino, shuningdek, tamaki mahsulotlari va nikotinli qurilmalar sotuvchilari aksiya va chegirmalar o‘tkaza olmaydi. gazeta.uz »

2025-10-27 11:58

O‘zbekistonda mintaqaviy sun’iy yo‘ldosh internet habi paydo bo‘ladi — Sherzod Shermatov

Raqamli texnologiyalar vaziri Yevropaning SES provayderi bilan O‘zbekistonda sun’iy yo‘ldosh internet habini yaratish bo‘yicha kelishuv imzolanganini ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, tizim nafaqat mamlakatning chekka hududlari, balki qo‘shni davlatlar bilan ham yuqori tezlikdagi aloqani ta’minlaydi. gazeta.uz »

2025-10-25 19:03

O‘zbekistonda favqulodda vaziyatlar xavfini bartaraf etishda sun’iy intellektdan foydalaniladi

Prezident farmoni bilan favqulodda vaziyatlar xavfini bartaraf etish sohasiga sun’iy intellekt, robototexnika va zamonaviy raqamli texnologiyalar keng joriy etiladi. Shuningdek, aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish konsepsiyasi doirasida davlat siyosatining vazifalari belgilandi. gazeta.uz »

2025-10-21 11:23

“Sun’iy intellekt mustaqil ravishda rivojlana oladi”. Meta vitse-prezidenti Ruslan Salahutdinov nutqidan asosiy ma’lumotlar

Zamonaviy sun’iy intellekt hali inson tafakkuridan ancha uzoq, ammo u doimiy aralashuvsiz ham o‘rganish qobiliyatiga ega. Meta’ning SI bo‘yicha vitse-prezidenti Ruslan Salahutdinov ICT Week doirasida shunday rivojlanish istiqbollari, SIning kelajakdagi roli va unga bog‘liq xatarlar haqida so‘zlab berdi. gazeta.uz »

2025-9-30 10:13

“Qo‘rqish va qattiq tartibga solishga hojat yo‘q”. Ekspertlar — O‘zbekistonda sun’iy intellektni rivojlantirish haqida

Davlat va biznes hamkorligisiz sun’iy intellektni rivojlantirib bo‘lmaydi. Muvaffaqiyat ko‘p jihatdan tartibga solish sifati va infratuzilmaga bog‘liq, deyiladi TBC talks konferensiyasida. Spikerlar SI, ungacha bo‘lgan ixtirolar kabi, yangi imkoniyatlar yaratib, insonlar hayotini osonlashtirishini ta’kidladi. gazeta.uz »

2025-9-27 11:42

O‘zbekiston sun’iy intellektning milliy til modelini yaratmoqda. Bu nima va u qanday bo‘ladi?

O‘zbekistonda sun’iy intellektning milliy til modelini ishlab chiqish boshlandi. Mutaxassislarning fikricha, bu raqamli suverenitetni ta’minlaydi, madaniy o‘ziga xoslikni saqlab qoladi hamda tibbiyot, ta’lim va boshqa sohalarda sun’iy intellektni rivojlantirishga turtki beradi. Batafsil - Gazeta maqolasida. gazeta.uz »

2025-8-6 07:38

O‘zbekistonda dalalarda somon yonishi sun’iy yo‘ldosh orqali kuzatilmoqda, ma’lumotlar huquq organlariga yuboriladi

“O‘zbekkosmos” dalalarda somon yonishini sun’iy yo‘ldosh orqali kuzatib bormoqda va suratlarni huquq idoralariga tezkor uzatmoqda. Agentlik shaharlarda dala va o‘simlik qoldiqlarini yoqib yuborganlik uchun ma’muriy javobgarlik haqida eslatib o‘tdi. Qoidabuzarlik haqida 1207 raqami orqali xabar berish mumkin. gazeta.uz »

2025-6-5 20:40

Urganchda Al-Xorazmiy universiteti ochiladi, u sun’iy intellekt va aerokosmik muhandislik mutaxassislarini tayyorlaydi

Xorazmda 2025/2026 o‘quv yilidan faoliyat boshlaydigan Al-Xorazmiy universiteti tashkil etiladi. U sun’iy intellekt, aerokosmik muhandislik, matematika va informatika bo‘yicha ta’lim beradi. Darslar o‘zbek va ingliz tillarida, kredit-modul tizimida olib boriladi. gazeta.uz »

2025-5-1 20:05

Italiyada sun’iy intellekt tomonidan yozilgan dunyodagi birinchi gazeta nashr etildi

Italiyada Il Foglio gazetasi neyron tarmog‘i tomonidan yozilgan birinchi sonni nashr etdi. Sun’iy intellekt barcha material va sarlavhalarni o‘zi tayyorlagan. Bunda yangi texnologiyalarning inson hayoti va faoliyatiga ta’sirini o‘rganish reja qilingan. U 4 sahifadan iborat bo‘lib, bosma va onlayn shaklda mavjud. gazeta.uz »

2025-3-19 17:35

Toshkentda Markaziy Osiyo uchun Yevropa sun’iy yo‘ldosh interneti dasturi bo‘yicha kelishuvlar imzolandi

YeI, Expertise France, YeIB va SES provayderi vakillari Toshkentda Markaziy Osiyo uchun sun’iy yo‘ldosh interneti bo‘yicha kelishuvni imzoladi. Yevropa komissari Yozef Sikelaning ta’kidlashicha, O‘zbekistonda mintaqaviy sun’iy yo‘ldosh shlyuzi o‘rnatilishi mumkin, bu esa mamlakatga “haqiqiy raqamli avtonomiya”ni beradi. gazeta.uz »

2025-3-18 13:35

“Tramp G‘azosi”. AQSh prezidenti G‘azo kelajagi haqida sun’iy intellekt ishlagan videoni e’lon qildi

Donald Tramp G‘azo sektori va uning kelajagiga oid, sun’iy intellekt ishlagan, “Tramp G‘azosi” nomli videoni e’lon qildi. Lavhada prezidentning o‘zi va uning oltin haykali, pul sochayotgan Ilon Mask, dam olayotgan Tramp hamda Netanyahuni ko‘rish mumkin. Avvalroq Tramp G‘azo ustidan nazoratga da’vo qilgandi. gazeta.uz »

2025-2-26 13:26