Ðåçóëüòàòîâ: 37

“Biz havoga pul to‘layapmiz”. Toshkentdagi tadbirkorlar peshtaxtalar uchun to‘lovni bekor qilish va demontajni to‘xtatishni so‘ramoqda

Toshkentdagi tadbirkorlar axborot peshtaxtalari uchun to‘lovlarni bekor qilish va yangi dizayn kodga moslashish uchun vaqt berishni taklif qildi. Ularning ta’kidlashicha, amaldagi qoidalar katta xarajatlarni talab etmoqda, peshlavhalarni demontaj qilish esa biznesga zarar keltirmoqda. gazeta.uz »

2026-4-29 19:09

Nogironligi bo‘lgan bolalarga parvarish xizmatini ko‘rsatuvchi tadbirkorlar 2030-yilgacha soliqlardan ozod qilinishi mumkin

Nogironligi bo‘lgan bolalar uchun DXSH asosida kunduzgi parvarish xizmatini ko‘rsatuvchi tadbirkorlar 2030-yil 1-yanvargacha deyarli barcha soliqlardan ozod qilinishi kutilmoqda. Bu xizmatdan foydalanadigan ota-onalar to‘lovining oyiga 3 mln so‘mgacha bo‘lgan qismiga soliq solinmaydigan daromad sifatida qaraladi. gazeta.uz »

2025-9-9 17:07

Prezident tadbirkorlar bilan o‘tgan ochiq muloqotda eng ko‘p qaysi so‘zlarni ishlatdi?

ITIM e’lon qilgan lingvistik tahlilga ko‘ra, Yangi Toshkentda bo‘lib o‘tgan tadbirkorlar bilan ochiq muloqot vaqtidagi nutqida Shavkat Mirziyoyev 4241 ta so‘z ishlatdi. Eng ko‘p ishlatilgan so‘zlar “tadbirkor”, “biznes”, “korxona”, “soliq”, “investitsiya”, “loyiha”, “kredit”, “tizim”, “sharoit” va boshqalar bo‘ldi. gazeta.uz »

2025-8-21 10:48

Tadbirkorlar iqtisodiy va ma’muriy sudlarga eksterritorial tartibda murojaat qilishi mumkin bo‘ladi

Tadbirkorlar iqtisodiy va ma’muriy sudlarga eksterritorial tartibda murojaat qilishi mumkin bo‘ladi. Xalqaro tajriba asosida “astrent” tizimi joriy qilinadi. Bunda moddiy zararni qoplash kechiktirilgan har bir kun uchun qarzdor hisobidan penya undirish sud qarorida aniq belgilab qo‘yiladi. gazeta.uz »

2025-8-20 14:36

2026-yildan tadbirkorlar uchun muqobil skoring modeli ishga tushirilib, kredit berish shartlari osonlashtiriladi

Prezident 2026-yildan tadbirkorlar uchun muqobil skoring modeli ishga tushirilib, kredit berish shartlari osonlashtirilishini aytdi. Shuningdek, davlat rahbari endi skoring tizimi soliq va kommunal to‘lov intizomi, rasmiy aylanma, eksport operatsiyalari kabilarni ham inobatga olishini ta’kidladi. gazeta.uz »

2025-8-20 13:29

“Konsertni tadbirkorlar tashkillashtirmoqda”. Madaniyat jamg‘armasi — Jennifer Lopesning konserti xarajatlari, “Bunyodkor” stadionining holati haqida

Amerikalik xonanda Jennifer Lopesning Toshkentdagi konserti Madaniyat jamg‘armasi va hamkor firmalar ko‘magida tashkillashtirilmoqda. Jamg‘arma vakilining aytishicha, xarajatlarga davlatdan mablag‘ olinmagan, shuningdek, “Bunyodkor” stadioni konsert o‘tkazishga tayyor. Maydondagi gazon tajribadan o‘tkazilgan. gazeta.uz »

2025-6-16 15:44

Surxondaryo va Farg‘onada tadbirkorlar energiya zaxirasiga qariyb 2,5 mlrd so‘mlik zarar yetkazdi

Surxondaryoning Jarqo‘rg‘on tumanida savdo binosi egasi hisoblagichni o‘zgartirish yo‘li bilan 1,3 mlrd so‘mlik elektrni noqonuniy ishlatdi. Farg‘ona shahrida ham tadbirkor oshxonasidagi nosoz gaz hisoblagich orqali 1,1 mlrd so‘mlik zarar yetkazdi. Hujjatlar tegishli organlarga yuborildi. gazeta.uz »

2025-2-13 01:34

Raqamli markirovkalash qoidalarini buzgan tadbirkorlar uchun javobgarlikni bekor qilish rejalashtirilmoqda

Prezidentga tadbirkorlarning huquqiy himoyasini kuchaytirish bo‘yicha takliflar taqdim etildi. Raqamli markirovkalash va fiskal belgilarni aks ettirish qoidalarini buzish, xodimlar sonini yashirish uchun javobgarlikni, shuningdek, YTT sifatida ro‘yxatdan o‘tmay ishlash uchun jarimani bekor qilish rejalashtirilmoqda. gazeta.uz »

2024-11-4 17:41

“Prezident qarori noto‘g‘ri talqin qilingan”. Sirdaryoda tadbirkorlar quyosh paneli o‘rnatmagani uchun elektrdan uzildi

Sirdaryoda elektrdan uzilgan tadbirkorlar hokimiyat binosi oldiga yig‘ildi va HETK tomonidan asossiz ravishda, quyosh paneli o‘rnatmagani uchun tarmoqdan uzib qo‘yilganini qayd etdi. Sirdaryo HETK holatga munosabat bildirib, mas’ullar prezident qarorini noto‘g‘ri talqin qilganini ma’lum qildi. gazeta.uz »

2024-9-23 15:14

Yer sotuvidan tushgan mablag‘lar mulki buzilgan tadbirkorlar kompensatsiyasiga yo‘naltiriladi

Prezident yer sotishdan tushgan mablag‘larni buzilishlar bo‘yicha tadbirkorlardan qarzni so‘ndirishga yo‘naltirish, kredit operatsiyalarida bank va biznes huquqlarini tenglashtirish, soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaganlik uchun jazoni yumshatish, bozorga kirishdagi bir qator eksklyuziv huquqlarni bekor qilishni taklif qildi. gazeta.uz »

2024-8-20 17:39

Prezidentning tadbirkorlar bilan muloqoti bu yil Qoraqalpog‘istonda bo‘lib o‘tadi

Prezident va tadbirkorlarning yillik muloqoti bu yil Qoraqalpog‘istonda bo‘lib o‘tadi. U yerda xalqaro biznes-forum ham o‘tkaziladi. Ochiq muloqotni tashkil etish bo‘yicha komissiya tuzildi. “Qoraqalpog‘istonda biznes yuriting” dasturi doirasida yirik brendlarni respublikaga jalb etish rejalashtirilmoqda. gazeta.uz »

2024-6-3 07:43

“Muammo tadbirkorlar kamligida emas, mavjud korxonalar juda kichikligida” — Behzod Hoshimov

“Rivojlanayotgan dunyoda hukumatlar muammo tadbirkorlar kamligida deb o‘ylaydi, lekin muammo bor korxonalarning juda kichikligida”, - dedi Behzod Hoshimov. Iqtisodchiga ko‘ra, firmalarning hajmi oshishi kerak, ammo davlat xarajatlari orqali tadbirkorlarni rag‘batlantirish siyosati buning teskarisini qiladi. gazeta.uz »

2024-5-2 08:27

Tadbirkorlar binolardagi telekommunikatsiya infratuzilmasidan beg‘araz foydalanishi mumkinligi belgilanmoqda

Senatorlar “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida"gi qonunning yangi tahririni qabul qildi. Hujjatda bino va inshootlar qurilishida zamonaviy telekommunikatsiya infratuzilmasi majburiy bo‘lishi, xizmat ko‘rsatuvchi tadbirkorlar binoda mavjud infratuzilmadan beg‘araz foydalanishi mumkinligi belgilanmoqda. gazeta.uz »

2024-3-30 13:43