Ðåçóëüòàòîâ: 144

Toshkentda Equinox katta tezlikda 10 dan ortiq mashinani urib ketdi, haydovchi kasalxonaga yotqizildi (+video)

Toshkentda 15 ta avtomobil ishtirokida YTH yuz berdi. Equinox mashinasining keksa yoshli haydovchi chorrahada to‘xtab turgan mashinalarga katta tezlikda urilgan. U kasalxonaga yotqizildi. Voqea joyida bo‘lgan Gazeta muxbiri sochilib yotgan avtomobil bo‘laklari va shikastlangan daraxtlarga guvoh bo‘ldi. Video. gazeta.uz »

2026-5-5 19:19

Toshkentda piyodani urib ketib, uning o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchiga shartli hukm chiqarilib, 2 yil sinov muddati belgilandi

Yashnobod tumanida piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan ayolni mashinasida urib, uning o‘limiga sababchi bo‘lgan 56 yoshli shaxsni sud ozodlikdan mahrum qilish jazosiga shartli hukm qildi. Ayblanuvchi, shuningdek, 2 yil muddatga barcha turdagi transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etildi. gazeta.uz »

2025-10-21 16:05

Qashqadaryoda yo‘ldan o‘tayotgan o‘quvchini urib ketishiga bir baxya qolgan haydovchi haydash huquqidan 1 yilga mahrum etildi

Shahrisabz tumanida piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan o‘quvchiga yo‘l bermay, xavfli vaziyat keltirib chiqargan 68 yoshli Damas haydovchisi jazolandi. Unga nisbatan BHMning 25 baravari miqdorida jarima va transport boshqarish huquqidan 1 yilga mahrum etish jazosi tayinlandi. gazeta.uz »

2025-9-13 08:44