O‘zbekistonda biznes uchun kreditlar qariyb uch yildagi eng past darajagacha arzonlashdi — Markaziy bank
Iyun oyida so‘mdagi kreditlar bo‘yicha o‘rtacha stavka yillik 21,6 foizgacha pasaydi - bir oyda 0,4 foiz bandiga, bir yilda esa 1,4 foiz bandiga. Biznes uchun bank kreditlari 21,8 foizgacha arzonlashib, 2023-yil oktabridan buyon eng past darajaga tushdi. Ayni paytda aholi uchun kredit stavkalari biroz oshdi. gazeta.uz »














