Metrodagi Uklon va Inkuzart kampaniyasi o‘zboshimchalik deb topildi, bannerlar esa olib tashlandi
Uklon O‘zbekistondagi faoliyatining 3 yilligi munosabati bilan aksiya e’lon qildi. Kompaniya ko‘cha rassomi Inkuzart’dan metrodagi Uklon bannerlariga so‘z va rasmlar qo‘shishni so‘ragan. Metropoliten esa kampaniya kelishilmaganini bildirib, bannerlarni demontaj qildi. Rassom va marketolog javobgarlikka tortildi.





