Ðåçóëüòàòîâ: 164

Toshkentda ota-bola dorixonalarga tarqatish uchun mo‘ljallangan 3 mlrd so‘mlik sertifikatsiz dorilar bilan ushlandi

Toshkentda ota-bola yashirin omborda saqlangan va dorixonalarga yetkazish uchun mo‘ljallangan 3 mlrd so‘mlik sertifikatsiz dorilar bilan ushlandi. Tezkor tadbirda 133 mingdan ortiq dori, 50 ming dollar, 10,6 mln so‘m va 150 ta bank kartasi ham ashyoviy dalil sifatida olindi. Tekshiruv olib borilmoqda. gazeta.uz »

2026-2-13 14:11

2025-yilda 673,3 mlrd so‘mlik davlat xaridlarida qonunbuzarliklar aniqlandi — Antikorrupsiya agentligi

2025-yilda 673,3 mlrd so‘mlik 192 ta davlat xaridlarida qonunbuzarliklar aniqlandi. Antikorrupsiya agentligiga ko‘ra, 70 mlrd so‘mlik 60 ta xaridlar bekor qilingan. Qonunchilikni buzgan 14 kishiga ma’muriy, 12 nafariga intizomiy jazo choralari qo‘llanilgan. 2 ta holat bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. gazeta.uz »

2026-2-7 14:38

Surxondaryoda 38,5 mlrd so‘mlik davlat xaridida qonun buzilishi aniqlandi, xarid bekor qilindi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi SurxondaryoQurilishInvest buyurtmasi asosida o‘tkazilgan 38,5 mlrd so‘mlik tender jarayonida qonun buzilishi holatini aniqlab, xaridni bekor qildi. Aytilishicha, tender ishtirokchilaridan birining soliq hisobvarag‘iga soliqdan qarzdorlik haqida soxta ma’lumot kiritilgan. gazeta.uz »

2025-11-16 17:34

Raqobat qo‘mitasi 4,3 mlrd so‘mlik davlat xaridlarida qonunbuzarlik holatlarini aniqladi

Raqobat qo‘mitasi tomonidan 4,3 mlrd so‘mdan ortiq davlat xaridlarida qonunbuzarlik holatlari aniqlanib, tegishli choralar ko‘rildi. Respublika miqyosida 9 ta buyurtmachi, xususan, “O‘zbekiston temir yo‘llari”, Navoiy shahar Obodonlashtirish boshqarmasi, “O‘zbekko‘mir” AJ tenderlarida qonunbuzarliklar aniqlandi. gazeta.uz »

2025-8-25 10:23

Xorazmda fermer xo‘jaligi 5,6 mlrd so‘mlik elektrni noqonuniy ishlatgani aniqlandi

Bosh prokuratura reyd tadbirida Xorazm viloyati Urganch tumanidagi fermer xo‘jaligi elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi. Uning mansabdorlari yer maydonini sug‘orish uchun suv nasosini o‘zboshimchalik bilan hisoblagichdan tashqari elektr tarmog‘iga ulab, 5,6 mlrd so‘mlik elektrni o‘zlashtirgan. gazeta.uz »

2025-7-31 21:10

Savdogarlar buyurtmasi bilan Qirg‘izistondan 5,2 mlrd so‘mlik tilla buyumlarni noqonuniy olib o‘tgan shaxs ushlandi

Davlat xavfsizlik xizmati Farg‘ona viloyatida jami qiymati 5,2 milliard so‘mlik 4,1 kg oltinni Qirg‘izistondan olib kelgan shaxsni ushladi. U savdogarlar tomonidan Turkiyadan Qirg‘izistonga olib kelingan ushbu zargarlik buyumlarini xizmat haqi evaziga chegara bojxona postidan o‘tkazib berishi kerak bo‘lgan. gazeta.uz »

2025-7-18 10:23

O‘zbekistonda xususiylashtirish dasturi doirasida 30 trln so‘mlik davlat aktivlari va yer uchastkalari sotiladi

2025-yilda xususiylashtirish dasturi doirasida 30 trln so‘mlik davlat aktivlari va yer uchastkalarini sotish va kamida 10 trln so‘m tushumni ta’minlash ko‘zda tutilgan. Shuningdek, kamida 30 ta foydali qazilma kon va uchastkalaridan foydalanish huquqi savdoga chiqariladi. gazeta.uz »

2025-4-23 09:39