Ðåçóëüòàòîâ: 196

O‘zbekistonlik kara haydovchilari Slovakiyaga ishga taklif etilmoqda, oylik maosh — 1000 yevro

Migratsiya agentligi Slovakiyada kara (pogruzchik) haydovchilari uchun 70 ta bo‘sh ish o‘rniga tanlov boshlanganini ma’lum qildi. Nomzodlarga oyiga 1000 yevro maosh taklif etilmoqda. Ish beruvchi turar joy va tibbiy sug‘urta xarajatlarini qoplaydi, viza va aviachipta xarajatlari esa keyinchalik kompensatsiya qilinadi. gazeta.uz »

2026-7-2 13:43

Toshkent viloyatida yerga ruxsatnoma, Navoiyda ishga joylashtirish uchun pul olgan mansabdorlar ushlandi

Toshkent viloyatida O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi xodimlari 20 gektar davlat yeridan tabiiy chim ko‘chirib olishga ruxsat beruvchi hujjatlar uchun 2200 dollar olayotganda ushlandi. Navoiyda esa “Suv ta’minoti” tizimiga ishga kiritish evaziga 500 dollar olgan xodimlar qo‘lga olindi. gazeta.uz »

2026-6-30 10:47

Aleksandr Fedin O‘rmon xo‘jaligi agentligiga ishga joylashtiriladi, u yaratgan o‘rmon esa dendropark maqomini oladi

Aleksandr Fedin tomonidan Surxondaryo viloyatida 1980-yillarning oxiridan boshlab barpo etilgan noyob o‘rmon maydoni 1500 gektarlik dendroparkka aylantiriladi. Fedin O‘rmon xo‘jaligi agentligiga ishga qabul qilinib, unga bo‘lajak bog‘ hududidan xizmat uyi beriladi, deb xabar qildi Ekologiya qo‘mitasi. gazeta.uz »

2026-6-20 10:49

Koreyaga ishga yuborish uchun $90 ming olgan Migratsiya agentligi Farg‘ona filiali sobiq rahbari ushlandi

Migratsiya agentligining Farg‘ona viloyati filiali sobiq rahbari 8 kishini Koreyaga yuborish uchun 90 ming dollar olganlikda gumonlanmoqda. Yangiqo‘rg‘onda esa 22 nafar fuqaroga Koreyadan ish topib berishni va’da qilib, 34,2 ming dollar va 79,3 mln so‘m olganlar ushlandi. Hududlarda yana shu kabi holatlar fosh etildi. gazeta.uz »

2026-6-19 08:51

O‘zbekistonliklarni Shvetsiyada ishga tayyorlash bo‘yicha hukumatlararo bitim imzolandi

O‘zbekiston va Shvetsiya migratsiya va mobillik bo‘yicha ilk hukumatlararo bitimni imzoladi. U tibbiyot, texnika, xizmatlar, parvarish sohalari mutaxassislarini Shvetsiya mehnat bozoriga tayyorlash, ish beruvchilar bilan bog‘lash, talaba va tadqiqotchilar uchun akademik almashinuv imkoniyatini kengaytirishni ko‘zda tutadi. gazeta.uz »

2026-6-11 08:13

O‘zbekistonning 6 ta hududida fuqarolarni Koreyaga ishga yuborishni va’da qilganlar ushlandi

O‘zbekistonning bir nechta hududida fuqarolarni Janubiy Koreyaga ishga yuborishni va’da qilib, ularning mablag‘ini o‘zlashtirgan shaxslar fosh etildi. Xususan, Qashqadaryoning Koson tumanida MCHJ rahbari 48 nafar fuqarodan jami 384 ming dollar so‘rab, uning 29 ming dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan. gazeta.uz »

2026-6-3 05:54

Qirg‘izistonda davlat xizmatchilariga elektrni tejash maqsadida ishga pidjaksiz kelish majburiyati yuklandi

Qirg‘izistonda davlat xizmatchilariga elektr energiyasini tejash uchun pidjakdan voz kechish va ishga ko‘ylakda kelish buyurildi. “Hozir kostyumda ishlayapmiz va konditsionerlarni yoqyapmiz. Agar shunchaki ko‘ylak kiyib yursak, konditsionerni yoqmasa ham bo‘ladi”, - deya tushuntirdi mamlakat bosh vaziri Adilbek Kasimaliyev. gazeta.uz »

2026-5-16 17:47

Koreyaga ishga yuborish uchun fuqarolardan o‘n millionlab dollar olgan jinoiy guruh fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi departament Migratsiya agentligi va bandlik agentliklarining sobiq mutasaddilaridan iborat uyushgan guruhni aniqladi. Xususan, bir holatda gumonlanuvchilar Koreyaga ishga yuborish evaziga noqonuniy 90 mln dollar pul olgan. Hozirda 800 dan ortiq jabrlanuvchi murojaati o‘rganilmoqda. gazeta.uz »

2026-5-14 08:59

O‘zbekistonliklarni Saudiyada tibbiyot, qurilish, turizm va muhandislik sohalarida ishga joylashtirish rejalashtirilmoqda

O‘zbekiston delegatsiyasi Saudiyada mehnat migratsiyasi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi. Tomonlar tibbiyot, qurilish, turizm va muhandislik sohalariga ishchi kuchini jalb qilishni muhokama qildi. Kadrlarni xalqaro standartlar asosida tayyorlash, malaka imtihonlari va qonuniy ishga joylashtirish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. gazeta.uz »

2026-5-5 16:09

O‘zbekistonlik o‘rta tibbiyot xodimlari Germaniya klinikalariga ishga taklif etilmoqda

Globogate dasturi doirasida 800 nafar o‘rta tibbiyot xodimi Germaniya klinikalariga ishga taklif etilmoqda. Dastur bepul bo‘lib, 10 oylik o‘qishdan so‘ng ishga joylashish imkoni beriladi. Maosh 1900 yevrodan boshlanib, keyin 2500 yevrogacha oshadi. Qabul ikki bosqichli tanlov asosida amalga oshiriladi. gazeta.uz »

2026-4-16 09:50

Qonunchilik palatasi Apple Pay va Google Pay’ni ishga tushirish uchun shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunga tuzatishlarni qabul qildi

Qonunchilik palatasi “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi qonunga kiritiladigan tuzatishlarni ma’qulladi. Ular ayrim ma’lumotlarni chet elda qayta ishlash va saqlash imkoniyatini ko‘zda tutadi. Avvalroq prezident Apple Pay va Google Pay`ni ishga tushirish uchun qonunchilik qayta ko‘rib chiqilishini aytgandi. gazeta.uz »

2026-1-20 14:04

O‘zbekiston 2026-yilda yangi konlarni ishga tushirish hisobiga gaz qazib olishdagi pasayishni to‘xtatishni rejalashtirmoqda — vazir

2026-yilda O‘zbekiston yangi konlarni ishga tushirish orqali gaz qazib olish hajmining ko‘p yillik pasayishini barqarorlashtirishni rejalashtirmoqda, dedi energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov. Bunda Mo‘ynoq tumanida mamlakatdagi eng yuqori debitli quduq burg‘ilangan yangi kon muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. gazeta.uz »

2025-12-15 14:23