Ðåçóëüòàòîâ: 19

O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish uchun soha ishtirokchilariga imtiyozlar beriladi

Prezident O‘zbekiston, jumladan, Samarqandda turizmni rivojlantirish bo‘yicha vazifalar belgiladi. Xususan, aviakompaniyalarga olib kelingan har bir xorijiy sayyoh uchun 100 dollardan, turoperatorlarga esa 3 oy davomida jalb qilingan 1000 xorijiy turist uchun 5000 dollargacha subsidiya beriladi. gazeta.uz »

2026-3-18 15:56

“Bizga imtiyozlar kerak emas. Balki kursni erkin qo‘yish kerakdir?” Eksportchi Markaziy bankka so‘m kursini ushlab turmaslikni taklif qildi

Tadbirkor O‘zbekiston Markaziy bankiga “dollarning ushlab turilgan kursini erkin qo‘yish”ni taklif qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, dollar kursi pasayishi va so‘mdagi xarajatlar o‘sishi xorijiy yetkazib beruvchilar bilan raqobat qilishga to‘sqinlik qilmoqda. MB esa kurs bozor ta’sirida shakllanishini bildirdi. gazeta.uz »

2025-8-6 09:12

Mo‘g‘ulistondan qo‘y va echkilar import qiluvchi tadbirkorlarga imtiyozlar beriladi

Mo‘g‘ulistondan O‘zbekistonga mayda shoxli mollarni import qiluvchi tadbirkorlarga havo transportida tashish xarajatlarining 50 foizi kompensatsiya qilinadi. Shuningdek, qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash muddatini foizlar hisoblanmagan holda to‘lov ta’minotisiz kechiktirib to‘lash imkoniyati beriladi. gazeta.uz »

2025-7-18 12:57

Qandolatchilarga kokos va palma yog‘i importi bo‘yicha imtiyozlar muddati uzaytiriladi

Prezident qandolat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga kokos va palma yog‘i importi bo‘yicha imtiyozlarni uzaytirishni ma’qulladi. Alkogolsiz ichimliklar va sharbatlar ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tropik mevalar va apelsin sharbati konsentrati importi bojxona to‘lovlaridan ozod qilinadi. gazeta.uz »

2024-12-11 19:22