Ðåçóëüòàòîâ: 8

Prezident huzuridagi Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jamoatchilik kengashi va ekspert guruhlari tarkibi tasdiqlandi

Prezident Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jamoatchilik kengashi va ekspert guruhlari tarkibini tasdiqladi. 46 nafar tadbirkorlar orasida Zafar Hoshimov, Jahongir Ortiqxo‘jayev, Murod Nazarov, Click, Amirsoy ta’sischilari va boshqalar bor. gazeta.uz »

2024-12-30 12:41

Prezident tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga oid yangi choralarni e’lon qildi. Asosiy ma’lumotlar

Prezident Nukusda tadbirkorlar bilan uchrashuvda biznesni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning yangi choralarini ma’lum qildi. Mikrokredit limitini 300 mln so‘mgacha oshirish, mikromoliya tashkilotlari uchun qo‘shimcha resurslar ajratish, faktoring xizmatlari va islomiy moliya bozorini rivojlantirish shular jumlasidan. gazeta.uz »

2024-8-20 12:40

“Asakabank” 2024-yilda tadbirkorlikni rivojlantirishga 2,1 mlrd dollar, BRB esa 1,5 mlrd dollar jalb qilmoqchi

“Asakabank” biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun 2024-yilda 2,1 mlrd dollar jalb qilishni, “Biznesni rivojlantirish banki” esa investitsiya loyihalariga 1,5 mlrd dollar ajratishni reja qilmoqda. Bank faqat kredit beradigan markaz emas, zamonaviy investitsiya-tijorat tuzilmasi bo‘lishi kerak, dedi prezident. gazeta.uz »

2024-5-30 07:28