Farg‘onada o‘qituvchi voyaga yetmagan o‘quvchi qizga shilqimlik qilgani uchun 5 sutkaga qamaldi
Farg‘ona viloyati Rishton tumanida maktab o‘qituvchisi voyaga yetmagan o‘quvchi qizga Telegram orqali shahvoniy mazmunda xabarlar yuborgani uchun 5 sutkaga ma’muriy qamoq jazosiga tortildi. Sudda o‘qituvchi qiz bilan yozishib yurganini tan olgan va ayrim xabarlarni uni “tinch qo‘yishi” uchun yozganini aytgan. gazeta.uz »







